Qaramatiylar mazhabi
Qaramatiy(ko’pchiligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shahobchalaridan biri bo’lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko’chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo’lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka’ba)ga ziyoratni, unga sig’inishni bid’at, budparastlik deb hisoblaganlar. 899 yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso(Sharqiy Arabiston)da o’z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-Ash’asshag o’g’li Abu Tohir Sulaymon(914-943) davrida qaramatiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qalt etib, asirga olganlar =, faqat 20 yildan keyin to’lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan.
Rofiziy mazhabi
Rofiziylar (ko’pchiligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub laqab bo’lib, “inkor etuvchilar”, “tan olmovchilar” ma’nolariga ega. Bular Muhammad(s.a.v)dan keying chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg’ambar o’zidan keyin Hazrati Ali voris qilib bergan, deb da’vo qiladilar, Ali avlodlaridan bo’lmish Hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali(699-740) davrida rozifiylarning uning nomi bilan bog’liq zaydiya shia harakati paydo bo’ladi. Zayd 739 yili Kufada Ummaviylarga qarshi qo’zg’olon ko’tardi, shialar uning atrofiga yig’ilib, uni imom deb e’lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo’zg’oloni bostirilib, Zayd 740 –yili 6- yanvar kuni jangda halok bo’ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqqa, Xalifa Hoshimga (722-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo’lgandan keyin rozifiylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviylar va Abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylargina tan oldilar.
Zaydiy mazhabi
Zaydiy mazhabi VIII asr o’rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo’lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo’lgan shialar ichidan Zayd o’z tarafdorlarini to’plab, 739 yilda Umaviylar hokimiyatiga qarshi isyon ko’targan, 740 yilda xalifa Hoshim qo’shinlari bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodlariga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa davlatlarda isyon ko’targanlar. Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keying shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o’z aqida va marosimlari jihatdan shialar va sunniylar o’rtasida turib, har ikkala oqimga murosasizlik yo’lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig’inishni hamda darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |