17 410 742
|
51,89 %
| |
Ha
|
16 141 241
|
48,11 %
| |
Hisobga olingan ovozlar
|
33 551 983
|
100 %
| |
Hisobga olinmagan ovozlar
|
0
|
0 %
| |
Barcha ovozlar
|
33 551 983
|
100 %
| |
Saylovda ishtirok etuvchilar
|
72,15 %
| | |
Elektorat
|
46 501 241
| | | Brexitga Buyuk Britaniya bosh vazirining munosabati - David Cameron, agar Birlashgan Qirollik YIdan chiqib, oʻz yoʻlidan yuradigan boʻlsa, unda mamlakatga yangi hukumat rahbari kerakligini, oʻzi esa isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.
- "Ularning qarorini hurmat qilish kerak. Mening mamlakatim tomonida turib ovoz berganlarning barchasiga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman" - Devid Kemeronning Britaniya xalqiga murojaatidan soʻzboshi.
- Devid Kemeron Britaniya bosh vaziri lavozimidan voz kechgach, bu lavozimni Theresa May qabul qildi va u 2017-yilning 16-aprelida Britaniya xalqini Pasxa bayrami bilan tabriklarkan, Yevroittifoqdan chiqish Birlashgan Qirollik aholisini gʻoyaviy jihatdan va yangi imkoniyatlar atrofida birlashtirishi haqida gapirgan. Mey xonimning fikricha, Brexit xalqni birlashtiribgina qolmay, u Britaniyaliklarning umummanfaatlarini ham ifoda etadi.
- 23-iyun kuni referendum natijalari eʼlon qilingach, Britaniya fuqarolari orasida Yevroittifoqdan yashash uchun fuqarolik soʻrash holatlari avjga chiqdi. Yoz oylarida YIning Londondagi 16 ta diplomatik korpus vakillari aholi oʻrtasida ittifoqning boshqa mamlakati pasportini olishga talab kuchayib ketganligini qayd etishdi. Talabning oshishiga sabab esa, britaniyaliklarning referendumdan avvalgi kabi YI mamlakatlari boʻylab erkin sayohat qilishni istashlari.
- Referendumdan soʻng bir oy ichida Britaniyadagi turistlar soni 18 %ga oshdi. Turizm bozorining 500 vakili oʻrtasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, funt sterling qiymatining pasayib ketishi britaniyaliklar orasida ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga olib kelgan.
- Britaniyalik xaridorlar Brexitdan keyingi shok holatidan tez chiqib olishdi: 2016-yil iyul oyida chakana savdo koʻrsatkichi taxmin qilinganidan ham koʻproq oshdi. Iliq havo kiyim-kechak savdosi oshishiga xizmat qildi, funtning tushib ketishi esa, qimmat soatlar va zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun kelgan xorijliklarning soni oshishini taʼminladi. Chakana savdolar hajmi avvalgiga nisbatan 1,4 %ga oshdi (aslida 0,2 % taxmin qilingandi). Soatlar va zargarlik buyumlari savdosi 16,6 %ga oshdi, bu origi ikki yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkich.
- Birlashgan Qirollik Fiksal tadqiqotlar institutining hisob-kitoblariga koʻra, Britaniya YIdan chiqsa, har bir britaniyalik oila yiliga £1,250 (€1474 atrofida) yoʻqotadi.
- Aholi daromadlarining pasayishi yiliga 3,7 % ni etishi taxmin qilinmoqda. Institut xodimining gaplariga qaraganda: "Oʻzgarishlar mamlakatning butun aholisi hayotiga taʼsir qiladi, ish joylarining qisqarishi sabab yoʻqotishlarni asosan ishchi sinf vakillari his qiladilar, nafaqaxoʻrlar esa bunday tashvishlardan holi".
- Brexit Britaniya moliyaviy sektoriga ham uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin. Buning negizi oʻlaroq isteʼdodli kishilarning mamlakatdan chiqib ketishi mumkinligi aytilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |