Davlatni aldasang, «jigoku»ga tushasan...
Kuni-kecha Vatandosh.uz saytida chop etilgan YAponiyada yashovchi bir hamyurtimizning maqolasini yuborishdi. Oqib kordim, yoqdi. Sizga ham ilindim: «Bugun ertalab ishga ketayotgan edim. Metroda bir bolakayga kozim tushdi. Boshini kitobdan kotarmay ketdi, ancha joygacha. Havasingiz keladi-vey. CHidab turolmadim. YOnida joy bosh ekan. Otirib savolga tutdim. YApon xalqiga sumimasen (uzr) deb uzoqdan gap boshlamasangiz qorqib ketadi. Men ham uzr deb, savolga tutdim. Javob bergisi kelmay javob berdi.
Qanaqa kitob oqiyabsan?
Maktabdan bergan uyga vazifamni qilayapman.
Nega uyda qilmading?
Uyda ham qildim. Bu erda ham qilaman. Bilasizmi? Men kop kitob oqishim kerak.
Nimaga?
Otam bilan onam ajrashgan. Onam meni, juda ham qiynalib katta qilyabdi. Baitoda (soatbay ishlash) ishlab juda ham qiynalayabdi. Men hozir zor oqisam kelajakda ozimni kaishamni (kompaniya) ochib, onamlarni shachou (kompaniya boshligi) qilib tayinlayman. Ozimizni uyimiz boladi
Meni boqishdan qiynalaman, bola kerakmas deb ajrashib ketgan otamga ham yordam qilaman, deydi…
Kozlarimga yosh keldi…
Notogri savol berib qoyganimdan hijolat bolib, chalgitmoqchi bolib, gapni boldim.
Satoukun, (ismi Satou ekan, -kun qoshimchasi erkalab chaqirishda ishlatiladi) dars qilishni yaxshi korasanmi?
Ha, juda ham. Onam aytganlar menga, dars qilsam, yaxshi odam bolsam, odamlarga yordam bersam davlatga ziyonim tegmasa «tengoku»ga tusharkanman.
«Tengoku» nima?
«Tengoku»ni bilmaysizmi? Men sizni kiyimlaringizni? Qolingizdagi kitobni korib aqlli odam deb oylagandim. Ie, ha siz gaikoujinsiz-ku (xorijlik) shunga tushunmadingiz, shekilli. «Tengoku» degani odam olgandan keyin boradigan joy. YAxshi odamlar «Tengoku»ga tushadi. YOmon odamlar «Jigoku»ga.
Bu gaplarini eshitib, Jannat va Dozax haqida gapirayotganini fahmladim. YAna savolga tutdim:
Satoukun, Jigokuga (dozax)ga qanday odamlar tushadi?
Davlatdan, aldab pul undirganlar, masalan: oqimay, ishlamay, pulim yoq, pul beringlar deb faqat davlatdan pul undiradiganlar tushadi. YOmon odamlar tushadi. Dadamni ham tushadi deb aytishdi menga. Lekin, men xohlamayman.
Boldi, men keyingi bekatda tushaman. Bay bay. Oqishlaringa omad. Ukajon, Ilohim barcha orzularinga erishgin…
Bola tushib ketdi. Qarasam ancha bekat otib ketibman. Kun boyi bola bilan bolgan suhbat haqida oyladim. Hali boshlangichda oqiydigan bolani, fikrlashi-yu, aqlliligiga tasanno aytdim. Farzand tarbiyasiga qoyil qoldim.
YAponiya davlatini ancha muncha davlatlardan ildamlab ketganini sababini tushungandek boldim. Oqimasa hech kim bololmasligini, oddiy soatbay ishda ishlab otib ketishini tushungan, kelajakda katta kompaniyani yuritaman, deb bolaligidan qattiq harakat qilgan Satoukunlar rivojlantirgan ekan, YAponiyani. Juda kop YAponni korasiz ozimni kompaniyamni ochaman, deb qattiq oqib, soatbay ishlab, uxlamay yurganliklarini. SHu sababdan YApon kompaniyalari dunyoda kuchayib ketgandir, balki.
Davlatni aldasang, «jigoku»ga tushasan degan gapi juda oyga soldi odamni.
Baraka top, Satoukun. Ozingdan necha barobar yoshi katta akanga, «jigoku», «tengokudan», hayotdan, tirishqoqlikdan, kitob oqishdan dars berib qoyganing uchun
Mohi Ramazon oylarida duo qilaylik azizlar, bizni yurtimizdan ham shunday, bolajonlar chiqib, yoshlar chiqib, katta katta kompaniyalar ochib, kuchli olimlar chiqib, ota-bobolarimizni munosib vorislari chiqib Ozbekistonimizni YAponiyadek, boshqa rivojlangan davlatlardek yuqori choqqilarga olib chiqsin, Ilohim.
Bahodir Iskandarov,
SHinjuku shahri, YAponiya. 2019 yil 7 may».
NEGA QORQAY?
YOsh er-xotin bir-birini juda yaxshi korar, tinch-osuda hayot kechirishar edi. Ularning tabiatlari bir-biriga teskari bolib, xotin serhissiyot, er esa bosiq edi.
Kunlarning birida dengiz safariga chiqishdi.
Kechasi birdaniga kuchli shamol qozgaldi. Tolqinlardan kema dahshatli chayqalar, odamlar qorquvga tushib baqira boshlashdi. Bu ahvolni korgan xotin qattiq sarosimaga tushdi. Ustiga-ustak, kema kapitanining Bizni mojiza qutqara oladi, xolos, Alloh taologa duo qilinglar, deyishidan vahimasiga vahima qoshildi.
Er har doimgidek xotirjam edi. Bundan xotinning jahli chiqib, erini sovuqqon va beparvolikda aybladi.
SHu payt er yonidagi xanjarni oldida xotinining koksiga tirab, jiddiy va keskin ohangda dedi: Hanjarni suqib olishimdan qorqmaysanmi?.
Xotin erining koziga tik qaradi: Qorqmayman!.
Er: Nega qorqmaysan?.
Xotin: Nega qorqay? Axir xanjar meni yaxshi koradigan kishining qolida turibdi-ku?!.
Er tabassum qildi: Balli! Men ham bu dahshatli tofondan nima uchun qorqay?! Axir meni yaxshi koradigan Zotning qolida-ku. Nima qilsa ham U zotning taqdir qilganidan boshqasi bolmaydi, dedi.
QIYMAT OZGARMAYDI
Mashhur psixologlardan biri psixologiya fanidan navbatdagi amaliy mashgulotni boshladi. Auditoriyada ikki yuz nafardan ziyod oquvchi bor edi. U oz talabalariga yuzlanib, chontagidan o‘n dollarlik kupyurani chiqarib, dedi:
Mana shu pulga kim egalik qilishni xohlaydi?
Professor tagin xitob qilgach, sanarli darajada qollar birin-ketin kotarildi.
Qolimda bor-yogi bir dona kupyura bor, shunday ekan, unga faqat bir kishigina egalik qilishi mumkin. Endi mana shu pul oz egasiga nasib qilishidan oldin men uni shunday ahvolga solaman, u shunday deya kupyurani gijimladi-da, yana boyagi gapini qaytardi:
Xosh, endi ham bu pulning sizga keragi boladimi?
Pulga egalik qilishni ixtiyor etganlar yana qollarini kotarishdi.
YAxshi, dedi psixolog talabalariga bir qarab olib, song u qolidagi yagona gijimlangan on dollarlik kupyurani polga tashlab, ustidan botinkasi bilan bosib, ezgiladi. Tagin uni qoliga olib, yana auditoriyadagi talabalarga yuzlandi.
Xosh, mana shu abgor holida ham bu pul sizga asqotishi mumkinmi? Unga egalik qilishni istaysizmi?
Buni qarangki, tagin ham qollar kotarildi.
Azizlarim, dedi professor,
hozir siz oz nisbatingizga yarasha xulosa chiqardingiz, saboq oldingiz. Men pulni qanday ahvolga solmay, unga baribir ega chiqishni ixtiyor etdingiz. CHunki pul qanday qiymatda bolmasin, har qanday holda ham osha qiymatga egaligicha qolaveradi.
Hayotda shunday vaziyatlar boladiki, biz osha dam ozimizni itqitilgan egarday yo polda yotgan lattaday his qilamiz endi hech kimga keragimiz yoqday tuyiladi. Vaholanki, qanday vaziyat yo sharoitga tushmaylik, ahvolimiz qanchalar abgor bolmasin, biz osha damda ham avvalgidek qadr-qiymatga ega bolamiz, insoniylik mavqeidan ajralmaymiz. Siz isqirt yo toza, ravon yo gijim bolishingizdan qat’i nazar, hamma vaqt oz qadrdoningiz sizni sevuvchi, hurmat qiluvchi kishilarga bebaholigingizcha qolaverasiz.
Bolakay uyiga kelib onasiga:
Bu xatni maktabdagi oqituvchim berib yubordilar, deydi. Onasi xatni oqib koz yoshlarini zorga tutib turdi. Uni bolasiga baland ovozda oqib berdi: «Sizning oglingiz daho! Maktabimiz uning qobiliyatiga kichiklik qiladi. SHuning uchun siz unga uyingizda ta’lim bering!». Oradan yillar otdi. Insoniyat tarixida ulkan ixtiro kashf qilgan inson Edisonning onasi vafot etdi. Kunlarning birida u onasining javonini kozdan kechirayotib qutidagi xatga kozi tushdi: «Sizning oglingiz kaltafahm, tentak. Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!». Buni o‘qigan Edison rosa yig‘ladi va o‘zining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qo‘ydi: «Edison tentak bola bo‘lgan. Lekin aqlli onasining tadbiri ila dahoga aylandi!». Onaning hayotdagi o‘rni shunday!!!
📌 Tomas Edison (1931 yilda vafot etgan), amerikalik ixtirochi.
Nima sababdan Ka’ba tavofi soat strelkasiga teskari tarzda amalga oshiriladi? Ka’ba tavofi islom dinining asosiy besh ruknidan biri bolmish Haj ibodati mobaynida bajariladigan asosiy amallardan hisoblanadi. Tavof soat strelkasiga qarama-qarshi tarzda amalga oshiriladi. Buning sababi nimada? Ushbu savolning javobini topishga komaklashuvchi bir nechta ilmiy faktlarni e’tiboringizga havola etamiz:
1.Inson tanasidagi qon soat strelkasiga teskari tarzda aylanadi.
2.Atom elektronlari ham yadroning atrofida soat strelkasiga qarshi harakatlanadi.
3.Oy ham oz oqi atrofida soat strelkasiga teskari tarzda aylanadi.
4.Er ham xuddi shunday, oz oqi atrofida soat strelkasiga qarshi harakatlanadi.
5.Bundan tashqari Er sayyorasi Quyosh atrofida ham soat strelkasiga qarama qarshi tarzda aylanadi.
6.Quyosh tizimidagi sayyoralar ham xuddi shunday tarzda Quyosh tevaragida harakatlanadi.
7.Quyosh hamda butun Quyosh tizimi Galaktikada orbita boylab soat strelkasiga teskari ravishda harakatlanadi.
8.Fazodagi barcha galaktikalar ham bu an’anaga amal qiladi.
Bundan kelib chiqadiki, musulmonlar tavof mobaynida butun borliqqa hamohang tarzda harakat qiladilar. Alloh taoloning zarradan tortib to ulkan koinotlargacha bolgan yaratilmishlari Buyuk Zotga tasanno aytish nuqtasida birlashadi. Musulmonlar Odam (a.s.)dan tortib Muhammad (s.a.v.) gacha bolgan barcha paygambarlar tavof qilgan ayni erda Ka’bani tavof etadilar. Makkada insonlarning Ka’ba atrofidagi tavofi hech qachon tugamaydi. Qiyomat Er yuzida Ka’bani tavof qiluvchi birorta ham jon qolmaganda sodir boladi.
"Qanday qilib oilalar buzilishi mumkin?!"
Kecha xotinim bilan urishib qolib unga: «Eng kerakli narsalaringni olib-da, uydan yoqol! deb baqirsam, xotinim chemodanini ochib, yonimga kelib meni chemodanni ichiga solishga harakat qila boshladi». Qanday qilib uni kechirmay boladi...?!
Iymon...
Bir kuni qishloq ahli yomgir sorab ibodat qilishmoqchi bolishdi. Ibodatga belgilangan kuni barcha aholi yigildi. Faqat birgina bolacha ozi bilan soyabon olib keldi. Bu - IYMON.
YOsh bolani osmonga otsangiz, u kuladi. CHunki u otasi uni ushlab qolishini, yiqilmasligini biladi. Bu - ISHONCH.
Farzandingizni urishsangiz, u kozlarida yoshi bilan kelib sizni quchadi. Unga achinib, yupatishingizni xohlaydi. BU - MEHR.
Siz ogir vaziyatda qolsangiz, siz aqlingiz emas, qalbingiz buyurganidek ish tutsangiz, bu - OQILLIK.
Har kecha uxlamoqchi bolganimizda, ertangi tongda hayot bolish yoki bolmasligimizga kafolat yoq. Lekin biz, odatimizga kora qongiroqli soat (budilnik) ni sozlab song uxlaymiz. Bu - UMID!
IBRAT UCHUN
U ayolini urdi. Ayoli yiglab:
- Hoziroq borib ustingizdan arz qilaman, - dedi.
- Senga kim aytdi, meni qoyib yuboradi, deb. Uydan chiqibam bopsan!
- Nima siz eshik - derazalarni qulflab qoysam, shikoyat qilolmaydi deb oylayabsizmi?
- Ha, nima qilolarding?
- Qongiroq qilaman, dardimni sochaman!
- Hah, telefoningni ovolaman. Ochirib qoyaman.
Ayol hammomga kirib ketdi.
Eri tashqariga chiqib deraza oldida poyladi, qochib ketarmikan, deb kutdi. Ayol chiqishga unirinmaganini korib qaytib kirdi.
Hammomning eshigi qarshisiga turib oldi. Ayol hammomdan tahorat olib chiqdi.
YUzini esa, gozal tabassum bezatib turardi. Uning korinishi yuz - qolidagi shabnam tomchilari kabi bolgan tahoratning musaffo suvidek sof - nurli edi.
- Men albatta shikoyat qilaman, Unga arz qilishimdan na derazalaringiz, na eshiklaringiz, na telefonlaringiz tosa oladi!! Uning eshiklari hecham yopilmaydi. Dodimni eshitadi! - dedi.
Eri undan nari ketib divanga otirdi. Jim oylanib qoldi. Ayol ketib namoz oqidi. Uzoq sajda qildi. Eri uni kuzatib turardi. Song u boshini kotarib, duoga qol ochmoqchi bolganida, eri chopib kelib qollarini ushlab oldi.
- Sajdada shu-u-uncha meni qargaganing etarlimasmi?
Ayol ma’sum kozlari bilan unga boqib:
- Sizning qilgan bu ishingizga rozi bolib, atigi shuncha duo qilish bilan kifoyalanishim kerak ekanmi, a?
- Kechir, senga qol kotarmoqchi emasdim. Allohga qasam, g‘azabim aqlimni oldi.
- SHuning uchun ham haqqingizga xayrli duo qilish, shaytonni qargashdan toxtamayman.
Men oz kozining quvonchi: erini duoyibad qiladigan axmoq xotinlardan emasman.
Erining kozalaridan yosh qalqib chiqdi. Duo uchun kotarilgan qollarni koziga surtib, opdi.
- Allohga qasam, bundan keyin hech qachor senga ozor bermayman.
Xulosa
Alloh va Uning Elchisi sollallohu alayhi va sallam mana shunday ayollar bilan turmush qurishga chaqiradilar. Erlaringizga chori boling, ular qulingiz boladilar. Sizlar ayollaringiz uchun fido boling! Fidoyingiz, vafodoringiz bo‘ladilar.
BOʻRI VA ESHAK (Ibratli rivoyat)
Bir kuni boʻri bilan eshak maysaning rangi borasida tortishib qolibdi. Eshak maysaning rangini sariq desa, boʻri yashil der ekan. Ular koʻp tortishibdi. Hech kelisha olishmagach, masalani hal qilib berish uchun oʻrmon podshohining oldiga borishga qaror qilishibdi. Muhokama boshlanibdi. Ikkisi ham oʻzining hujjat-isbotini keltiribdi. Hukm chiqarish paytida hamma adolatli hukmni intiqlik bilan kutishar edi. Sher mahkamaga hozir boʻlganlarning umidlarini chippakka chiqarib, boʻriga bir oy qamoq jazosi hukm qildi. Eshakni esa aybsiz deb hukm qildi.
Boʻri eʼtiroz bildirib: “Janob, maysaning rangi yashil emasmi?”, debdi.
Sher: “Ha, yashil”, debdi.
Boʻri: “Unday boʻlsa, nima uchun menga qamoq jazosi taʼyinladingiz?, axir, men xato qilmadimku!”, debdi.
Sher: “Toʻgʻri, sen maysaning rangida xato qilmading, lekin bunday masalada eshak bilan bahslashib xato qilding. Bundan keyin senga ibrat boʻlishi, hamda TUSHUNMAYDIGAN BEFAHMLAR BILAN TORTISHMASLIGING UCHUN senga qamoq jazosini tayinladim”, dedi.
Xulosa: Hech qachon mutaassib va johillar bilan TORTISHMANG. Chunki bunda hech qanday natijaga erisha olmaysiz. Shunga koʻra, katta olimlarga nisbatan notoʻgʻri eʼtirozlar boʻlganda yoki taʼna-malomat qilinganda ularning sukut qilishlari magʻlub boʻlganidan emas, balki ushbu oyatga amal qilganidandir.
CHumolidan so‘rabdilar:
—Qaerga ketyapsan?.
—Ka’baga,- debdi u.
— Bu yurishda qachon etib borasan?
— Etib borolmasam ham, hech bo‘lmasa shu yo‘lda o‘laman-ku? - debdi chumoli oliy maqsad yolida qat’iylik korsatib.
Oyna...
"...Bir necha kishi Misrga bordik. Dokonga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini soradik. "1400 junayh", dedi.
Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qaerliksizlar?" dedi. "Ozbekistonlik, Movarounnahrdanmiz. Buxoriy yurtidan", dedik. "Buxoriy yurtidan ekansiz, sizlarga 20 foiz chegirma qilib beramiz" dedi. Bizga yoqib ketdi.
"YAna qanday olimlar bolgan?" deb soradi. "Imom Termiziy, dedik. "Masha Alloh, u kishi ham sizlardanmi?" dedi biri ishonqiramay. "Ha, bizdan koplab allomalar chiqishgan", dedik. "YAna kim?" "Imom Zamaxshariy", dedik.
Sotuvchi "Masha Allooooh!" dedi-da, qollari bilan kozlarini yopdi. Panjalari orasidan yosh oqa boshladi. Keyinroq bildik, u kishi Imom Zamaxshariyning ashaddiy muxlislari ekan. Bir oz suhbatlashgandan keyin "Sizlardan foyda olmayman. 620 junayhga tushgan, shuni bersangiz boldi", dedi. SHu payt oramizdagilardan faqat ozbekkagina xos bolgan "gap" chiqdi: "SHundan ikki dona bering"...
Men uyalib ketdim...
"Mayli, beraman" dedi. Uzukni berayotganda yonda turgan kishilardan birlari "Namoz oqisharmikin?" deb qoldi. Sotuvchi qolini uzatayotgancha toxtab qoldi. "Ha, namoz oqiysizlarmi?" dedi. Savol bilan javob orasida uzilish paydo boldi. CHunki, javob aytarli yoq edi...
Bir oz sukutdan keyin "Jum’a namoziga chiqib turamiz", dedi kimdir. "Boshqa namozlarni-chi?" dedi hayron bo‘lib. Zorgagina "Yoq", deya oldik.
Sotuvchining qoli muallaq turib qoldi. Biroz sukut qildi-da, achinish bilan: "Mayli, men musulmonman. Aytgan narximga beraman. Ammo sizlar qaytib Imom Buxoriyni tilingizga olmang. HAQQINGIZ YO‘Q!" – dedi...
© Salim Ayyubiy
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
«Zulmatlardan nurga» kanaliga ulanish uchun quydagi likni ustiga bosing👇👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEGbtTLPvC3NKKThiA
G‘ARB
Otaturk inqilobidan so‘ng Usmoniylar oilasini uy kiyimlari bilan Evropaga surgun qilishdi.
Sultonning farzandlari, xotini yolvorishdi:
- Bizga SHom, Iordaniya yoki Misrga ketishga izn bering. Bizni Evropaga jonatmang!
Ammo Garbning ta’limoti ochiq-oydin ulardan intiqom olish, ularni xorlash edi. Ularning ba’zisini yahudiylar makoni bolmish Salonikiga, ba’zisini Evropaga surgun qilishdi. Usmoniylarning oxirgi sultoni sulton Vahiduddinni xotini bilan kechasi Fransiyaga surgun qilishdi. Butun moli va egalik qilgan narsalarini musodara qilishdi. Ularni bir chaqasiz uy kiyimlari bilan chiqarib yuborishdi. Sulton Vahiduddinning ogillari Parijda yuzlarini berkitib tilanchilik qilib yurishar edi.
Sulton Vahiduddin vafot etgach Fransiya cherkovi uning jasadini bermadi. Sababi, uning dokonlardan, bozorlardan qarzi kopayib ketgan edi. Musulmonlar pul yigishib uning qarzlarini tolashdi va cherkovdan jasadni olishdi va SHomga jonatib osha erda dafn qilishdi.
Ular haqida birinchi bolib Turkiya bosh vaziri Adnon Mandaras surishtirdi va Fransiyaga bordi. U : "Mening otalarim- onalarim qaerda?", deb surishtirar edi. Oxiri Parijdagi bir kichkina qishloqqa bordi. U erda bir korxonada xalifa Abdulhamidning zavjasi SHafiqa xonim(85 yosh) va qizi Oisha xonim( 60 yosh) lar arzimagan pul evaziga idish-tovoq yuvishar edi. Mandaras yiglab ularning qollarini opa boshladi. Oisha xonim uni tanimay: "Sen kimsan?"-deya soradi. Mandaras Turkiya bosh vaziri ekanini aytgach uning qollaridagi idishlari erga tushib ketdi va:"Qaerda eding, juda kechikding" , dedi va hushidan ketib yiqildi.
Adnon Mandaras hukumatni ularni Turkiyaga olib kelishga ming azob bilan kondirdi. Hukumat faqat ayollarni olib kelishga ruxsat berdi. Abdulhamid va Vahiduddinning ogillarini Najmiddin Erbakon ozining davrida avf haqida qaror chiqarib Turkiyaga olib keldi.
Mandarasni mahkamaga tortgan masalalar ichida unga davlat mulkini ogirlab Usmoniylar oilasiga sarflaganlik aybi ham bor edi.
CHunki Mandaras hayit bayramlarida ularni ziyorat qilib ozining maoshi, shaxsiy mulkidan ularni ta’minotini qilib turar edi.
1961 yil iyul oyida Mandarasni dorga osishdi. Ayni shu oyda Abdulhamidning ayoli va qizini joynamoz ustida jasadini topishdi. Mana shu garbning basharasi...
@dilsahifalari
SADOQAT
Salohiddin Ayyubiy rahimahulloh 589chi hijriyda vafot qildi. U SHom, Misr, Hijoz va YAmanda sulton edi. U vafot qilganida uning xazinasida bir dinor va qirq etti dirham qolgan edi. Bu pul uni kafanlash va dafn qilishga ham etmadi.
---------------
Bu oz Rasuli sallollohu alayhi va sallamga sadoqatli bolgan sultonning siyratidir.
Ba’zilardan oz vatanidan, millatdoshlaridan bildirmay olgan (ogirlab demadim) milliardlab pullari begona olkalardagi banklarda qolib ketayapdi. Uni hatto merosxorlari ham ishlatib tugata olmaydi.
SHuning uchun "adolat", "sadoqat", "millatparvarlik", "vatanparvarlik" kabi sozlar hozirda kishini biroz zeriktirib qoydi. Da’vo qilinmasa yaxshi bolar edi bu xislatlarni...
Ibratni esa UMARlar va SALOHIDDINlardan olaveraylik!
Abdulqodir Polvonov sahifasidan
@dilsahifalari
MAYKL JEKSON
U 150 yil yashamoqchi edi. Uning 12 ta shaxsiy tabibi bolib ular uni har kuni sochidan tirnogigacha tekshirib turishar edi. Har gal taomlanishidan oldin bir kishi taomini zaxarlanmaganini aniqlab oldindan yeb korsatar edi. Uning kunlik faoliyatini 15 kishi bayon qilib borar edi. Hatto uxlash uchun yotadigan karavati maxsus tayyorlangan bolib uyqu vaqtida kislorod motadilligini tartibga solar edi. Hatto mabodo kerak bolib qolsa inson azolari bilan taminlaydigan tomonlar bilan ham shartnomalar bor edi. Chunki u 150 yil yashashi lozim edi-da!
Ammo 2009 yil 25 iyunda bu urinishlarning barchasi bekor boldi. 50 yoshida Mayklning yuragi urishdan toxtadi. Uning 12 ta shaxsiy tabibi bor kuch va bilimlarini sarflashdi, Kaliforniya va Los Anjelesdan malakali tabiblar taklif qilindi. Ammo bari befoydi ketdi. Uni olimdan saqlab qola olishmadi. 25 yil Maykl shaxsiy tabiblar maslahatisiz bir qadam ham qoymadi. U 150 yil yashamoqchi edi-da!
Uning oxirgi safarida 2,5 million kishi kuzatib qoydi. Bu olim va vidolashuv safari edi.
Bu qissadan xulosa shuki, biz hech narsaga ega emasmiz. Ega bolgan mulkimiz bor-yogi bizning ismi sharifimiz yozilgan bazi bir qogozlar xolos. Biz hatto oz hayotimizga ham molik emasmiz.
Imom Moturidiy rahimahulloh ozining At-tavhid kitobida Allohning borligiga eng katta dalillardan biri insonning ustidan doimo olim hukmronlik qilishi, u hohlamasada qarib-qartayishi, bemor bolishi kabi ishlar ekanini aytadi.
SHUNDAY EKAN TUGYON NECHUN?
@dilsahifalari
Bagdod hokimi Hajjoj umrining oxirlarida tushida Azroil alayhissalomni korib, u zotdan soragan ekan:
Hazrat, siz jonni oluvchi farishtasiz. Men qachon olaman? Menga olim qachon keladi?
SHunda Azroil alayhissalom besh panjalarini korsatib goyib bolgan ekanlar.
Ertasi kuni Hajjoj olimlarni chaqirib, tushining ta’birini sorabdi. Olimlardan biri: «Besh yil umringiz qolibdi», debdi. Boshqasi besh hafta debdi, birovi besh kun debdi. Javoblarning birontasi ham Hajjojning kongliga taskin bermabdi. SHunda Hajjoj buyuk mujtahid imom Molikdan tushining ta’birini sorabdi. Imom shunday javob beribdilar:
Qiyomatning qachon bolishini (1), yomgirning qachon tushishini (2), bachadondagi xomilaning ogil yoki qizligini (3), ertaga nima bolishini (4) insonga olim qaerda va qachon kelishini (5) Allohdan ozga hech kim bilmaydi. Hazrati Azroil alayhissalom shu beshta narsaga ishora qilmoqdalar. Hatto men ham jon oluvchi farishta bola turib, qachon va qaerda olishingni bilmayman, demoqchi bolyaptilar...
Kanalimizga ulanish uchun quyidagi linkni ustiga bosing 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADwRkZQ9I85rZoZq1g
Tarbiyaviy hikoya
Musulmonlar xalifasi Xorun ar-Rashid xalq hayotini o‘rganish uchun faqirona kiyinib, mol bozorini aylanib yursa, bir QASSOB bir qo‘yning baxosini so‘rabdi.
Sotuvchi qassobga :
-20 tanga», debdi.
Qassob buni eshitib:
-Qoyingizning 14 kilo goshti 4,5 kilo yogi bor. Uning narxi 15 tanga xolos
debdi va qoyni olmay ketibdi.
Xalifa navkarlaridan biriga qoyni sotib olishni, ikkinchisiga qassob ortidan borishni buyuribdi.
Bozordan qaytgach, osha qoyni soyishibdi va qassob aytganidek, 14 kilo gosht va 4,5 kilo yog chiqqanini korishibdi.
Qassobni topib kelishibdi va unga yana ikki qochqorni korsatib, qancha gosht va yog borligini sorashibdi... Qochqorlar soyilganidan song qassob aytgan yog-gosht chiqibdi.
Xalifa QOYIL qolibdi hamda undan dunyoviy va uxraviy ilmlardan sorabdi... Afsus, qassobning kallasi bu sohada BOMBOSH edi.
SHunda xalifa debdi:
-Ey qassobzoda! Nahot hayotni faqat qassobchilikda deb tushunsang? Qani senda vatanga muhabbat, xalqingga muhabbat? Nahot halol va haromning farqiga etmasang!
Halifa jar chaqirtirib, e’lon qilibdi:
-Ushbu qassob shuncha zehni, shuncha ilmi bola turib, yo dunyoviy, yo uxraviy ilm olmagani halol-harom farqiga bormagani uchun boshqalarga ibrat bolsin deb, kelgusi juma kuni uni DORGA ostiraman.
Hamma bu hukmdan rozi bolib, uning odilligini tan olishibdi.
Ertasi kuni xalifa qabuliga ikki yosh yigitcha kirib kelibdi. Xalifa ularning xulqu-axloqini korib: "Farzanding bolsa, shunday bolsin..", deb qoyibdi.
Yigitlar xalifadan gapirishga izn sorashibdi va ruxsatdan song deyishibdi:
-Ey Amiral mu’minin! Avvalo bizning bir qoshiq qonimizdan keching. Biz OLIMGA HUKM qilingan qassobning ogillarimiz. Otamizdan soralgan savollarni bizdan sorasangiz.
Xalifa bolalarni uzoq savolga tutib, ulardagi ilm, etuklikni sezib, kuchliroq olim kishilarni chorlab, ilm majlisi otkazib, bolalarning zehni va ilmiga qoyil qolibdi va debdi:
-Sizlarga tasanno, lekin otangizga chiqarilgan hukm hammaga ma’qul kelgan va kopchilikka ibratdir.
SHunda qassobning katta ogli:
-Ey muhtaram jamoa! Bola loy, ota va ona kulol emasmi? Bola onadan ogri, qotil yoki aldoqchi bolib tugilmaydi-ku.
Uni tarbiyalovchi ota-ona va tashqi muhitdir. Otamizga chiqargan hukmni otamizga emas, uning otasiga chiqarish kerak edi. Otamiz ozi ilmsiz bolsa ham, bizni shunchalik ilmli, ma’rifatli bolishimizga sharoit yaratdi... Otamiz TAHSINga loyiqdir, dedi.
Xalifa uzoq sukut saqladi va dedi:
-Ey vazir! Sen endi iste’foga chiq. SHu bola menga vazir bolsin.
Ey jallod..! Qassobni olib kel, ustiga zarbop ton yop, bu elga ibrat bolsin. CHunki bizning kelajagimiz farzandlarimiz. Bola tarbiyalashdagi oliyjanobligi uchun QASSOB shunga loyiqdir. Qassobning otasi tirik bolsa, olib keling, olgan bolsa, gori ustiga ottiz darra uring. CHunki shu qassob ham yoshligida ota iste’dodli bolgan.
Otasi esa unga qassobchilikdan boshqa narsani orgatmagan. - deb hukmni ozgartiribdi...
@masjiduz
Mashhur ateistlar (xudosizlar)
Braziliyalik siyosatchi Tankredo di Ameydo Neves saylov paytida ''Agar besh yuz ming ovoz olsam, hatto xudo ham meni prezidentlik lavozimidan tushirolmaydi'' degan. U besh yuz ming ovoz oldi va prezident bolishdan bir kun oldin kasal bolib oldi.
Braziliyalik qoshiqchi Rio de Janeyroda karnavalda sigaret tutunini osmonga puflab, ''Bu senga xudo!'' dedi va 32 yoshida OITS (spid)dan oldi.
Titanikni yasagan injener qurish ishlari yakunlangach, ''Endi buni xudo ham choktirolmaydi'' degan ekan.
#verguluz
@VAQT_Motivatsiyasi
Ilmga qarshi, fikrga dushman va hayot bilan sharafli sulh kelishuvini rad etadigan har qanday dindorlik, yashovchanlikning barcha imkoniyatini boy bergan dindorlikdir.
SHayx Muhammad Gazzoliy
---
Izoh: Agar dindorlik ilmga qarshi, fikrga dushman va hayot maydonida boshqalar bilan kelishib yashashni xohlamaydigan bolsa, bu dindorlikning kelajagi yoq. Bu gapning haq ekaniga orta asr Evropa inkvizitsiyasini eslash kifoya. Endi bugunda ayrim musulmon mamlakatlar va jamoatlar ham ozini bu togrida onglamasa mazkur natijaga ular ham mahkum. CHunki dinimiz ilm va fikrni qadrlaydi, hamda umuminsoniy oilada kelishib yashashga chaqiradi. Buni inkor qilganlar Qur’oni karim va Sunnati nabaviyyani, hamda musulmonlar golib bolgan davrlar tarixini xolis koz bilan oqib chiqsinlar.
Mubashshir Ahmad
Manzilimiz: @Mubashshirahmad
Liviyalik olim doktor Aliy Sallobiy haqiqiy musulmon bilan radikal musulmonning farqini ajoyib tushuntirib beribdi:
1. Haqiqiy musulmon oz iymoni bilan mashgul boladi.
Radikal musulmon birovlarning iymoni bilan mashgul boladi.
2. Haqiqiy musulmon ozini va boshqalarni jannatga kirishi uchun harakat qiladi.
Radikal musulmon boshqalarni dozaxiy ekanini isbotlashga harakat qiladi.
3. Haqiqiy musulmon kishilarning xato va toyilishlarini kechirish uchun uzr qidiradi.
Radikal musulmon esa insonlarni jazolash va ularni gapirib yurish uchun ularning xatolari , ayblari va toyilishlarini qidirib yuradi.
© Abduqodir Polvonov
Manzilimiz: @MubashshirAhmad
Ibn Qayyimdan: "Agar Alloh bir bandaga ne’mat bersa, uning ne’matmi yoki fitnami ekanini qaerdan bilsa boladi?" deya sorashdi. Savolga imom shunday javob qildilar: "Agar u Allohga yaqinlashtirsa ne’mat, agar uzoqlashtirsa fitna boladi".
Manzilimiz:@MubashshirAhmad
Ayolning zaifa ekanligini 40 yoshimgacha tan olgim kelmadi.
Zaif, zaifa deyilganda nazarimda qolidan bir ish kelmas, ojiz notavon, kuchsiz na oilani, na bir ishni eplolmas kimsalar koz oldimga kelardi. CHunki hayotning «achchiq -achchiq» bergan «tuhfa»larini zaifa bolmasdan engdimku, degan qarash meni bu «Zaifalik» maqomi naqadar ulug ekanini anglatmagandi.
Zimmamga ortiqcha yukni, toqatimdan ortigini ortmoqlab olgan nodon ekanmanki, Alloh fazlidan fazilat bergan kunlarini oz kuchim, aqlim, idrokim deyaveribman, ortigi bilan ortmoqlab yuraveribman.
Endi esa elkamda chumoli yursa, kotarolmas vaqtga kelib o‘sha buyuk haqiqatni angladim. Alloh ayolni zaifa yaratib, unga dunyo ne’matlarini eng ulugi- onalik baxtini berganini. Afsuski otib ketgan muborak zaifalik umrimni qaytarishni hech imkoni yoq... Bu haqiqatni anglagan kunimdan boshlab, zaifalik rohatini tota boshladim.
U shunday his, tuygu, azizlik, mukaramlik-ki, Islom dini ayolga bergan ne’matlarini sanab tugatolmaysiz ekan..!
Ora-sira kimlarningdir hikoyasini eshitib qolamiz:
-Erining topish-tutishi yaxshi ekan-u, ayoli ham «ishlayman», deb turib olibti. Ertalab soat 8:00 dan ishga otlanib, shomgacha aralash ishxonada yurishi, bolalarni qarovsizligi bois er-xotin orasidan ola mushuk otibti.
Mana bu nodonlik..
-Ozi ikkinchi ayol bolsa, eri uy olib otkazib qoyibti. Har oy rozgor ta’minotidan tashqari, nafaqasini berarkan. Qoli yuk kotarib bozor ochar qilmas, bolalarini maktab ,bogchasigacha mashinada oborsa.. Toqlikning shoxligi tutib, eridan oziga alohida mashina olib berishini talab qilibti. Erining nasihatlari kor qilmay ikki shartning birini tanlabti.
«YO men, yoki mashina..»
YAqinda kordim talogidan keyin yoniga 1 yarim yosh bolasini otqazib olib, kira qilayotgan ekan...
Mana bunisi Ahmoqlik!
Uchinchi hikoya esa, yanada ajoyibroq.
Bir odam yaxshi er, yaxshi ota, munosib va taqvoli inson ekan. SHariat ahkomlari ila yana uylanish niyati borligini ayoliga bildiribti. Ering bu «mash’um» niyatidan qaytarish uchun ayol ozini hatto olim yoqasigacha olib borganmish... Kammas, kopmas besh bolaning onasi, erini niyatidan qaytarish uchun qilmagani qolmabti. Aslan ayolning ozi ham eriga ikkinchi bolib, bu haqiqatni tish tirnogi bilan rad etish barobarida, uning yaxshi hayotiga oxshash yana bir shar’iy oila barpo bolishini inkor etibti.
Bunisi esa itoatsizlik..
Bu kichkinagina bitikda hozir yashab turgan davrimizning qahramon «zaifalari» tilga olindi. Toqima emas..
Biz nimaga buyurilganmizku, nimalarni qilyapmiz.
Azizim Ayol..! (azizim sozini yoqtirmayman)
Xunuk bolishingiz ham baxt, tanangizda nimanidir kemtik bolishi ham ne’mat. Boyingiz pastdir yo baland. Ozgindirsiz yo sarviqomat. Toladirsiz yo kemtik? Ma’lumotingiz oliydir yo oddiy. Boyning qizidirsiz yo kamtarning.
Anglang-bular Sizning aslingiz!
Bu jihatlar sizga Robbingiz bergan ne’mat, izzatdir..!
Ammo hargiz Siz zaifa ekanizi unutmang! Xaddingizni oz xududidan baland boylatmang. Oz «men»ingizni eringizni «meni» ga qorishtirib tashlang.
Sizning «men»ingiz yoq.
Sababi orzularingizning eng ulugi Jannat bolsa, unda «men» lar bolmaydi.
Eshitdik va itoat edik, tamom..
Gozal orzular, xavaslar, niyatlar hatto romantika, erkalik, sayru sayohat, liboslanish, sevgi-muhabbatning hammasi islomda ortigi bilan bor, berilgan! Unda qanday yashash ixtiyori Sizdagina qoldi.
Agar uning chegarasidan nafs istagi ila chiqilsa, ozingiz uchun rohat deb oylaganingiz aslida zulmatdir, zalolatdir, dozaxdir.
Zaifa birodarlarim!
Taqdiru azalimiz bitilgan , ammo kaftimizda esa ulkan sorov-duo bor.
Qanday ham Alloh bergan shunday zaifalikdan quvonmay boladi?
Boshingizda mushkulingiz bor-a?
Allohdan sorang!
Bir gunohni boshida turibsizmi?
Istigfor ayting!
Qay bir qaror, dunyo va diningiz uchun oydamisiz?
Istixora oqing!
Xosh, birodarlarim islomdan javob topmagan savolingiz bormi?
Yoq albatta , islom dini yagona va haq dindir.
Muhtaramalar!
Agar anglagan bolsangiz, Sizlarga ham sharafli Zaifalik muborak bolsin deyman. SHu nom ila siz aziz va ardoqlisiz!
© Madina Mominova
Manzilimiz:@MubashshirAhmad
IBRAT UCHUN...
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan sorashdi:
Nimaga qoylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida soyilishiga qaramay nasli qirilib ketmaydi? Aksincha kopaygani kopaygan. Vaholanki, qoylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tugadi. Lekin itlar soyilmasa ham, birdan onta bolalasa ham kopaymaydi. Qoylar kabi suruv bolib ketmaydi?
Mavlono javob berdilar:
Tongga yaqin vaqt eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qoylar hech uxlamaydi. Doim uygoq boladi. Itlar esa kechasi bilan sangib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, gaflatda boladi. Qoylar tong barakotidan bahramand bolishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. SHuning uchun qoylar kopaygani kopaygan. Bas, rizqingiz keng bolishini xohlasangiz, saxarlari bedor boling.
Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi
@Tabassuming_sababchisiman
Bir millatni yoq qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa bolishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga orgatishning ozi kifoya. SHunday qilinsa:
* Kasal aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qolida oladi.
* Uylar aldov bilan diplom olgan muhandis qolida qulaydi.
* Moliya aldov bilan diplom olgan hisobchi qolida inqirozga uchraydi.
* Insoniylik aldov bilan diplom olgan din shayxi qolida halok boladi.
* Adolat aldov bilan diplom olgan sudya qolida barham topadi.
* Farzandlar ongi aldov bilan diplom olgan o‘qituvchi qo‘lida xarob bo‘ladi.
TA’LIMNING QULASHI MILLATNING QULASHIDIR.
Manzilimiz:@MubashshirAhmad
✅ Bir kuni qishloq ahli yomg‘ir so‘rab ibodat qilishmoqchi bo‘lishdi. Ibodatga belgilangan kuni barcha aholi yig‘ildi. Faqat birgina bolacha o‘zi bilan soyabon olib keldi. Bu - IYMON.
✅ YOsh bolani osmonga otsangiz, u kuladi. CHunki u otasi uni ushlab qolishini, yiqilmasligini biladi. Bu - ISHONCH.
✅ Farzandingizni urishsangiz, u ko‘zlarida yoshi bilan kelib sizni quchadi. Unga achinib, yupatishingizni xohlaydi. BU - MEHR.
✅ Siz og‘ir vaziyatda qolsangiz, siz aqlingiz emas, qalbingiz buyurganidek ish tutsangiz, bu - OQILLIK.
✅ Har kecha uxlamoqchi bo‘lganimizda, ertangi tongda hayot bo‘lish yoki bo‘lmasligimizga kafolat yo‘q. Lekin biz, odatimizga ko‘ra qo‘ng‘iroqli soat (budilnik) ni sozlab so‘ng uxlaymiz. Bu - UMID!
Iymon, ishonch, mehr, oqillik va UMID sizni hech qachon tark etmasin!
Allohning panohida bo‘ling!
Tuningiz osuda kechsin!
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
«Zulmatlardan nurga» kanaliga ulanish uchun quydagi likni ustiga bosing👇👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEGbtTLPvC3NKKThiA
AYOL ZAKOVATI
(Afsonaviy haqiqat)
Amir Umarxon — Qo‘qon xoni bo‘lgan. Betakror shoir bo‘lgan.
Nodirabegim — Umarxonning jufti haloli, malika bo‘lgan. Betakror shoira bolgan.
Xon saroyida muntazam tashkil etilgan mushoiralarda mana-man degan shoirlarni «bir choqishda» qochirib yuborgan. Buni karangki, shox, xonadonida ham er-xotin ortasida «gidi-bidi»lar bolarkan-da! Kunlardan birida Umarxon bilan Nodirabegim arzimagan masalada gap talashib qolibdilar. Aslida-ku Nodirabegim xaq ekan. Ammo Umarxon baribir xon-da!
Malikam, debdi jaxl otiga minib. Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan ozingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da, yurtingizga jonang!
Bazmi jamshid davom etibdi. Umarxon toliqib mudroqqa ketibdi. Bir mahal kozini ochsa, qosh otli foytonda ketayotganmish. Biydek dala. Zulmat. Osmonda yulduzlar... Navkarlar otining tuyogi gursillaydi. Qarasa, yonida Nodirabegim otirganmish.
- Bu ne sinoat? debdi xon xayron bolib. Kayoqqa ketyapmiz?
- Andijonga! debdi Nodirabegim kulimsirab. Ozingiz yurtingizga jonang, deb amr etdingiz.
Xon, shu kuni bolgan xangomani eslab, yana achchiqlanibdi.
- Men sizni Anjon boring, - deb edim! - Anjonga men ham boraman, degan emasmen!
- Togri, olampanox,! debdi Nodirabegim. Siz meni Anjon yuborishni xukm etdingiz. Ammo saltanat xazinasidan ozing uchun eng qimmatli narsani olib ket, dedingiz. Xukmingiz vojib! Saltanat xazinasida men uchun eng bebaxo boylik Siz bolasiz! Men osha xazinani ozim bilan olib ketishga jazm etdim!
Karvon darxol ortga qaytibdi. Osha-osha jannatmakon Amir Umarxon saroyida osoyishtalik xukm surgan, deyishadi.
Otkir Hoshimov
#hikoya400
Kanalimizga ulanish uchun quyidagi linkni ustiga bosing 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADwRkZQ9I85rZoZq1g
OLTIN ZANJIR
- Ajrashaman!
- Ajrashasan?
- Ha ajrashaman, siz bilan bir kun ham yashay olmayman!
- Bo‘pti, mayli, ajrashsang ajrashaveramiz, nima ajrashaman desam, menga yalinadi deb oylaganmiding, hech qachon!
- YUring, bolmasa bugunoq ariza beramiz!
- YUr, men ham sen bilan yashashga kozim uchib turgani yoq, ajrashsang ajrashaveramiz.
---
Er-xotin janjallashib, gazab ustida bir-biri bilan ajrashishga bel boglab, nikoxini bekor qilish uchun, jadallab sud idorasiga oshiqayotsa, ularni bir qolida qo‘girchoqning boshi va ikkinchisida qollari uzib olingan holatda eshik oldida kutib turgan oglini uchratib qoldilar.
- Ha oglim bu erda nima qilib turibsan? - soradi onasi.
- Oyijon, mana bu boshni siz oling! Dadajon mana bu qollarni esa siz.
- Nega bunaqa deyapsan oglim? - xayron bolib soradi ota.
- Sizlar ajrashsanglar, meni ham boshimni, qollarimni, oyoqlarimni xuddi shu qogirchoq kabi uzib olib, ozlaring teng ortada bolib olinglar.
Bu gapdan ota-onani ichi uzildi, har ikkisi ham bir-birlariga qarab olib, barvarakayiga soradi:
- Nima uchun bunday qilding oglim?, - har ikkisi ham qolidagi qogirchoqning azolariga qararkan.
- Men ikkalalaringni ham yahshi koraman, sizlar alohida alohida yashamoqchi bolyapsizlar, men esa bittaman, meni bolib olsalaring, har ikkilalaring bilan ham yashay olaman.
Ota-ona oglining gaplarini eshitar ekan, bogzi tiqildi, kozlaridan yosh qalqdi.
Baravariga farzandini bagriga bosib, undan kechirim soradilar.
- Bizni kechir oglim, ozimizni oylabmizku, seni bir daqiqa oylamabmiz ham, boringga shukr, seni hech qachon ajratmaymiz, hammamiz birga yashaymiz, birga yashaymiz a onasi?
- Huddi shunday dadasi, - deb ota-ona oglining ikki elkasi boshini qoyib, koz yoshlarini artdilar.
- YAhshiyamki sen borsan oglim, sen onang ikkimizni doimiy ravishda boglab turguvchi oltin zanjirimizsan, boringga shukr! Togri yol korsatgan Alloximga shukr!
Biz biror qarorga kelayotganimizda faqat ozimizni oylashimiz adolatda emas, yonimizdagilarni, yaqinlarimizni konglini ogritmaslikka intilishimiz haqiqiy musulmonlikka xos odatlardandir, azizlarim.
#hikoya253
Kanalimizga ulanish uchun quyidagi linkni ustiga bosing 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADwRkZQ9I85rZoZq1g
Image To Text [OCR]:
Do'stlaringiz bilan baham: |