Buxoro viloyati Romitan tumani 11- o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan “Tabiiy fanlar oyligida amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI
Maktabimizda yanvar oyining boshida ustozlar, murabbiylar va o’quvchilar ishtirokida bolib otgan qiziqarli oyinlar, viktorina savollari orqali tantanali ochilish marosimi “Tabiiy fanlar oyligi” boshlanganidan dalolat berdi.
Tabiiy fanlar oqituvchilari ortasida ko’rgazmali qurollar, referatlar va dars ishlanmalari ustida otkazilgan konkurs oqituvchilarni yanada faollikka undadi. Shu bilan birga, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan tashkil etilgan o’zoro fikr almashish , yangi metodlar ustida ishlash masalalari bo’yicha maktabimizning malakali fizika o’qituvchisi o’z tajribalarini o’rtoqlashdilar . Bu tadbirda tabiiy fan o’qituvchilari qatnashdilar . Tabiiy fanlar oyligi rejasiga ko’ra birinchi haftada Fizika fani bo’yicha Shoffaqirova R. fizika fan xonasi va zallarni bezadilar, amaliy mashg;ulotlar va turli xil ko’rgazmalar tayyorladilar.Maktabda atshkil etilgan “Bilimdonlar klubi” o’quvchilari bilan ish olib bordilar. Onlayn olimpiadalarda o’quvchilari 8A – sinf o’quvchisi Atovullayev Behruz, 9A –sinf o’quvchisi Sayfullayev Alisher qatnashdi. Maktabimiz Kimyo fani o;qituvchilari Sadiyeva va Jo’rayevalar Kimyo fanidan rebuslar tayyorlab to’garak a’zolari bilan didaktik mashg’ulotlar uyushtirdilar. 9-yanvardan onlayn kimyo fanidan o’tkazilgan olimpiadada Aminov Shohjahon, Boymurodova Shaxina, Nusratova Munisa, Adizov Rustam faol ishtirok etib 3-bosqichga yo’llanma oldilar.”Bilimdonlar klubi”da ishtirok etgan o’quvchilari bilan alohida faoliyat olib bormoqdalar.
Biologiya fani o’qituvchisi S. Barnoyeva to’garak a’zolari biln zallarni bezash ishlarini olib bordilar. O’quvchilari onlayn olimpiadalarda ishtirok etdi. 8B- sinfdan Raupova Nozanin, 8A-sinfdan Boymurodova Shaxina, 10B-sinfdan Shodiyeva Nigina qatnashgan.”Bilimdonlar klubi “ a’zolarini keying bosqichga tayyorlashga munosib hissasini qo’shmoqda. Biologiya fani o’qituvchisi Salomova M tabiiy fanlar oyligini o’tkazish tadbir rejalarini rejalashtirdi. O’tkaziladigan ochiq darslar uchun ko’rgazmalar, tarqatma materiallar tayyorladi. 12- maktabda o’tkazilgan tuman seminarida ishtirok etdi. Bundan tashqari Botanika fanidan “ O’simliklarning ko’payishi. Madaniy o’simliklarning vegetative ko’payishi” mavzusida tayyorlagan prezentatsiyasi onlayn ta’lim yo’nalishida rasmiy telegram kanallarga yuborildi. To’garak a;zolaridan 7B-sinf o’quvchisi Muzaffarov Mirsaid o’zining Zoologiya fanidan tayyorlagan videoroligi bilan “Maktabda Biologiya” jurnali rasmiy telegram kanalida ishtirok etdi. Onlayn olimpiadalarda 9B-sinf o’quvchisi Hayitov O’g’abek, 9A-sinf o’quvchisi Ravshanova Shahnoza, 7V-sinf o’quvchisi Tursunova Sevinch munosib ishtirok etib sertifikatlarga ega bo’ldilar. Maktabda tashkil etilgan “Bilimdonlar klubi” a’zolari uchun mantiqiy savollar tuzishda yaqindan yordam berib kelmoqda. Fan oyligi yakunida tabiiy fanlar o’qituvchilari yopilish marosimi o’tkazdilar.
Metod birlashma rahbari : Fayzullayeva X