Buyrak kasalliklari, alomatlari, turlari, tashxislash va davolash usullari



Download 275,27 Kb.
bet2/14
Sana08.01.2022
Hajmi275,27 Kb.
#334460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BUYRAK KASALLIKLARI

BUYRAK KASALLIKLARI


Ko’pincha bemor o’zida buyrak kasalligining o’tkazib yuborilgan bosqichi mavjudligini tasodifan bilib qoladi, u shifokor huzuriga mutlaqo boshqa muammodan shikoyat qilib kelgan bo’ladi. Shifokorlar buyraklarni hatto o’zaro «soqov a’zolar» deb ham atashadi, chunki kasallikning dastlabki belgilari ayrim holatlarda buyrak ishdan chiqganidagina paydo bo’ladi.

Albatta, shifokorlar kasallik mavjudligidan qon tahlilini ko’rish vaqtida shubha qilishlari mumkin, ammo buning uchun bu tahlil nefrologning qo’liga tushishi kerak, bu esa juda kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi. Aksariyat hollarda bemorlar bunday turdagi shifokor mavjudligini birinchi marta miokard infarkti tashxisi bilan kasalxonaga tushganda bilishadi.

Gap shundaki, buyraklar normal ishlamay qo’yganda, qonda kalsiy miqdori keskin ravishda oshadi, kalsiy esa qon tomir devorlarida cho’kib, to’planish xususiyatiga ega. Buning natijasida qon tomir bo’shlig’i torayadi. Shu sababli, buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarning ko’proq qismi 30-40 yoshida vafot etadi. Bunday holatda o’lim sababi yurak-qon tomir kasalliklari hisoblanadi.

Har qanday mamlakat byudjeti uchun buyrak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni davolash juda qimmatga tushadi. Masalan, gemodializ muolajasi narxi turli joylarda farqi bilan 50-100 AQSh dollari ekvivalentidagi summani tashkil qiladi, bu muolajani bemor haftasiga uch marta olishi kerak. Shuning uchun ham har bir bemor davolanishga qodir bo’lmaydi. Shunday qilib, har million kishidan faqat 212 nafari ishonchli gemodializ bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, muolajani faqat yetarli miqdorda byudjetli hududlarda olish mumkin. Xuddi shu narsa buyrak transplantatsiyasi uchun ham o’rinli.

Buyrak patologiyasi bilan og’rigan bemorlarda kasallik o’z vaqtida aniqlansa, davolash ham samarali, ham arzonroq bo’ladi, shuning uchun yiliga bir marta buyraklar ultratovushli tekshiruvini o’tkazish, tegishli tahlillar topshirib turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan shaxslar, xususan gipertonik bemorlar, qandli diabet bilan kasallanganlar, semizlik va aterosklerozdan aziyat chekadiganlar bunga qat’iy rioya qilishlari kerak.

Shuni esda tutish kerakki, quyidagi omillar buyrak kasalligining boshlanishiga turtki bo’lishi mumkin:


  • Tana vaznining keskin pasayishi, bunda sabab bo’lib buyrakni o’rab turgan yog’li kapsulaning kamayishi xizmat qiladi.

  • Semizlik. (lot. adipositas — «semizlik» va lot. obesitas — tom ma’noda «to’liqlik, semizlik, boqilganlik») — yog’ to’planishi, tana vaznining yog’ to’qimalari hisobiga ortishi. Yog’ to’qimasi ham fiziologik zaxiralarda, ham sut bezlari, son, qorin sohasida yig’ilib borishi mumkin. Hozirgi vaqtda semizlik har qanday yoshda kuzatiladigan surunkali metabolik kasallik hisoblanadi, tana vaznining asosan yog’ to’qimalari hisobiga ortishi sifatida namoyon bo’ladi, aholining umumiy kasallanish va o’limi holatlari ko’payishi bilan kechadi. Taraqqiy topgan jamiyatda genetikada o’zgarish bo’lmasa ham, ya’ni irsiy omillarga bog’liq bo’lmagan holda semizlik keskin ortib bormoqda. Ortiqcha yog’ buyrakka bosim o’tkazib, uning ishini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, sezmizlikda qon tomirlar tonusi yomonlashadi.

  • Qandli diabet. (xalq orasida «saxar kasalligi» deb ham aytiladi) — tanada uglevod va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me’da osti bezi funktsiyasi buzilishi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qandni qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm qondagi glyukoza miqdorini me’yorda ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib ketadi. Natijada organizm ortiqcha glyukozani siydik orqali chiqarib yuborishi kuzatiladi.

  • Zararli odatlar (chekish va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish). Spirtli ichimlik suvsizlanishiga olib kelishi natijasida qon quyuqlashadi, tamaki tutuni esa eng kuchli kanserogendir. Bularning hammasi buyraklarning ishiga salbiy ta’sir qiladi.

Yuqori qon bosimi. Qon bosimi oshishi yoxud gipertoniya — bugungi kunda yurak-tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik arterial qon bosimining ko’tarilishi bilan namoyon bo’ladi va ko’pincha uning ko’rsatkichi 140/90 dan oshib ketadi.

Yurak-tomir kasalliklari sohasidagi ko’plab ekspertlarning fikricha, gipertoniya ko’pincha qon aylanishi buzilishlari natijasida sodir bo’ladi. Yurak yetishmovchiligi ham uning sababchilari ro’yxatiga kiradi. Mazkur kasallik bemorlarda ikkilamchi kasalliklar rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin, masalan insult, yurak xuruji. Yuqori qon bosim buyrak tomirlariga zarar yetkazadi va ularning faoliyatini buzilishiga sabab bo’ladi.

O’z sog’lig’ingizga nisbatan ogoh bo’lsangiz, buyrak kasalligi mavjudligini quyidagi keng tarqalgan belgilar orqali shubha qilish mumkin. Shunday qilib, buyrak faoliyatidagi buzilish alomatlari:


  • Ko’z ostida xaltalar paydo bo’lishi bilan kechadigan yuzning shishishi, oyoqlarning shishishi. Kechga kelib shishlar qaytadi. Teri quruq, rangsiz, ehtimol sarg’aygan bo’ladi.

  • Pielonefrit va gidronefrozga bel sohasifagi og’riqlar ishora qilishi mumkin.

  • Tez charchash, kuchsizlik, isitma, bosh og’rig’i — bu alomatlarning hammasi buyrak kasalligidan shubha qilishga undaydi.

  • Shifokorga borish uchun o’rinli sabab bo’lib siydikning hidi, rangi, miqdori buzilishi xizmat qiladi.



Download 275,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish