Buyrak kasalliklari, alomatlari, turlari, tashxislash va davolash usullari


BUYRAK KASALLIKLARI: GLOMERULONEFRIT



Download 275,27 Kb.
bet4/14
Sana08.01.2022
Hajmi275,27 Kb.
#334460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BUYRAK KASALLIKLARI

BUYRAK KASALLIKLARI: GLOMERULONEFRIT




Glomerulonefrit (yun. glomerulo — buyrak koptokchasi, nephritis — buyrak yalligʻlanishi, koptokchaviy nefrit) — bu immunoyallig’lanishli buyraklar kasalligi, asosan buyrak koptokchalarining shikastlanishi bilan kechadi. Ba’zan jarayonga interstitsial to’qima va buyrak naychalari jalb qilinadi. Glomerulonefrit mustaqil kasallik shaklida kechishi yoki muayyan tizimli kasalliklarda (infektsiyali endokardit, gemorragik vaskulit, tizimli qizil eritematoz) rivojlanishi mumkin. Glomerulonefritning klinik tasviri siydik, shish va gipertonik sindromlardan iborat. Glomerulonefritda siydik tahlili, Zimnitskiy va Reberg namunalari, buyrak ultratovush tekshiruvi va buyrak tomirlarining ultratovushli dopplerografiyasi diagnostik qiymatga ega.

Ko’p hollarda glomerulonefritning rivojlanishi organizmning infektsion tabiatli antigenlarga nisbatan ortiqcha immun reaktsiyasi bilan bog’liq. Bundan tashqari, buyrakning shikastlanishi autoantitanalarning vayronkor ta’siri natijasida yuzaga keladigan glomeruloronefritning autoimmun shakli ham mavjud.

Glomerulonefritda antigen-antitana komplekslari buyrak koptokchalarining kapillyarlarida to’planib boradi, natijada birlamchi siydik ishlab chiqarish jarayoni buziladi, organizmda suv, tuzlar va modda almashinuvi mahsulotlari ushlanib qoladi, antigipertenziv omillar darajasi kamayadi. Bularning barchasi arterial gipertenziya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi.

Glomerulonefrit — bu asosan buyrak koptokchalarining shikastlanishi bilan kechadigan immunoyallig’lanishli kasallik. Patologik jarayonga shuningdek buyrak naylari va interstiyalar ham jalb etiladi. Patologiya ham birlamchi bo’lishi, ham boshqa tizimli kasalliklar fonida rivojlanishi mumkin.

Ko’pincha glomerulonefritdan bolalar aziyat chekadi, bu kasallik siydik tizimining infektsion kasalliklaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bundan tashqari, glomerulonefrit boshqa urologik kasalliklarga qaraganda ko’proq nogironlikka olib keladi, chunki u buyrak yetishmovchiligining erta rivojlanishini keltirib chiqaradi.


Download 275,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish