Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi, ya`ni Breksit shartnomasi.
Birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo`shma qirolligi uchun zararli jihatlariga to`xtalib o`tmoqchiman.
Birinchidan, bu fuqorolar, ishchi kuchining chegaralardan erkin harkatlanishuviga imkon berardi, ya`niki ishchi kuchi qancha ko`p bo`lsa, ularni tanlashning alternativ miqdori ham ko`p bo`lardi. Bu esa ishchilar malakasining rivojlanishiga, ishchi kuchining arzonlashuviga va mehnat unumdorligining kamayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, yagona pul birligi – yevroning butun Ittifoq hududida amal qilishi.
Bu Qo`shma qirollikka mahsulotlar importi va eksportida qulayliklarni keltirib chiqarar edi va milliy valyutaning har qanday holatda ham qadrsizlanishidan asrab qolar edi.
Uchinchidan, Ittifoq mamlakatlari doirasida bojsiz savdo qilish huquqi mavjudligida. Ya`niki Buyuk Britaniya tovarlariga hech qanday boj to`lovlari bo`lmas edi. Bu shuni anglatadiki, Qirollik tovarlari erkin va keng hajmda sotilishi eksportni ko`payishiga iqtisodiyotni o`sishiga xizmat qiladi. O`z navbatid import tovarlariga ham qo`yiladigan boj, mamlakat hududida ushbu tovarlarning narxini o`sishiga olib keladi.
To`rtinchidan, xalqoro ahamiyatga ega katta kompaniyalar o`rtasidagi shu vaqtgacha davom etib kelgan biznes hamkorlikka ham o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Jumladan yagona boj, pul birligi va ishchi kuchiga ega korxonalar bir qator muammolarga duch keladilar.
Shunga qaramasdan Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yordam sifatida beriladigan o`ziga xos bojlardan qutuldi.
Avvalo, xalqoro huquq qoidalariga muvofiq har bir davlatning tanlovini hurmat qilgan holda, bu Buyuk Britaniyaning ichki ishi deb bilaman. Ammo saylova natijalarini hisoblashda majoritar uslub qo`llanilganini biroz xato deb bilaman. Masalan, Buyuk Britaniyadagi referendumda mamlakatning YIdan chiqishi tarafdorlari gʻolib boʻldilar. Natijalarga koʻra, ular opponentlaridan 1,26 million kishiga koʻproq. Tarafdorlar 52 foiz (17,41 million kishi) ovoz toʻplashga erishishdi. Qarshilar esa 48 foiz ovozga ega boʻldilar. Bundan ko`rinib turibdiki, aholining yarmidan ko`p qismi norozi kayfiyatda qolmoqda. Mana shunday holatlarda ovozlarni hisoblashning 2/3 qismini qo`llash darkor. Ya`ni ovoz berganlarning uchdan ikki qismni ijobiy natijani bersa (66%) mamlakatda reaksion kayfiyatdagi muxolifat paydo bo`lmas edi.
Endi bevosita amaliy natijalarga e`tabor qaratsak:
23-iyun kuni referendum natijalari eʼlon qilingach, Britaniya fuqarolari orasida Yevroittifoqdan yashash uchun fuqarolik soʻrash holatlari avjga chiqdi. Yoz oylarida YIning Londondagi 16 ta diplomatik korpus vakillari aholi oʻrtasida ittifoqning boshqa mamlakati pasportini olishga talab kuchayib ketganligini qayd etishdi. Talabning oshishiga sabab esa, britaniyaliklarning referendumdan avvalgi kabi YI mamlakatlari boʻylab erkin sayohat qilishni istashlaridir.
Referendumdan soʻng bir oy ichida Britaniyadagi turistlar soni 18 %ga oshdi. Turizm bozorining 500 vakili oʻrtasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, funt sterling qiymatining pasayib ketishi britaniyaliklar orasida ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga olib kelgan.
Britaniyalik xaridorlar Brexitdan keyingi shok holatidan tez chiqib olishdi: 2016-yil iyul oyida chakana savdo koʻrsatkichi taxmin qilinganidan ham koʻproq oshdi. Iliq havo kiyim-kechak savdosi oshishiga xizmat qildi, funtning tushib ketishi esa, qimmat soatlar va zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun kelgan xorijliklarning soni oshishini taʼminladi. Chakana savdolar hajmi avvalgiga nisbatan 1,4 %ga oshdi (aslida 0,2 % taxmin qilingandi). Soatlar va zargarlik buyumlari savdosi 16,6 %ga oshdi, bu origi ikki yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.
Birlashgan Qirollik Fiksal tadqiqotlar institutining hisob-kitoblariga ko‘ra, Britaniya YIdan chiqsa, har bir britaniyalik oila yiliga £1,250 (€1474 atrofida) yoʻqotadi.
Aholi daromadlarining pasayishi yiliga 3,7 % ni etishi taxmin qilinmoqda. Institut xodimining gaplariga qaraganda: "Oʻzgarishlar mamlakatning butun aholisi hayotiga taʼsir qiladi, ish joylarining qisqarishi sabab yoʻqotishlarni asosan ishchi sinf vakillari his qiladilar, nafaqaxoʻrlar esa bunday tashvishlardan holi".
Brexit Britaniya moliyaviy sektoriga ham uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin. Buning negizi oʻlaroq isteʼdodli kishilarning mamlakatdan chiqib ketishi mumkinligi aytilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Breksit shartnomasi Buyuk Britaniyaga bir qator zararli oqibatlarni keltirib chiqardi. Biroq bu holat vaqtinchalik bo`lib, yaqin 10 yil ichida bo`ladigan holatlarni progznoz qilish imkonsizdir. Eng avvalo, bu xalqning xohish-irodasi, mamlakatning ichki ishidir. Ularning qarorini hurmat qilishga majburdirmiz.
BAJARDI:
Xalqaro huquq fakulteti, 1-4a-18-guruh talabasi –
Sobirjanov Mirabbos Ahmadjanovich
DATE: 22.03.2020
TIME: 13:48
Do'stlaringiz bilan baham: |