1498 yilda Portugaliyalik sayohatchi Vaska da Gama (1469-1524) Hindistonga Afrikani aylanib boradigan yo`lni ochdi. 1513 yilda Ispan Kokkistadori-boylik orqasida quvgan ishbilarmon-Vasko Nunes de Balbao Panama bo`ynini kesib o`tib, Tinch okeani sohillariga chiqdi. 1519-22 yillarda Portugaliyalik Fernan Magellan (1480-1521) boshchiligida dunyo aylana sayohat natijasida yerning sharsmonligi va dunyo okeanining bir butunligi isbot etildi. Kolumb, Magellan va boshqalarning sayohatlari natijasida Yerning shakli, quruqlik va suvlik tarqalishining umumiy xususiyatlari amalda isbot qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |