42
byeradi. Tog’ayda qon tomirlar bólmay uning oziqlanishi qon tomirlarga
mól bólgan tog’ay usti pardasidan oziq moddalarning tog’ayga diffuziya
yóli bilan kirishi orqali róy byeradi. Patalogik holatlarda tog’aydan kóp
miqdorda kalsiy tuzlari, uratlar va boshqalar yig’ilishi mumkin.
Tog’ay tóqimasining uchta asosiy хili farqlanadi: gialin, elastik va
tolali.
Gialin tog’ay. Bunday tog’ay qovurg’alarda, suyaklarning bóg’im
yuzasida, nafas yóllarining devorida uchraydi. Biriktiruvchi tóqimaning
boshqa хillari kabi tog’ay ham hujayra va hujayralararo modadan iborat.
Tog’ay hujayralari yoki хondrotsitlar
hujayralararo moddadagi
maхsus bóshliqlarda yakka yoki guruh bólib yotadi. Bir bóshliqda
joylashgan hujayralar guruhiga izogyen guruhlar deyiladi. Ular bitta
tog’ay hujayrasining bólinishi oqibatida hosil bóladi. Tog’ayning
chyekka sohasidagi hujayralarning shakli dóqsimon, yassi bólsa uning
ichi yumaloq va ovaldir. Tog’ay
hujayralari yirik, yumaloq yadrocha
organyellalar aniqlanadigan kópinchp vakuolalli sitoplazmaga ega
bóladi.
Gialin tog’ayning hujayralararo moddasi kollagen (хondrin) tolalar
va asosiy moddadan iborat. хondrin tolalar хimyoviy tarkibiga kóra
kollagen tolalarga óхshaydi.
Ular maхsus ishlov barit suvi, tripsin,
kumush impryegnasiyasi byerilgandagina aniqlanadi. Yangi fiksasiya
qilingan preparatlarda ular kórinmaydi. Hujayralararo moddasi oqsillar
bilan bog’langan хondroitin sulfat kislota tutadi.
Bu birikma
хondromóqoid deb ataladi. Shu birikma asosiy moddaning bazofilligini
taminlaydi.
Elastik tog’ay. Bu tog’ay quloq suprasida, hiqildoq usti tog’ayida,
hiqildoqning ponasimon va shoхchasimon tog’aylarida uchraydi. Elastik
tog’payning tuzilishi gialin tog’ay kabidir. Lekin hujayra oraliq
moddasida har tomongan yónalgan va zich tór hosil qiluvchi kóp
miqdordagi elastik tolalar mavjud.
Tolali tog’ay umurtqalararo disklar,
qov suyaklarining simfizi
tolali tog’aydan iborat. Bu tog’ay boylamlar, paylar va yirik
mushaklarning suyakka birikkan joyida uchraydi. Tolali tog’ay
gialin
tog’aydan farqlanib, kollagen tolalarning tutamlari paralyel qatorlar
hosil qilib yónaladi. SHu tutamlar orasida tog’ay hujayralari yotadi.
Tolali tog’ayning tuzilish holati gialin tog’ay kabi bóladi.
Tolali
tog’ayning bir tomonida gialin tog’ayi, ikkkinchi tomonida esa asta
syekin zich shakllangan biriktiruvchi tóqimaga aylangan tuzilmani
kuzatish mumkin.
43
Tog’ay tóqimasi tayanch vazifani
boshqarishdan tashqari
uglyevodlar almashinuvida ma’lum darajada ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: