Buyuk ipak yo`li
Vatanimiz xalqlari tarixida “Buyuk ipak yo`li” katta ahamiyatga egadir. Qadim-qadim zamonlar tarixiga ko’z tashlar ekanmiz, jamiyat taraqqiyotini bronza davridan ham ilgarigi davrlardan boshlab hududlararo bog`lovchi vosita sifatida unga hos ihtisoslashgan yo’llar paydo bo’lganligini ko’ramiz. Tarixda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahamoniylari saltanati davrida uning hududi bo’ylab “shoh yo’li” o’tgan. Undan ham ilgariroq O’rta va Yaqin Sharqda Badahshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj “lazurit yo’li”ning vuzudga kelishiga sabab bo’lgan. Badahshon lazuritlari Mesopotamiya va Misr podsholari saroylarini, ibodotxonalarini bezagan, ayollarning turli bezaklarini ishlashda keng qo’llanilgan. G`rb bilan Sharqni bir necha ming yillar davomida bir- biriga bo’g’lab kelgan qadimga yo’llardan biri “Buyuk ipak yo’li” dir/ Bu yo’lga fanga “Ipak yo’li” nomi bilan faqat XIX asrning 70- yillaridan boshlab nemis olimi Ferdinant Fon Rixtgofen tomonidan kiritildi. Unga qadar bu yo’l “G`arbiy meridional yo’l” deb atalar edi. Ana shu karvon savdo yo’lini asl mazmunini tashkil etgan ipak qachon va qaerda paydo bo’ldi, degan masalada fanda har xil qarashlar bor. Bu to’g’rida turli hilda rivoyat va afsonalar to’qilgan.
Fanda ipakning vatani Xitoy deb tan olinganli sir emas. Ammo hind olimi Mukerji Hindistinda ipakning qachon paydo bo’lganligi haqida aniq va ishonarli ma’lumot bera olmasada, u ipakning Xitoyda paydo bo’lib u yerdan boshqa yerlarga tarqalganligi haqidagi fikrga qo’shilmaydi. U Hindistonda ham tog’li tumanlarda yovvoyi ipak qurti tut daraxtlari ustuda pilla o’rashlarini ta’kidlaydi. Xitoyda ipakning paydo bo’lishi haqida juda ko’p rivoyatlar bor. Xitoy hukmdori Chin Chong ipak va ipak qurti, tut daraxti maydonlarining kengaytirish haqida katta g’amho’rlik qilgan. Rivoyatlarning birida miloddan avvalgi 2698 yilda, yana bir rivoyatda esa miloddan avalgi 2600 yilda Xitoy malikasi Si Ling Chi bog’da, tut daraxtlari soyasida choy ichib o’tirgan paytida, uning piyoyalasiga yuqoridan pilla tushib, issiq choyda yumshab, uning tolalari yoyilib kеtadi. Malika Si pilla iplarini piyoladan olib tashlashga qancha urinmasin, uning uzundan-uzun tolalari chuvalib bo`lmaguncha choyni ipak ipdan tozalay olmaydi. Rivoyatda aytiliyshcha, pilla tolasini olish usuli ana shu voqеadan so`ng ma'lum bo`lgan. Xitoy xalqi pilla kalavasini topib olishni Osmon xudosi - Si Ling Chiga bog’laydi. Si - bu Osmon xudosining nazari tushgan malika, dеb u ilohiylashtirilgan va unga atab ibodatxonayalar qurilgan. Hozirgacha Xitoyda malika Siga atab har yili ipak bayrami, o’tkazilar ekan. Xitoy yilnomalari Fu Gi ismli hunarmandning miloddan avvalgi 3400 yilda musiqa asbobi yasab, uning torlarini ipakdan qilganligini xabar beradi. Xullas, ipakning vatami Xitoy bo`lganligiga shubha yo’q. “Ypak yo`li” Xitoydagi ana shu ipak savdosi bilan bog’langan yo`ldir. Xitoyda ipakchilikning dastlab kеng tarqalgan joyi Xuanxe daryosinint quyi havzasida joylashgan Shandun viloyatidir.
Sian shahri (Shensi viloyati) «Ipak yo`li»ning boshlanish nuqtasi hisoblanada. Yunon muarrixlarining ma'lumotlariga qaraganda Xitoy ipagi Shimoliy Qora dеngiz tumanlarida va Yaqin Sharq mamlakatlarida miloddan avvalgi V asrdan boshlab ma'lum. O’rta Osiyo hududlarida esa Sopollitеpada olib borilgan izlanishlarga qaraganda, ipakchilik janubiy viloyatlarda bronza davridan (miloddan avvalgi II ming yillik o’rtalaridan) mavjud bo`lgan. Sopollitеpadan topilgan ipak matolari Xitoydan kеltirilgan matolarmi yoki shu yerning o`zida еtishtirilgan matolarmi, dеgan masala hozircha javobsiz qolmoqda. Akadеmik A.Askarov ma'lumotlariga qaraganda «Buyuk ipak yo`li» yuqorida ta'kidlanganidеr Xitoyning qadimti markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga kеladi. By yerda u ikkiga ajraladi. Ipak yo`lining Janubi-garbiy tarmog’i Taklamakon sahrosi orqali Xotanga, undan Yorkеntga kеlib, Pomir tog’ning daralari orqali Vahonga, undan Baqtriyaning bosh shahi Zariaspga (Balx) kеlgan. Balxda yo’l yana uch tarmoqqa ajraladi, g’arbiy tarmog’i Marvga, janubiy tarmog’i Hindistonga, shimoliy tarmog’i Termiz orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab kеtadi.
«Ipak yo`li»ning shimoli-g’arbiy tarmog’i esa, Dunxuandan Bami, Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga – Qashg’arga boradi. U yerdan Toshqo’rgon orqdli O`zgan, O’sh, Quva, Axsikеnt, Popga, undan Asht dashti orqali Xo’jand, Zomin, Jizzaxga, so`ngra Samarqandda Nautak yo`li bilan birlashadi. Yo`l Samarqanddan g’arbga - Dobusiyaga, Malik cho’l orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Boykеnt va Forobga borib Amul shahriga o`tadi. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu buylab kеtayotgan yo`lga qo’shilgan. Qadimda Marv shahri o`zining qadimiy an'analari va turli yo’nalishdagi karvon yo’llari tutashadigan gеografik qulayliklariga ko`ra ipak yo`lidagi eng yirik shahar edi. Shuning uchun ham Marvda mahalliy din - zardushtiylik ibodatxonalaridan tashqari Hindistonning budda, Vizan tiya xristian olamining tayanchlari bor edi. Qadimgi «ipak yo`li» ungacha shu mintaqadan «lazurit yo`li», «shoh yo`li» asosida Marvdan G’arbga tomon katta karvon, savdo yo`li bo’ylab Xiton, Hindiston va Orta Sharqni Yagin Sharq va O`rta Yer dеngizi mamlakatlari bilan bog’lab turadi. Tarixiy yozma manbalar va arxеologiyaga oid ma'lumotlarning guvohlik berishicha, Marvdan g’arbga tomon yo’nalgan «ipak yo`li» Tabriz va Parfiya davlatining Nisa shahri orqali Eronning Gеkotompil, Apaliya va Ekbatana (Hamadon) shaharlariga va ulardan o’tib Mеsopotamiyaning Ktеsafon va Bog’dod shaharlariga tarqalgan. Undan Dajla, Frot daryosining o’ng sohili bo’ylab shimol tomon yo’nalib, Antioxiya (Antokiya) orqali Damashqqa, undan Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga o’tgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo`l esa Amul orqali Urganchga, undan Shimoliy Kaspiy bo’ylab Shimoliy Kavkazga, so`ngra Qora dеngizning shimolidan Konstantinopolga borib, Bosfor va Dardanеll orqali O`rta Yer dengiziga o’tib, Vizantiya shaharlarini oralagan. «Buyuk ipak yo`li» orqali Sharq va G’arb mamlakatlari va elchilik aloqalari qilganlar. Jumladan, Xitoy hukmdorlari o`z elchilarini katta sovg’a-salomlar bilan O’rta Osiyo, Eron, Mеsopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborganlar. Manbalarda Xitoy sayohi Gan In 97 yilda Fors qo’ltig’igacha borib еtganligi xabar qilinadi. Makеdoniyalik May Titsian esa 100 yilda Lanchmodgacha etib borganligi manbalarda ta'kidlanadi. O’rta Osiyoliklarva eronliklar, Xitoy bilan Vizantiya yoki osiyoliklar va eronliklar, Xitoy bilan Yaqin Sharq davlatlari o`rtasida bеvosita savdo aloqalarini rivojlanishdan hеch qachon manfa’tdor bo’lmagablar. Chuiki bu harakatning «ostida» juda katta iqtisodiy manfaat siyosati bor edi. Shu boisdan ham “Ipak yoli” uchun III asrdan boshlab Eron bilan O’rta Osiyo o’rtasida hayot- mamot kurashi kuchaydi. Eron va Parfiya o’rtasida qattiq janglar bo’ldi.
O’rta Osiyo orqali Xitoydan g’arbga o’tadigan savdo karvon yo’llari doimo so’g’diylar nazorati ostida edi. So`g’dlik savdogarlar o’zlarining bu yo’ldagi hukmronliklarini saqlab qolish uchun Sharqiy Turkistonda, Yettisuvda, Oltoydan to Yenisey sohillariga qadar bo’lgan hududlarda, Shimoliy Xitoyning Shamsiy viloyatida, Dunhuan shahrida III- IV asrlarda ming ho]jalikdan iborat So’g’d qishloqlari qad ko’targan. So’g’dlar IV-V asrlarda tarkib topgan va Turfondan Shimoliy Mo’g’ulistonga tomon ketgan uyg’ur yo’li, VIII asrda qaror topgan va Sharqiy Turkistondan Jung’oriya orqali Xaqasiyaga borib yetgat qirg’iz yo’lidan ham foydalanganlar. Bu yo’llar ichida Dunhuandan shimoli- g’arbga ketgan ipak yo’li alohida ahamiyatga ega edi. Bu yo’lning ahamiyati Xitoy hukumatiga Xan sulolasining hukmdori U- di tomonidan Sharqiy Turkiston xunnlariga qarshi ittifoq izlabm, Qang’uyga yuborilgan Xitoy elchisi va sayyohi, saroy zobiti Chjan Syan orqali ma’lum bo’lgan. Bungacha Xitoy G’arbiy meridional yo’lidan foydalanilgan. Bu yo’l oraqali Xotan nefriti Xitoyning markaziy viloyatlariga miloddan avvalgi II ming yillikdan kela boshlagan edi. Nefrit savdosi yuedji qabila ittifoqi asosiy vositachi bo’lgan. Xan sulolafsi davrida ana shu nefrit savdo yo’li orqali Sharqiy Turkistonga ko’plab ipak matolari borardi. Xitoy bu yo’lni iqtisodiy zaruruiyat tufayli qo’lga kiritishga harakat qildi. Biroq miloddan avvalgi 165 yilda bu yo’l hunlar qo’liga o’tdi. Ular bu yo’l uchun kurashib yuejiylarni Xotan, Turfon, Qashg’ar vohasidan g’arbga siqib chiqardilar. Xunllar hatto Shimoliy Xitoy erlariga ham da`vogarlik qildilar. Natijada Xitoy o’sha davrning qudratli davlatlaridan biri bo’lgan Qang’uyga yaqinlashishga majbur bo’ldi. Shu boisdan ham Xitoy hukumdori U-di Chjan Syanni miloddan avvalgi II asrda Qang’uyga yuborgan. Ammo yo’lda hunnlar qo’lida 10 yil asirlikda bo’lib, Qang’uyga etib brogan bo’lsada o’z maqsadiga eta olmagan. Shundan keyin Xan podshosi U-di Farg’ona (Davanga) ko’z tikib, miloddan avvalgi 104- 101 yillarda bu hududga ikki marta harbiy yurish qiladi. Shimoliy –g’arbiy ipak yo’li faqat iqtisodiy jahatdagina ahamiyatli bo’lib qolmasdan, ayni payitda u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatic aloqalarni ta`minlovchi yo’l ham edi. Budda dini huddi mana shu yo’l bilan Xitoyga Markaziy Osiyo orqali kirib kelgan. IV-III asrlarda Xitoyning tashqi olam bilan har sohada aloqalari kengayadi, buddizim kebg yoyiladi, O’rta Osiyobibg moddiy va manaviy qadiryatlari keng ko’lamda Xitoyga tarqakadi. Xitoyda ipakchilik hususan ilk feodalizm davrida yuksak darajada rivojlandi. Xitoy hukumdorlari yollagan turkiy suvoriylariga ipak parchalaridan hom ashiyo tarzida maosh to’laganlar. Ipaklar Xitoydan arzon narhlarda O’rta Osiyoga So’g’d savdogarlari orqali olib kelingan. Xususan Samarqandlik so’g’dlar halqaro savdoda ustasi farabg bo’lganlar. Qadim zamonlarda savdogarlar halq orasida eng nufuzli, obro’li, mo’tabar insonlar edilar. Chunki ular faqat mol olib, mol sotuvchi va undan foyda oluvchi jamiyatni boy qatlamigina emas edilar, balki uzoq safarlarga katta savdo karvonlari bilan boruvchi savdogar elchilar, ziyo va madaniyat, yangiliklar tarqatuvchilar, u yoki bu hududdan yangi joylarga ilg’or ho’jalik ihtirolarini olib boruvchi nufuzli kishilar ham bo’lganlar. Ayni vaqtda o’zga mamlakatlarning urf-odatlari, kuci va qudrati, hududiy joylashishi, tabiyati va davlatni boshqarish tizimini chuqur bilishda o’ta hushiyor davlat ayg’oqchilari ham bo’lganlar.
“Ipak yo’li” savdosida Xitoy manbalariga qaraganda otlar alohida ahamiyat kasb etgan. Otlarning bahosi ipakning bahosi singari juda yuqori bo’lgan. VIII asr boshida bitta otning bahosi 40 tahlam ipakka teng bo’lganligi ta`kidlanadi. IX asrning birinchi yarmida esa 100 ming otga bir million tahlam ipak bergan. Ayniqsa Tuva, Xaqasiya, Oltoy, Farg’ona vodiysi va Ettisuv viloyatlarida etishtirilgan otlar zotdor va bebaho bo’lgan.
Yozma manbalardagi malumotlarga qaraganda III-VII asrlarda O’rta Osiyo va O’rta Sharq orqali o’tgan ipak yo’lining nazorati so’g’dlarning qo’lida bo’lgan bo’lsa, VIII asr o’rtalariga kelib, “Ipak yo’li” Temur va Temuriylar nazorati ostida o’tdi. “Ipak yo’li” orqali Xitoydan G’arb mamlakatlariga, asosan, ipak ilk o`rta asrlardan boshlab qog’oz chiqarilgan bo`lsa, g’arb mamlakatlaridan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, mеtall, zеbi- ziynat bеzaklari, qimmatbaxo toshlar: lazurit, biryuza, serdalik har xil dorivorlar, arg’umoq otlar olib borilgan.Tarixdan ma’lumki, sivilizatsiyalar katta saltanatlar hududlarida, iqtisodiy va mintaqaviy barqarorlik hukm surgan, uzoqni ko‘ra oladigan, xalq farovonligi yo‘lida jiddu jahd ko‘rsatgan, ilm-fan homiysi bo‘lgan davlat rahbarlari davrida yuz bergan. Barcha sohalarga birdek e’tibor, ijtimoiy adolat tamoyili, tadbirkorlikning rivojlanishidan manfaatdorlik, umuman obod turmush konsepsiyasi Amir Temur siyosatining natijasi sifatida ikkinchi Renessansga asos bo‘lib xizmat qilgan. Yigirma yetti davlatni o‘z ichiga olgan saltanatda ichki va tashqi savdo-sotiq almashinuvlari mamlakat iqtisodini yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.Amir Temur ko‘pgina sharq va g‘arb davlatlari rahbarlariga bitgan maktublarida ham avvalo xalqaro savdo-sotiqqa keng yo‘l ochish va tadbirkorlarga katta imtiyozlar berish lozimligi hamda davlat taraqqiyotiga aynan xususiy tadbirkorlar katta ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tgan.Xususan, Yevropa qirollariga «Siz savdogarlaringizni biz tomonlarga yuborsangiz, toki biz ularni qizg‘in, barcha izzatlarni o‘rniga qo‘yib kutib olaylik. Bizning savdogarlarimiz Siz tomonlarga borsalar va ularga ham shunday izzat-ikromlar ko‘rsatsalar. Mayli, ular hech qanday xavf-xatarsiz, to‘siqsiz yo‘l yursinlar. Dunyoni savdogarlar farovon qiladilar, degan naqlni inkor etish befoyda», mazmunidagi xatlar yuborgan.Sohibqironning bu xatti-harakatlarini olimlar diplomatiyada «qo‘l cho‘zish siyosati» deb atamoqda. Haqiqatan ham, u do‘stlik va hamkorlik yo‘lida Yevropaga qo‘l cho‘zgan birinchi davlat rahbaridir. Amir Temurning ichki va tashqi siyosatidagi millatlararo munosabatlarning muvofiqligi taraqqiyot omillaridan biri bo‘lgan. Zero, uning ko‘p millatli va turli diniy qarashlar mavjud bo‘lgan saltanatidagi bu jihat o‘sha davrning eng ahamiyatli voqealaridan biridir.Mironshoh Mirzoning Yevropa qirollariga yozgan maktublarida Amir Temur tutgan siyosatga amal qilingani ko‘rinib turibdi. O‘sha xatlardan birida quyidagilar ta’kidlangan: «Savdogarlarga kelsak, istardikki, Sizning savdogarlaringiz bizning yurtlarda, bizning savdogarlar Sizlarning yurtlaringizda xavf-xatarsiz, hozirgidek yursalar. Nihoyat, agar e’tiqodimizda farq bo‘lsa ham, baribir barchamizning manfaatlarimiz yo‘lida do‘stlikni avaylashimiz darkor».Amir Temur va temuriylarning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik siyosati tufayli bu davrda savdo yo‘llari orqali integratsiya jarayonlari kuchayib borgan.Temuriy hukmdorlardan Shohrux Mirzoning Xitoy imperatoriga yo‘llagan maktubida: «Sayyoh va savdogarlar uchun yo‘llarni ochiq tutsalar, toki do‘stlik va muhabbat sabablari ta’kidlanib, birlik va yakdillik vositalari quvvat topsa. Mamlakatlar atroflaridagi xalqlar toifalari rohatga erishsa, fuqarolarning barcha tabaqalari orasida tiriklik vositalari tartibga tushsa», — deya alohida ta’kidlagan.Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Amir Temur va temuriylar Buyuk Ipak yo‘liga o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik, do‘stlik asoslaridan biri sifatida qaraganlar.Bu davrda 12000 chaqirim uzunlikdagi Buyuk Ipak yo‘li orqali ko‘plab Sharq davlatlari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatildi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta yer dengiziga chiqishi orqali g‘arbiy Yevropa davlatlari bilan ham uzviy savdo-iqtisodiy va diplomatik aloqalar o‘rnatildi.Amir Temur Buyuk Ipak yo‘lining ish faoliyatini ma’lum bir qonun-qoidalar, uning himoyasini kafolatlovchi yangiliklar asosida shakllantirgan.Birinchi navbatda Buyuk Ipak yo‘lining bekatlari ta’mirlangan va ba’zi yerlarda yangilari bunyod etilgan. Yo‘llarda karvonlarning dam olishini ta’minlovchi karvonsaroylar qurilgan. Bu karvonlarni mahalliy hokimliklar tomonidan qo‘yilgan harbiy qo‘riqchilar himoya qilib, bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib qo‘ygan.Buyuk Ipak yo‘lida o‘z diplomatik missiyasini bajargan Rui Gonsales de Klavixo o‘ziga va Misr elchilariga ko‘rsatilgan e’tibor haqida alohida eslatib o‘tgan. Masalan, Misr elchilarini 20 nafarga yaqin harbiy suvoriy Samarqandga qo‘riqlab borganini yozadi.Elchilarning ot-ulovlari har kuni yangisiga almashtirib turilgan, bir kunlik masofaning so‘nggida ba’zan 100 ta ba’zan 200 ta yangi ot ular uchun tayyorlab turilgan.Shuningdek, tarixchi bunday otlar boshqa joylarda ham tayyorlab qo‘yilgani, Amir Temur farmoni bilan maxsus musofirxonalar barpo etilganini alohida qayd etadi. Otlarni boqib parvarishlovchi maxsus otboqarlar guruhi mavjud bo‘lgan — deya eslatib o‘tgan. Ulardan bir-ikkitasi hatto karvonlar bilan ikkinchi manzilgacha hamroh sifatida borgan va o‘sha otlar bilan boshqa yo‘lovchilarni olib orqaga qaytgan.Tarixchilar o‘sha davrda yo‘llarga qo‘yilgan maxsus ustunlar haqida yozib qoldirgan. Ustunlar karvon yo‘llarining masofa o‘lchovi bo‘lib, ular har bir chaqirim yerga o‘rnatilgan.Shuningdek, ular Amir Temur davlatida yo‘llarni tez bosib o‘tish usuli joriy etilgani haqida ma’lumot bergan. Uch kunda yetish mumkin bo‘lgan masofani ular bir kunda bosib o‘tgan. Sohibqiron Amir Temur tezlashtirilgan aloqa vositasi orqali o‘z yerlari va sarhadlarining hamma burchaklaridan bir necha kun ichida xabar olib turadi. Bu omillar o‘sha davrda o‘ziga xos axborot, kommunikatsiyalar va pochta tizimi mavjud bo‘lganligiga dalolatdir.Mahalliy hokimiyat ushbu karvonlarning harakatlanishiga javobgar bo‘lgan. Natijada karvonlarning bir manzildan ikkinchi joyga bexatar yetib borishi ta’minlangan. Sohibqiron karvon yo‘llarida kimda-kim zarar ko‘rsa, bunday huquqbuzarliklarga javobgarlikni shu hududlarning hokim va boshqa ma’murlariga yuklagan. Zararni amaldorlar hissasidan undirish qoidasining joriy etilishi xalqaro savdo yo‘lidagi huquqiy kafolatlardan biri bo‘lib qolgan.Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan shaharlar, avvalo Samarqand Amir Temur davrida yuqori darajada ravnaq topgan. Samarqandga dunyoning barcha taraflaridan savdogarlar kelib turgan. Bu yerda do‘konu, bozorlar, hunarmandlik ustaxonalari son-sanoqsiz bo‘lib, mahalliy mahsulotlar chetga sotilgan.Sohibqiron Buyuk Ipak yo‘lini mustahkamlash orqali o‘z davlati va qo‘shni davlatlarning mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadlariga ham alohida e’tibor qaratgan. Amir Temur zamonida davlatlarning tutash mintaqalarida hozirgi bojxona vazifasini o‘tgan maskanlar barpo etilgan.Tarixchilar Amir Temur saltanati chegarasida ikkita Temur darvoza kirish va chiqish eshigi bo‘lganligini eslatib o‘tgan:«Kichik Hindistondan (Afg‘onistondan) Samarqand saltanatiga kiriladigan boshqa yo‘l bo‘lmaganligi sababli, mazkur tog‘ yo‘li Samarqand saltanati uchun muhofazaviy nuqta hisoblanadi. Mabodo Samarqand aholisi Hindistonga boradigan bo‘lsa, ular uchun ham shu yo‘ldan boshqa yo‘l yo‘q edi. Temurbek tasarrufida bo‘lgan Temur darvoza davlat xazinasiga katta foyda keltiradi, chunki Kichik Hindistondan (Afg‘onistondan) Samarqandga va aksincha, undan boshqa mamlakatlarga yo‘l olgan savdogarlar faqat shu Temur darvozadan o‘tadilar».Buyuk Ipak yo‘li orqali Amir Temur nafaqat mudofaa, tinchlik barqarorlik, yaxshi qo‘shnichilik va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirgan, balki geosiyosiy maqsadlarini ham amalga oshirgan.Hali dengiz yo‘llari ochilmagan davrda yagona aloqa vositasi bo‘lmish Buyuk Ipak yo‘li xalqaro maydonda katta ahamiyat kasb etgan va qaysi davlat bu yo‘lda sarbonlik qilsa, u katta iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan.Sohibqiron Amir Temur mo‘g‘ullar davrida Samarqanddan Saroy Berkaga ko‘chirilgan Buyuk Ipak yo‘lining eng muhim tarmog‘ini yana avvalgi holatiga qaytargan, ya’ni karvonlar yana Samarqand orqali yuradigan bo‘lgan.Amir Temur ma’murlari Buyuk Ipak yo‘li va boshqa yo‘llarga qo‘yilgan mingta chopqunchi, mingta tuya va mingta ot mingan xabargirlar, yo‘llarga va rabotlarga tayinlangan mas’ullar orqali ham chetdan kirgan kishilarning maqsadlarini aniqlashgan.Buyuk Ipak yo‘li ilmu-fan taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutgan. Turli mamlakatlardan kelgan va turli tomonlarga yurtimizdan ketgan olimlar, sayyohlar, hatto savdogarlar ham bir vaqtning o‘zida ilm-fan jarchilari bo‘lib xizmat qilganlar. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shaharlarning madaniy jihatdan boshqa shaharlarga nisbatan ravnaq topganligining sabablaridan biri ham shundadir.

Do'stlaringiz bilan baham: |