V.N.Tatishchev (1686 – 1750) geograf sifatida o`lkan ishlarni amalga oshirdi.U sibir va butun Rossiyaning geografik tasvirini rus tarixiy, geografik va siyosiy lo`g`atining bir qismini tuzdi; geografiyaning umumiy masalalari bilan shug`ullandi, kartografik ishlarni yaxshilash taklifi bilan chiqdi.
V.N.Tatishchev B.Vareniusning g`oyalarini chuqur o`rgandi va geogtrafiyaning original yangi nazariyasini yaratdi. U geografiyani uch bora uch qismga ajratdi: 1) sistematik huqtai nazardan (“sifati jihatidan”): a) matematik hozirgi geodeziya va kartografiya), b)tabiiy va c) siyosiy (mohiyatiga ko`ra hozirgi iqtisodiy) geografiyani; 2) tadqiqot miqyoslariga (umumlashtirish darajasiga) ko`ra: a) umumiy (universal), b) mamlakatshunoslik va c) regional geografiyani; 3) geografiya fanlarini tarixiy jihatlariga (davriga) ko`ra a) qadimiy, b) o`rta va c) zamonaviy (o`z davri uchun) geografiyani ajratgan edi (Saushkin, 1973). V.N.Tatishchev Rossiyada iqtisodiy geografiyaning tarkib topishi va rivojlanishiga amaliy va nazariy jihatdan juda katta hissa qo`shdi. A.G.Isachenkoning (1991)fikricha, V.N.Tatishchevni birinchi rus geografi-olimi deb hisoblash mumkin.
Buyuk rus olimi Mihail Vasilyevich Lomonosov (1711 - 1765) ilmiy geografiyaning rivojlanishiga, Shimoliy Muz okeani tabiatini o`rganishga juda katta hissa qo`shgan. N.A.Gvozdetskiyning (1973) fikricha M.V. Lomonosovning “Yer qatlamlari to`g`risida”gi asarida landshaftshunoslik g`oyalarining kurtaklari mavjud. Bu kurtaklar tabiatdagi hodisalarning aloqalari to`g`risida umumiy tasavvurlar sifatida qaralishi mumkin. M.V.Lomonosovning bu asarida, mamlakatshunoslik tavsiflari ham mavjud.
M.V. Lomonosovning tadqiqotlarida atrof olamning tabiiy qonunlari o`z tasdig`ini topdi. Bundan tashqari, u Yer qiyofasining ichki va tashqi kuchlar ta`siri ostida to`xtovsiz o`zgarishi to`g`risida, havo massalarining harakati to`g`risida, Yer qatlamlari to`g`risidagi g`oyalarni faraz qildi; oraliq fanlar – matematik fizika, fizikaviy kimyo to`g`risida tasavvurni kiritdi; XVIII asrning 60-yillarida jahon fani tarixida birinchi bo`lib “iqtisodiy geografiya” va “iqtisodiy kartografiya (landkarta)” terminlarini taklif qildi va geografiya fanlarining rivojlanishida yangi davrni ochib berdi.Umuman, M.V.Lomonosov geografik tadqiqotlar tashkilotchisi, amaliyotchisi va nazariyotchisi edi. U 1739-yilda Geografiya departamentini tashkil etdi, yerdan foydalanishning birinchi kadastrini tuzib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |