Buyuk fransuz inqilobi



Download 0,93 Mb.
bet3/3
Sana29.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#619126
1   2   3
Bog'liq
BUYUK FRANSUZ INQILOBI

Birinchi respublika
Qirol qatl etilishidan oldin, 1792-yilning sentabr oyida Fransiya tarixda ilk bor respublika deb e’lon qilindi. Respublikaning eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, shubhasiz, Maksimillian Robespyer edi.
Robespyer hukmronligi yillari Fransiya tarixiga “katta terror” nomi bilan kirgan. Buning sababi, u raqiblariga nisbatan ayovsiz munosabatda bo‘lganidir. Ammo uning o‘zi ham 1794-yil 28-iyul kuni Parijning Inqilob maydonida gilyotinada qatl etildi.

Maksimillian Robespyer.


Respublika yosh edi. Hali monarxistlar hukumat uchun da’volaridan voz kechmagan edi. Respublika ularga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi. Bunday kurashlarda o‘zini ko‘rsatgan yosh general Napoleon Bonapart 1799-yil 9-noyabr kuni davlat to‘ntarishini amalga oshirib, hokimiyatni qo‘lga oldi.
Shu bilan tarixga Buyuk fransuz inqilobi nomi bilan kirgan inqilob nihoyasiga yetdi. 1804-yilda Parijdagi Notr Dam de Parij ibodatxonasida Napoleon o‘zini imperator deb e’lon qildi. Respublika o‘rnini imperiyaga bo‘shatib berdi. Fransiya tarixida yangi davr boshlandi.
Ikkinchi va Uchinchi respublika
O‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon tez fursatda istilochilik yurishlarini boshladi.
Lekin 1812-yilda Borodinodagi mag‘lubiyatdan so’ng o’zini qayta o‘nglay olmagan Napoleon unga qarshi birlashgan davlatlar qo‘shiniga qarshilik qila olmadi, natijada avval Elba oroliga, undan so‘ng Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va o‘sha yerda kasallikdan vafot etdi.

Napoleon Bonapart.


Taxtga Lui XVIII ega chiqib, monarxiya qayta tiklanganini e’lon qildi. Undan so‘ng taxtga kelgan Charle X esa xalq tomonidan ag‘darib tashlandi.
U ning o‘rniga 1830-yilda Lui-Filipp taxtga o‘tkazildi. 1848-yilda Napoleonning jiyani Lui Napoleon Bonapart Lui-Filipp hokimiyatini tugatib, Ikkinchi respublika tuzilganini e’lon qildi va shu respublika prezidenti etib saylandi.
Ammo keyinchalik u o‘zini Napoleon III nomi bilan imperator deb e’lon qildi. 1870-yilgi Fransiya – Prussiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng taxtdan mahrum bo‘ldi.

Lui Napoleon Bonapart.


Shu yili Fransiyada Uchinchi respublika e’lon qilindi. Ushbu respublika 1940-yilgacha mavjud bo‘ldi. Lui Napoleon Bonapart esa Fransiya tarixiga Ikkinchi respublikaning yagona prezidenti, umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylangan ilk davlat rahbari, Fransiya respublikasining ilk prezidenti, 1852-yil monarxiya qayta tiklanganidan so‘ng eng oxirgi monarx sifatida kirdi.
* * *
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, fransuz inqilobi natijasida Fransiyada yangi boshqaruv tizimi joriy etildi, jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va imtiyozlarga ega bo‘lish tugatildi hamda iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Fransuzlar Italiya va boshqa davlatlarga harbiy kuch bilan kirib, u yerlarda ham yangi tuzum joriy etdi. Bu butun Yevropani, Yevropa orqali butun dunyoni o‘zgartirdi.
Yangi boshqaruv tizimi va ijtimoiy tabaqalanish haqida yuqorida fikr yuritgan edik. Iqtisodiy o‘zgarishlar Napoleon I tomonidan amalga oshirildi. U Fransiyada frank jerminal deb nomlangan yangi pul joriy etdi. Ushbu pulni kiritish bilan bir paytda yangi og‘irlik va boshqa o‘lchov birliklari ham yaratildi. Bu esa savdo jarayoni osonlashishiga olib keldi.
Bu o‘zgarishlar Fransiya iqtisodiyotining birlashishiga turtki berdi. Hukumatning iqtisodiy pozitsiyasi ham oldingiga nisbatan ancha liberallashdi: savdo tashkilotlari ko‘proq erkinlarga ega bo‘ldi.
I nqilob nafaqat Fransiya hayotiga, balki keyinchalik boshqa davlatlar hayotiga ham ta’sirini ko‘rsatdi. Rossiya, Usmonli saltanati, Eron hamda Yevropaning boshqa davlatlarida uzoq yillar fransuz modasi hukm surdi. Buning natijasida bugun butun dunyoda metr, kilogram singari birliklaridan foydalaniladi, dunyo davlatlarining ko‘pchiligi respublika tuzumiga ega, shuningdek, jahon tillarida ko‘plab fransuzcha so‘z va atamalar mavjud.
Darvoqe, Usmonli saltanatini qulatgan Yosh turklar harakati faollari ham o‘z g‘oyalarini aynan fransuz inqilobi ta’sirida shakllantirgan edi. Ulardan esa Rossiyadagi jadidchilik harakati ta’sirlangan.
Shunday vaziyatda 26-iyun kuni qirol Lyudovik XVI hokimiyatni saqlab qolish va Ta’sis majlisga bosim o‘tkazish uchun nemis va shveysariyalik yollanma askarlardan iborat 20 minglik qo‘shinni Parijga joylashtiradi. Armiyaning Parijga olib kelinishi aholi orasida norozilik uyg‘otadi va ular chet elliklarning mamlakatdan chiqib ketishini talab qila boshlaydi.
1789-yil 8-iyul kuni Ta’sis Majlisi qiroldan qo‘shinlarni Parijdan olib chiqishni iltimos qiladi, ammo qirol harbiylar parlament himoyasi uchun chaqirilganini, agar bu deputatlarni bezovta qilsa u holda qo‘shinni Parij yaqinidagi boshqa shaharlarga joylashtirishi mumkinligini aytadi. Qirolning asl maqsadi Ta’sis Majlisini tarqatib yuborish edi.
Ko‘pchilik shu tariqa inqilob uchun harakatlar tugadi deb hisoblaydi. 11-iyul kuni Lyudovik XVI o‘zining yagona zodagon bo‘lmagan vaziri, mashhur islohotchi Jak Nekerni moliya vaziri lavozimidan bo‘shatadi. Bundan norozi bo‘lgan Parij aholisi 12-iyul kuni norozilik namoyishi o‘tkazib ko‘chaga chiqadi. Qirol qo‘shini va olomon o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanadi. Fransuz gvardiyasi oddiy aholiga qarshi o‘t ochishdan bosh tortib, inqilobchilar tarafiga o‘tadi. Gvardiyachilar hamda olomon qurol va oziq-ovqat omborlarini egallab, Parijga kirish postlarini yoqib yuboradi. Kechga borib Parij shahri kommendanti baron de Bazenval qirol qo‘shinlariga shahardan chiqishni buyuradi. Shahar butunlay tartibsizliklar ichida qoladi.

Qirol Lyudovik XVI


Bastiliyaning qulashi
Tartibsizliklar 14-iyul kuni ertalab ham davom etadi. Inqilobchilar Bastiliyaga hujum qilishdan oldin Hotel de Invalides (harbiylar kasalxonasi)ga hujum uyushtirib, 32 ming mushket va bir nechta to‘pni qo‘lga kiritadi.
Bastiliya qal’asi Yuz yillik urush davrida Parij himoyasi uchun qurilgan istehkom bo‘lib, qal’a yuz metr balandlikdagi devor va xandaqlar bilan o‘rab olingandi. Bastiliya keyinchalik qamoqxona vazifasini bajarib, bu yerda asosan siyosiy mahbuslar saqlanadi. Xususan, buyuk fransuz yozuvchisi Volter ham aynan Bastiliyada qamoqda o‘tirgan. Bastiliya qal’asi Fransiyada qirol hokimiyati va monarxiyaning ramziga aylangan edi.
1789-yilga kelib istehkom buzilishi va uning o‘rniga maydon qurilishi rejalashtirilgandi. Hujum oldidan Bastiliyani sakson nafar hukumat va o‘ttiz nafar shveysariyalik askar himoya qilayotgandi.
Bastiliya garnizoni qo‘mondoni Bernard Rene de Lone 14-iyul kuni ertalab inqilobchilarning qal’ani qurshovga olayotganini ko‘radi va qirol Lyudovikning to‘g‘ridan to‘g‘ri buyrug‘i yo‘qligi sabab inqilobchilar bilan muzokara o‘tkazishni boshlaydi. Kelishuvlar davom etayotgan paytda inqilobchilar o‘z vakillarini ichkarida qamoqqa olindi deb o‘ylaydi va qal’a devorlariga ko‘tarilib, Bastiliyaga olib kiruvchi birinchi ko‘prikni tushiradi. Olomon qal’a ichkarisida to‘planib, ikkinchi ko‘prikni ham tushirishga urinayotganda baron Rene de Lone o‘t ochmaslik haqidagi va’dasini buzib, askarlarga inqilobchilarga qarata o‘q uzishni buyruq beradi. Yuzga yaqin inqilobchi halok bo‘ladi, o‘nlab inqilobchilar esa yaralanadi. Qirollik qo‘shini esa faqat bir nafar askaridan ayriladi.

Bastiliyaning o‘qqa tutilishi


Tushdan keyin inqilobchilar tarafiga o‘tgan fransuz gvardiyasining ortyadi Bastiliya devorlari ostida paydo bo‘ladi. Gvardiyachilar qal’ani to‘plardan o‘qqa tutishni boshlagach, uzoq muddatli qamalga tayyor bo‘lmagan baron Reno de Lone oq bayroq ko‘tarib, taslim bo‘ladi. Gyulen boshliq gvardiyachilar Bastiliyaga bostirib kiradi va qal’a vayron qilinadi. Reno de Lone xavfsizligi kafolatlanib, shahar kengashi binosiga olib ketiladi, biroq yo‘lda inqilobchilar bilan tortishib qolgan baron Reno de Lonening boshi uziladi.
Shu bilan Fransiyada monarxiya tuzumi ramzi bo‘lmish Bastiliya inqilobchilar tomonidan qulatiladi. Bastiliya qulagani haqidagi xabarni eshitgan qirol Lyudovik XVI “Ha, bu haqiqiy isyon” deya xitob qiladi. Qirolning yonida turgan gersog Fransua Laroshfuko-Liankur esa “Yo‘q hukmdor, bu inqilob!” deb javob beradi.
14-iyul — Fransiyada milliy bayram kuni
B astiliyaning qulashi amalda Buyuk fransuz inqilobining boshlanish nuqtasiga aylanadi. Qal’aning egallanganidan xabar topgan Versaldagi Ta’sis Majlisi mamlakatda inqilob boshlash uchun yetarli kuchga ega ekanligiga amin bo‘ladi. Parijliklar va Fransiya aholisi uchinchi qatlam parlamentini qo‘llab-quvvatlaydi. Bastiliya qulashidan so‘ng qirol Ta’sis Majlisga yon berishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa dunyoda monarxiyaga qarshi qaratilgan ilk xalq inqiloblaridan biri boshlanadi.

14-iyul Bastiliya ishg‘ol etilgan kun munosabati bilan uyushtirilgan harbiy parad Parij ko‘chalarida


Foto: Euronews
1880-yili Fransiya parlamenti 14-iyulni Milliy bayram kuni deb e’lon qiladi. Har yili Fransiyada 14-iyul Bastiliya ishg‘ol etilgan kun munosabati bilan Fransiya prezidenti ishtirokida harbiy parad uyushtiriladi. Bugungi kunga qadar fransuzlar bu sanani har yili nishonlab kelmoqda. Shu kuni Fransiya ko‘chalari mamlakat bayrog‘ini ko‘targan minglab insonlarga to‘lib ketadi. Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiya nemislar tomonidan okkupatsiya qilingani sabab harbiy parad atoqli fransuz siyosatchisi Sharl de Goll boshchiligida Londonda o‘tkazilgan. O‘tgan 2020-yilda esa COVID-19 kasalligi sabab harbiy parad bekor qilingandi.
2021-yilgi parad esa bekor qilinmadi. Faqat paradda qatnashish uchun fuqarolardan uch xil turdagi sanitar ma’lumotnomalar: COVID-19’ga chalinmaganligi yoki kasallikka chalinib bo‘lganligi, to‘liq vaksinatsiya haqida hujjatlar talab qilinishi aytildi. Shuningdek, tadbirda 25 ming tomoshabin uchun tribunalar tayyorlangani haqida xabar berildi.
Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish