Buxoro davlat universiteti
Servis sohasi iqtisodiyoti
doktoranti Xayrullayeva Nilufarbegimning
“Buxoro viloyatida ekoturistik
destinatsiyalarni rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari” mavzusidagi
Dissertatsiya ishi taqdimoti
Ilmiy rahbar: i.f.d.prof., O.X. Xamidov
Kirish
I bob. Ekologik destinatsiyalarni rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari
………………………………………………………………………………………
II bob. Ekologik destinatsiyalarni rivojlantirishda xorij ilg`or tajribasi: tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlari va destinatsion boshqaruvi
………………………………………………………………………………………………..
III bob. Buxoro viloyatida ekologik destinatsiyalar holati va tahlili qilish usullari ………………………………………………………………………………………………..
IV.bob. Buxoro viloyatida ekologik destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy- iqtisodiy mexanzimlarini takomillashtirish yo`llari
………………………………………………………………………………………………..
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Jahon Turistik Tashkilotining turizmni barqaror rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra: “Turizmning barqaror rivojlanishi kelajak uchun imkoniyatlarni saqlab turish va yaxshilab borish davri mobaynida hozirgi paytda turistlar va ularni qabul qiluvchi hududlar ehtiyojlariga javob beradi. Bu barcha resurslarni boshqarishning shunday yo‘nalishiki, uning natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va estetik ehtiyojlar madaniy qadriyatlarning, ekologik jarayonlarning, biologik xilma-xillikning hayot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini saqlab qolinishi bilan birga qondirilib boradi”.
Demak, turizmning barqaror rivojlanishi tabiat, madaniyat va inson omilini birlashtirib atrof-muhit muvozanatini saqlaydi. Barqaror turizm tamoyilini anglash va rivojlantirishga mahalliy aholining tabiiy resurslarni tejashi va muhofaza qilishi xizmat qiladi. Bu esa ekologik turizmni turizm sohasida muhim o‘rin egallashidan dalolatdir. Ekologik turizm tushunchasini ko‘rib chiqsak, ekologiya − tirik organizmlar va ular jamoasinig o‘zaro hamda atrof muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
Ekoturizm tabiiy muhitga, tabiatga ziyon yetkazmagan holda sayohat qilib uning betakror joylaridan zavq olish uchun atrof-muhitga “yumshoq” ta’sir etish, mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtirishdir.
O‘zbekiston nafaqat YUNESKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur arxitektura yodgorliklari, qadimiy shaharlar, balki hayratlanarli nabotot va hayvonot olami, go‘zal tog‘lar, g‘orlar, cho‘llar va shaffof toza ko‘llar, daryolar va sharsharalardir.
Ishning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo`nalishlariga mosligi: Tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma'naviy, axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovasion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishiga mos ravishda bajarilgan.
Muammoning o`rganilganligi: Ekoturistik destinatsiyalarning ilmiy-iqtisodiy va nazariy masalalari xorijiy olimlar tomonidan muayyan darajada o`rganilgan. Jumladan ekoturizm tushunchasini ilk asoschisi S. Laskureyn hisoblanib, unga doir tadqiqotlarni D.Fennel, R.Bakley, R. Blamey, M.Xoney, R. Povell, S.Xam va boshqalar davom ettirishmoqda.
Ekoturistik destinatsiyalarni rivojlantirish va boshqarishga doir tadqiqotlar Y.N. Ilinoy, D.K. Ismayeva, M.A, Marozova, T.K. Sergeyev, G.A. Simonyana, V.V. Xrabavchenko, S.A. Tumenikov va boshqalar chuqur o`rganib chiqishgan.
O`zbekstonda ekoturizm asoslari, turizm destinatsiyasi, turizm marketing, menejmenti va iqtisodiy maslalari M.Q. Pardayev, I. S. To`xliyev, G`.H. Qudratov, N. Tuxliyev, B.N. Navro`z-zoda, O.X. Xamidov, A.T. Jo`rayev,. N.S. Ibragimov, S.S. Ro`ziyev, G. Alimova va boshqalar tomonidan o`rganilgan.
Tadqiqot maqsadi
Do'stlaringiz bilan baham: |