Asosiy tushunchalar. Ikkita o’zaro teng ABCD va A1B1C1D1
parallelogrammlar ikkita parallel tekisliklarda shunday joylashgan bo’lsinki, AA1, BB1, CC1, DD1 kesmalar o’zaro parallel bo’lsin. Unda qarama-qarshi tomonlari o’zaro parallel to’rtburchaklar sifatida, ABB1A1, BCC1B1, CDD1C1, DAA1D1 to’rtburchaklar ham parallelogrammlar bo’ladi.
Ta’rif. Ikkita yog’i ikkita parallel tekisliklarda yotgan o’zaro teng parallelogrammlar, qolgan barcha yoqlari shu berilgan parallelogrammlarning mos tomonlari orqali o’tuvchi parallelogrammlardan iborat ko’pyoq parallelepiped deyiladi.
Parallelepiped yasalgan parallelogrammlar uning yoqlari, ularning tomonlari - parallelepipedning qirralari, parallelogrammlarning uchlari parallelepipedning uchlari deyiladi. Demak, parallelepipedning oltita yog’i, o’n ikkita qirrasi va sakkizta uchi bor. Parallelepipedning bitta qirrasi orqali o’tadigan yoqlari - qo’shni yoqlar deb ataladi. Umumiy nuqtalarga ega bo’lmagan yoqlar - qarama-qarshi yoqlar , parallelepipedning bitta yog’ida yotmagan ikkita uchi - qarama-qarshi uchlar deyiladi (masalan, A va C1, D va B1 va h.k.). Parallelepipedning qarama-qarshi uchlarini tutashtiruvchi kesmalar
uning dioganallari deyiladi. (masalan, AC1, DB1 , CA1 , BD1 kesmalar). Parallelepipedning to’rtta diagonali bor.
Parallelepipedning qandaydir ikkita qarama-qarshi yoqlarini asoslar deb atasak, uning qolgan yoqlari - yon yoqlari bo’ladi
Piramida deb- uning bitta yog‘i ixtiyoriy ko‘pburchakdan, qolgan yoqlari umumiy uchga ega bo‘lgan uchburchaklardan iborat ko‘pyoqga aytiladi. Ko‘pburchak piramidaning asosi, qolganlari yon yoqlari deyiladi. Piramidaning uchidan asosiga o’tkazilgan perpendikulyar piramidaning balandligi deb ataladi. Piramidaning asosida uchburchak yotibdimi yoki to’rtburchak va hokazo yotibdimi shunga qarab uch burchakli, to’rtburchakli deb ataladi.
Barcha yon yoqlarining umumiy uchi piramidani uchi deyiladi.
Muntazam piramida deb asosi muntazam ko‘pburchakdan iborat bo‘lib, balandligi bu muntazam ko‘pburchakni markaziga tushuvchi piramidaga aytiladi. Muntazam piramidaning barcha yon qirralari bir-biriga teng, barcha yon yoqlari teng yonli uchburchaklardir. Muntazam piramida yon yog‘ining balandligi bu piramidani apofemasi deyiladi .
Qisqa shaklda o’quv suhbatining mavzusi, uning vazifalarini eshittiradi, ushbu mavzu bo’yicha ega bo’lgan bilim va malakalarni eslatadi. Suhbat davomida ta’lim oluvchilarning alohida mulohazalarini umumlashtiradi. Suhbatda hamma ta’lim oluvchilar faol ishtirok etishlariga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |