Ziravorlar qirg`og`i, Fil suyagi qirg`og`i, Oltin qirg`oq, Tutqunlar qirg`og`i. Portugaliyalik savdogarlar asosan Oltin qirg`oq va Fil suyagi qirg`og`ida faolroq harakat qilishar edi. Ular Elminadan tashqari Aksim, SHame kabi fortlarni barpo qilishdi.
Janubiy Nigeriya qirg`oqlari portugaliyaliklarni nixoyatda qiziqtirib qo`ydi. Kuchli yoruba davlatlari portugaliyaliklarini ichkariga kirib borishga to`sqinlik qilishgan. Benin davlati portugal maxsulotlari evaziga oz miqdorda ziravor berishgan. Bu portugallarni 1486 yilda Gvato portida savdo punkti qurishga undadi, lekin bu port 1506 ylda tashlab ketildi, chunki u ko`p foyda bermas edi. Bundan tashqari portugal maxsulotlari beninliklarin qiziqtirmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |