Buyuk ipak yo’li muloqot yo’li



Download 22,77 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi22,77 Kb.
#736741
  1   2
Bog'liq
Shukurov Sherzod Tech-119


Shukurov_Sherzod
Tech-119
“Buyuk ipak yo’li – muloqot yo’li” O'z navbatida O'rta Osiyoning bu ikki tarixiy-madaniy viloyatlari o'rtasidagi qizg'in iqtisodiy-madaniy munosabatlar xamda vohani Sug'diyona bilan bog'lovchi aloqa yo'llari jadal faoliyat ko'rsatganligi ta'kidlanadi.[11: 122-b.] Ustrushona va Toshkent vohasidan Zomin va Jizzax orqali kelgan savdo yo'li Sug'diyonaning poytaxti Afrosiyob (Samarqand)ga olib kelgan. Bu shaharning o'sha davr O'rta Osiyoning ichki va tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalarida muhim o'rin tutgan yirik savdo yo'llari chorraxasida joylashganligini alohida ta'kidlash lozimdir. Afrosiyobdan Amudaryo kechuvlariga tomon ketuvchi yo'llar bu davrda Janubiy So'g'd, hozirgi Qashqadaryo viloyati hududlari orqali o'tgan. Kesh (Uzunqir), Nikshapa (Yerqo'rg'on), Naxshab kabi yirik shaharlar vohaning ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan.[12: 512-b.] Sug'diyonadagi yo'llar Buyuk Ipak yo'li shakllanib, mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanib borishiga mos ravishda kengayib boradi. Samarqanddan quyi Qashqadaryo vohasi orqali Amudaryoning o'rta oqimidagi kechuvlarga olib chiquvchi yo'llar Sug'diyonaning mintaqaviy ahamiyatga ega karvon yo'llari edi.
Bu davr Zarafshon daryosining quyi qismiga, Buxoro vohasiga chiquvchi yo'llarda ham qizg'in aloqalar davom etgan. Bu davr Xorazm vohasidagi asosiy punktlar - shaharlar, qal'alar, qo'rg'onlar Amudaryoning quyi oqimidan daryoning har ikkala qirg'og'iga chiqilgan yirik kanallar bo'ylab joylashgan edi.[13] Surxon vohasida (Shimoliy Baqtriya) mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar bilan bog'langan Termiz shahri alohida ahamiyatga ega. Amudaryodan kechuv joyida joylashgan bu ko'hna shahar mintaqaning markaziy hududlarini Shimoliy Afg'oniston va Hindiston shaharlari bilan bog'laydigan muhim xalqaro savdo-tranzit yo'li ustida edi. Undan tashqari bu shahar Amudaryo suv yo'lidagi muhim punktlarga egaligi bilan ham boshqa shaharlardan ajralib turadi.[14]. Ipak yo'lining Buxoroga kelgan tarmog'i ikkiga bo'lingan. Bu tarmoqning janubiy yo'nalishi Buxoro-Qarshi-Guzor-Kesh-Termiz orqali Hindistonga o'tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlaridan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bag'dod-Palmira yo'nalishi bo'ylab O'rta Yer dengizi bo'yidagi Tir shahrigacha cho'zilgan.
Umuman olganda Buyuk Ipak yo'lining janubiy tarmog'i O'zgan orqali O'shga o'tib, Quva-Marg'ilon-Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoroga o'tgan. Shimoliy yo'nalishi esa Xazar xoqonligi va Bulg'or davlati orqali Kiyev
Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Ipak yo'lining asosiy karvon yo'llaridan tashqari ichki savdo yo'llari ham mavjud edi.
Agar geografik xaritaga e'tibor beradigan bo'lsak, O'rta Osiyoni qadimgi sivilizatsiyalar o'zaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini kuzatishimiz mumkin. Aynan mana shunday geografik joylashuv tufayli qadimgi O'rta Osiyoda muhim etnik jarayonlar (hindevropa, hind-eroniy, turklarning ko'chishi, ko'chmanchilar migratsiyasi) bo'lib o'tishiga, madaniyatlarning o'zaro ta'sir doirasi faollashuviga keng imkoniyatlar yaratildi. Buyuk Ipak yo'li bo'ylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo'lib o'tdi, diplomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq Sharqqa harfiy yozuv va dunyo dinlarining (buddaviylik, xristianlik, zardushtiylik, moniy, islom) yoyilishida O'rta Osiyo xalqlari ulkan hissa qo'shdilar. Buyuk Ipak yo'li faqat karvon yo'li bo'libgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasida, jumladan, o'zbek xalqi davlatchiligi rivoji hamda boshqaruv tizimining takomillashuvida, shaharlar va madaniyatlar taraqqiyoti tarixida o'chmas iz qoldirgan jarayondir.[15] O'rta Osiyo hududlari orqali o'tgan qadimgi savdo karvon yo'llari o'rta asrlar davrida ham ichki va tashqi xalqaro iqtisodiy, madaniy va diplomatik aloqalarda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Ilk o'rta asrlarda so'g'dlar, rivojlangan o'rta asrlarda Movarounnahr va xorazmliklar, so'nggi o'rta asrlarda buxoroliklar va xivaliklar xalqaro aloqalarda katta o'rin tutib, turli hududlar xalqlarini o'zaro bog'lashda asosiy vositachi bo'lgan edilar.[16] Milodning III asrning ikkinchi yarmi - IV asrda O'rta Osiyoning o'troq dehqonchilik vohalariga ko'chmanchi xalqlar - kidariylar, xioniylar va eftaliylar bostirib kiradilar. Buning natijasida ko'chmanchi va o'troq xalqlar o'rtasida qonli urushlar boshlanib etnik hududlar o'zgaradi, eski sulolalar inqirozga uchrab yangilari paydo bo'ladi, madaniyatlar o'zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum paydo bo'ladi. Yuzaga kelgan vaziyat, geosiyosiy o'zgarishlar Buyuk Ipak yo'lidagi savdo jarayonlariga, G'arb va Yaqin hamda Uzoq Sharq mamlakatlari o'rtasidagi madaniy va diplomatik munosabatlarga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. O'z ahamiyatini yo'qota boshlagan yo'llar o'rniga mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bog'liq holda xalqaro tranzit aloqa yo'llarining yangi tarmoqlari vujudga kela boshlaydi.
Ma'lumki, XV asrning oxirlarida yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro dengiz yo'llarining ochilishi tufayli Yevropa va Osiyo davlatlarining ko'pchiligi hayotida, xalqaro aloqalar va savdo yo'llari tizimida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Undan tashqari XV-XVI asrlarda Usmonli
turklarning istilolari ham G'arbiy Yevropa xalqlari bilan Markaziy Osiyo o'rtasida mavjud azaliy aloqa yo'llari yo'nalishlarining o'zgarishiga olib keldi. Natijada, ulkan hududlarni qamrab olgan Buyuk Ipak yo'li XVI asrdan boshlab o'z ahamiyatini yo'qota boshladi. Bu holat birinchi navbatda Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli G'arbiy Yevropadan Xitoy va Hindistonga olib boruvchi dengiz yo'llarining ochilishi va ulardan izchil foydalanishning boshlanishi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, bu davrda O'rta Osiyoda boshlangan o'zaro sulolaviy kurashlar markaziy davlat xokimiyatining zaiflashuviga, karvon yo'llari xavfsizligining to'liq ta'minlanmaganligiga olib keldi. Natijada asrlar davomida Sharq va G'arb dunyosini bog'lab turgan Buyuk Ipak yo'li inqirozga uchradi.
2) 1993 yil may oyida Bryusselda Evropa Komissiyasi Markaziy Osiyo hamda Kavkaz mamlakatlari, shuningdek, Evropa Ittifoqi davlatlari vakillari uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda «Evropa va Osiyoni bir-biriga bog’laydigan «Evropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagi TRASEKA»ni barpo etish masalasi ko’rib chiqildi. Aytish mumkinki, ayni shu uchrashuv «Buyuk ipak yo’li»ni tiklash borasida dastlabki amaliy qadam bo’ldi. Mazkur shartnoma paxta tashishga ketadigan xarajatning 12 mln.dollari yonimizda qoladi, chunki TRASEKA shimoliy yo’nalishga nisbatan 2 ming km qisqadir. Paxtani Rossiya va Qozog’iston orqali Ukrainaning Qora dengizi portlariga etkazish uchun tonnasiga 100 dollar ziyod mablag’ sarflasak, shu yuk TRASEKA orqali 55 dollarni tashkil etadi.
Hozirga qadar jahonning 50 mamlakatlari TRASEKA yo’llari orqali o’z yuqlarini manzillarga etkazayotir. Mazkur yo’llardan SHarq ham, G’arb ham birday manfaat topadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun jahon bozoriga keng yo’l ochiladi.
Evropa va Osiyoni tutashtiradigan ana shu yo’lning asosiy bo’g’inida O’zbekiston joylashgan. Markaziy Osiyo va Qozog’iston davlatlarining ham markazida davlatimizning joylashishi qadimdan «Ipak yo’li»ning eng serqatnov trassalari o’tishiga sababchi bo’lgan. Hozir ham Markaziy Osiyoni Evropa va Osiyo bilan bog’lab turuvchi avtomobil va temir yo’llarning asosiy qismi davlatimiz hududidan o’tadi. Hozirgi paytda jadal sur’atlar bilan Toshkent-Andijon-O’sh-Irkeshtom-Qashqar yo’li qurilmoqda. Bu yo’lning asosiy qismi O’zbekiston hududiga to’g’ri keladi. Ana shu yo’l Evropa va Osiyoning eng katta shaharlarini, ya’ni Parij va SHanxayni bir-biri bilan bog’laydi. Qadimdan davlatlar o’rtasida yo’llar har jihatdan qulay joylarda o’rnatilgan. «Buyuk ipak yo’li» ham qumli cho’llar, baland tog’lar, bepoyon dashtlar orqali o’tib, shaharlar va qishloqlarni birlashtirgan. Hozirgi serqatnov katta avtomobil yo’llarining ko’pchiligi «Ipak yo’li»ga to’g’ri keladi.
1998 yil sentyabr’ oyida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Evropa –Kavkaz-Osiyo transport yo’lagini (TRASEKA) rivojlantirish bo’yicha xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Una 32 davlatning rahbari, 10dan ortiq xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Respublikamizning Prezidenti I.A.Karimov TRASEKA loyihasining ahamiyatini quyidagicha izohladi:

TRASEKA loyihasining amalga oshirilishi bizni ham G’arb, ham SHarq dengiz yo’llariga chiqishimizga imkon yaratdi va eksport, import tovarlarimiz ancha arzonga tushadi.

Kavkazorti va Markaziy Osiyo bozorlariga Evropa va Osiyo davlatlarining kirib kelishiga yo’l ochiladi.
TRASEKA loyihasining kuchga kirishiga shunga o’xshash boshqa loyihalarning amalga oshishiga imkoniyat beradi. Bu esa Evropa bilan Osiyoning Tinch okean hududlaridagi davlatlar bilan savdo aloqalarini yanada kuchayishiga sharoit yaratadi. Loyhalar bo’yicha quriladigan yo’llar aksariyati «Buyuk ipak yo’li»ning tiklanishi deb atasak, xato qilmaymiz.

Evropa-Kavkaz-Markaziy Osiyo yo’lagining ochilishi Markaziy Osiyo davlatlari va bir davlat ichidagi turli hududlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarini yaxshilaydi.



3) “O’zbeklarning yapon olimi – Kato Kyudzo Oʻzbekistonning yaponiyalik fidoyi doʻsti va jonkuyar olimi — atoqli arxeolog, antropolog, tarixchi va etnograf, mashhur oʻzbekistonshunos olim Kato Kyudzo haqiqiy xalq diplomati, ilm-fanning tom maʼnodagi qomusiy bilimdoni va targʻibotchisi, mohir tarjimon va publitsist, 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot, koʻplab kitob va maqolalar muallifi boʻlgan.
Yapon olimi Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga doir koʻplab ilmiy asarlar yaratgan. Uning “Ipak yoʻli chorrahalarida”, “Yevroosiyo sivilizatsiyasi boʻylab sayohat”, “Oʻrta Osiyoning buyuk shaxslari”, “Dalvarzintepa shahristoni” kabi kitoblari, “Oyxonum” monografiyasi shular sirasiga kiradi.
Ayniqsa, Kato Kyudzoning jahonga tanilgan oʻzbekistonlik qadimshunos olimlar — akademiklar Yahyo Gʻulomov, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze hamda taniqli arxeologlar Shokir Pidayev va Bahodir Turgʻunov bilan ilmiy hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. Keyinchalik ular oʻrtasida chin doʻstlik munosabatlarining oʻrnatilishi oʻzbek-yapon ilmiy aloqalari mustahkamlanishida oʻziga xos omil boʻldi.
U Oʻzbekiston olimlari qalamiga mansub “Qadimgi Panjikent”, “Koʻhna Xorazm” singari bir qator kitoblarni, shuningdek, mashhur sharqshunos A.Yakubovskiyning Samarqand tarixiga bagʻishlangan hamda L. Albaumning Afrosiyobdagi tasviriy sanʼat namunalari tavsif etilgan asarlarini yapon tiliga tarjima qilgan va Yaponiyada nashr etishga bosh-qosh boʻlgan.
Olimning ilmiy qiziqishlari koʻlami nihoyatda qamrovdorligi bilan ajralib turadi.
Xususan, Kato Kyudzo bir paytning oʻzida:
rus-yapon munosabatlari hamda Uzoq Sharq va Sibir tarixi;
Oʻrta Osiyo arxeologiyasi;
Qadimgi va Oʻrta asrlar tarixshunosligi va Oʻzbekiston madaniyati yodgorliklari;
geografik kashfiyotlar tarixi;
tarixchilar, geograflar hamda sayyohlarning hayoti va faoliyati yoʻnalishlarida izchil ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Yapon olimi XX asrning 60-yillarida oʻzbek arxeologiya maktabi asoschilaridan biri akademik Galina Pugachenkova bilan tanishgan. Natijada Markaziy Osiyo mintaqasining tarixiy yuragi hisoblangan Oʻzbekiston bilan oʻz vatani oʻrtasidagi tarixiy-madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy aloqalar ildizlarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishi ortgan.
Kyudzo Kato, bir tomondan, Yaponiyaning “Oltin nurli muqaddas xazina” ordeni sovrindori, Soka universiteti hamda Yaponiya Milliy etnologiya muzeyi faxriy professori boʻlsa, ikkinchi tomondan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti — “Doʻstlik” ordeni sohibi, Termiz shahrining faxriy fuqarosi, OʻzFA Sanʼatshunoslik institutining faxriy doktori hisoblanadi. Bu bejiz emas.
Chunki atoqli yapon professori uzoq yillar davomida yurtimizda arxeologik qazishma ishlari bilan shugʻullangan. U Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi koʻplab ilmiy ishlar muallifi, mamlakatimizning haqiqiy doʻsti boʻlgan.
Bu haqda soʻz yuritganda, Kato Kyudzo oʻtgan asrning 60-yillarida Oʻzbekistonga ilk bor tashrif buyurganini qayd etish lozim. Oʻshanda u oʻz ustozi mashhur yapon yozuvchisi Yasusi Inoue (1904-1991-yillar) bilan birga Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlarda boʻlgan. Oʻsha davrdan eʼtiboran u oʻlkamizning qadimiy boy tarixiga katta qiziqish bildirib, yapon-oʻzbek hamkorligini faollashtirish targʻibotchisiga aylangan.
Kato Kyudzo 40 yilga yaqin vaqt mobaynida Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazgan. Kato Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga oid bir qancha asarlarga mualliflik qilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va mamlakatimizning boshqa bir qator ilmiy institutlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgan.
Oʻzbeklarning yapon olimi har xil ilmiy loyihalarda faol qatnashgan. Koʻp yillar davomida Dalvarzintepa va Qoratepa, Fayoztepa va Kampirtepa shaharlari xarobalaridagi budda yodgorliklarini oʻrganish maqsadida uyushtirilgan xalqaro oʻzbek-yapon arxeologik ekspeditsiyalari tadqiqotlariga rahbarlik qilgan. Uning tadqiqotlari natijalari Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maktab darsliklarida ham oʻz aksini topgani diqqatga loyiqdir.
Yapon olimi ona tilidan tashqari, oʻzbek, rus, ingliz, fransuz, turktillaridagi kitoblarni bemalol mutolaa qilgan. U oʻzining barcha shogirdlaridan oʻzbek tilini mukammal oʻrganishlarini talab qilgan ekan. Bu talabini Kato shunday izohlagan: 
Download 22,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish