Buyrug‘i mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 43,86 Kb.
bet4/9
Sana15.04.2022
Hajmi43,86 Kb.
#555060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sertifikatlashtirish

Oldingi tahrirga qarang.
Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1458-5, 05.02.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)
19. Sertifikatlashtirishda MHning barcha talablarini tekshirish zarurligini SO har bir muayyan holda, o‘zidagi qo‘shimcha hujjatlarni (sifat tizimiga yoki ishlab chiqarishga sertifikat, vakolatli tashkilotlarda o‘tkazilgan sinov bayonnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza, yetkazib beruvchining texnik hujjatlari va boshqalar)ni hisobga olib aniqlaydi.
Bunda, sanitariya-epidemiologiya xulosalarini SO ga taqdim etishda, unga davlat sanitariya nazorati idorasida bajarilgan sinov bayonnomalari bilan birga berilishi lozim.
Agar qo‘shimcha hujjatlarda ASL da muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarning natijalari mavjud bo‘lsa, u holda SO bu natijalardan qo‘shimcha sinovlarsiz muvofiqlikni baholashda foydalanishi mumkin. Bunda sinovlarning o‘tkazilgan vaqti hisobga olinib, ushbu muddat mahsulot MH bo‘yicha yaroqlilik muddatidan oshmasligi kerak.
20. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishda SO arizachining takliflarini inobatga olgan xolda sertifikatlashtiriladigan mahsulot tavsiflari ro‘yxatini va ularni aniqlash usullarini belgilaydi. Agar SO tomonidan sinovlar uchun tanlangan tavsiflar ro‘yxati mahsulotga tegishli bo‘lgan MH talablaridan farq qilsa, u holda ariza bo‘yicha qarorda ushbu ko‘rsatilishi.
21. Sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar ASLda o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish paytida tegishli ASL mavjud bo‘lmagan taqdirda, SMI sertifikatlashtirish organining murojaatiga asosan, sinov natijalarining obyektivligining ta’minlovchi sinovlarni o‘tkazish joyini va sharoitlarini aniqlaydi.
Mahsulotning muayyan turini sertifikatlash maqsadida sinov bayonnnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
22. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish ariza berilgandan ikki kundan kechiktirilmagan muddatda SO tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
23. Namunalarning miqdori, tanlab olish, identifikatsiya qilish va saqlash tartibi majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotning MHda, shu jumladan sinash metodlarida belgilanadi.
24. Respublikaga chetdan keltiriladigan mahsulot to‘pidan sertifikatlash uchun tanlab olinadigan namunalar sonini sinash usullari belgilangan MHga muvofiq sinovlarni o‘tkazishni hisobga olgan holda SO aniqlaydi. Bunda akkreditlangan organlar va laboratoriyalar SMI tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotlardan namuna olishning cheklangan normalariga rioya qilishi zarur.
25. Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulot namunalarini tanlab olishda identifikatsiya qilish amali, mahsulotni sertifikatlash qoidalariga muvofiq, ushbu Qoidalarning 5-ilovasiga* muvofiq namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Agar identifikatsiya natijalariga ko‘ra arizachi tomonidan taqdim etilgan namunalar MH talablariga nomuvofiq yoki sertifikatlashtiriladigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi ma’lum bo‘lsa, namunalar tanlab olinmaydi va arizachiga asoslangan rad javobi beriladi.
26. Ishlab chiqariladigan mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish dalolatnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bittasi arizachiga beriladi.
Bojxonada saqlanayotgan import tovarlarni sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab olish SO tomonidan, bojxona organining mansabdor shaxsi va tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda SO vakili tomonidan namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish to‘g‘risidagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ikkinchi nusxasini bojxona idorasiga taqdim etiladi.
27. Arizachi o‘zining xohishiga ko‘ra sertifikatlanadigan mahsulotning texnik tavsiflarini taqdim etishi mumkin.
Arizachi, shuningdek SO ga mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini yoki O‘zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimidan akkreditlangan yoki tan olingan mahalliy yoki xorijdagi sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar to‘g‘risidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
28. Arizachi yoki uning vakili iltimosiga ko‘ra, ASL da sinovlarni o‘tkazish sharoitlari bilan tanishish imkoniyati berilishi lozim. Arizachi mahsulotini sinashda ishtirok etish huquqiga ega. Bunda ASLda maxfiylikni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilgan bo‘lishi zarur.
29. Namunalarning sinovi sifati va natijalarning haqqoniyligiga, shuningdek, sinov bayonnomalarining saqlanishiga sinovlarni amalga oshirgan ASL mas’ul hisoblanadi. Sinov bayonnomalari sinovlarni bajarish bo‘yicha vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
30. Sinov bayonnomalari arizachiga va SO ga taqdim etiladi. Agar mahsulotning sinovlari alohida parametrlar bo‘yicha turli ASL da o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi bo‘yicha sinov natijalarining ijobiyligi, barcha ijobiy bayonnomalarning mavjudligi hisoblanadi.
31. Sinovlarning salbiy natijalari, shuningdek hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, SO arizachiga qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etganligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Agar chetdan keltirilgan mahsulotning sifat va xavfsizlik talablari tasdiqlanmagan taqdirda SO rasmiy ravishda murojaatchiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga ushbu tovarni nomuvofiq ekanligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
32. Sinash davrida butunlay yoki qisman buzilgan, shuningdek sinash davrida buzilmagan mahsulot bo‘yicha hisobdan chiqarilganligi (qaytarib berilganligi) to‘g‘risidagi dalolatnoma murojaatchi (yoki uning vakili) ishtirokida ushbu Qoidalarning 6-ilovasiga* muvofiq tuziladi.
33. Sertifikatlashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash SO tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarida belgilanadi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib berishda foydalaniladigan dalolatnoma tuziladi.
34. Ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish muddati namunalar tanlab olingan paytdan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak.
35. Ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi.
36. SO sinov bayonnoma(lari), ishlab chiqarish sharoitlarini baholash va arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan keyin, muvofiqlik sertifikatini beradi yoki berishni rad etadi.
Sertifikatlashtirish jarayonini o‘tkazishning umumiy muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
361. Muvofiqlik sertifikati blanki raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, javobgarligi belgilangan hujjat hisoblanadi. Muvofiqlik sertifikati blanki ushbu Qoidalarning 7-ilovasiga* muvofiq tayyorlanadi va “O‘zstandart” agentligi tomonidan beriladi.
* 1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
37. Sertifikat davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati O‘z SMT Davlat reyestrida ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxat raqami mavjud bo‘lgandagina sertifikat haqiqiy hisoblanadi.
39. Muvofiqlik sertifikati:
chetdan keltirilgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik muddatiga;
bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan keltirilgan mahsulotga — bir kalendar yilidan oshmagan muddatga;
seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulotga esa — 3 yil muddatga beriladi.
Muvofiqlik sertifikati bir xil nomdagi yoki o‘xshash mahsulotlar guruhiga beriladi va uning amal qilishi haqiqatda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mahsulotlarning miqdoriga taalluqli bo‘ladi, lekin muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p emas (bunda, bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida — mahsulotning modeli, turi, artikuli va (yoki) boshqa identifikatsiya belgilarini ko‘rsatgan xolda shartnoma bo‘yicha chetdan keltirilgan mahsulotning hajmi (soni)ga).
40. Bahsli masalalarni hal etish, shuningdek “O‘zstandart” agentligi tomonidan SO faoliyatini inspeksiya nazorati maqsadlari uchun namunalarni tanlab olish dalolatnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sinov bayonnomalarining nusxalari, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida, yoki kamida bir yil davomida saqlanishi lozim. Sinov bayonnomalarning nusxalarini saqlash tartibi va muddatlari mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalarida va SO hamda sinov laboratoriyalarining hujjatlarida belgilanadi. Belgilangan saqlash muddatlari tugagan hujjatlar arxivga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi.
41. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida, belgilangan sertifikatlashtirish chizmasini hisobga olgan holda, arizachiga muvofiqlik sertifikatini qo‘llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida bitim tuziladi. Mazkur bitimda sertifikatlashtirilgan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash usuli va inspeksiya nazoratining shartlari kelishib olingan bo‘lishi kerak.
42. Sertifikatlangan, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot (qadoq, idish va yuk jo‘natuv hujjatlari) tayyorlovchi-tashkilotning mas’ulligi ostida muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanadi.

Download 43,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish