Buxoro viloyati Romitan tumani 10- umumta'lim oʻrta maktabi 2-sinf iqtidorli oʻquvchilarning ijodlaridan na'munalar
Sinf rahbari : Norova Mohichehra
Bahor
Keldi yana gulbahor,
Bogʻlar bezandi takror.
Dalalardan ,togʻlardan,
Erib ketdi oppoq qor.
Romitan tuman 2-sinf oʻquvchisi Toirov Roʻzimurod
Mushukcham.
Mushukcham bor juda paxmoq,
Koʻzchalari dum-dumaloq.
Qorni ochsa suykaladi,
Itni koʻrsa hurpayadi.
Juda shirin, doʻmboqqina,
Junlari ham yumshoqqina.
Miyovlashi xush yoqadi,
Sichqonlarni qoʻrqitadi.
Romitan tuman 2-sinf oʻquvchisi Abrorova Malika
Qushlar
Qushlar,qushlar qushlarjon.
Shoxdan shoxga qoʻnasiz.
Chigʻir-chigʻir sayrashib,
Bir birizla oʻynashib.
Don dun izlab tinmaysiz,
Dam olishni bilmaysiz.
Romitan tuman 10-maktab 2-sinf oʻquvchisi Joʻramurodova Jasmina.
Ustoz
Berdingiz bizga ta'lim,
Zulmatdagi nur kabi.
Ta'zimdamiz biz doim,
Sizga ustoz muallim.
Alifboni oʻrgatib,
Aqlimizni oʻstirib,
Tinmaysiz saboq berib,
Aziz ustoz, muallim.
Kelajakda boʻlarmiz,
Sharafli kasb egasi.
Ishonchingiz oqlaymiz,
Aziz ustoz, muallim.
Romitan tuman 10- maktab 2-sinf oʻquvchisi Abrorova Malika
Gullar
Boʻgʻimdagi gullarim,
Ochilibti turfa xil.
Hid taratar har yonga,
Ochiladi bahri dili.
Romitan tuman 2-sinf oʻquvchisi Joʻramurodova Jasmina
Vatanim
Men tugʻilgan ona yurt,
Boydir goʻzal joylarga.
Toʻymaydi qarab koʻzlar,
Boy togʻ ,oʻrmon, soylarga.
Romitan tuman 2-sinf oʻquvchisi Toirov Roʻzimurod
Yoz
Yoz fasli qanday mazza,
Daraxtlar boy mevaga,
Mening sevgan faslim bu,
Odamlarga yoqar u.
Olma,anor,shaftoli,
Uzum, xolos, olxoʻri,
Toʻyib-toʻyib yeng deydi.
Tezroq ulgʻaying deydi.
Romitan tuman 2-sinf oʻquvchisi Abrorova Malika
Doʻstlik
Malika bilan Durdona qalin dugona. Ular bir sinfda oʻqishadi. Bitta partada oʻtirishadi. Darslarni ham doimo birga tayyorlashadi. Ularning doʻstligiga hamma sinfdoshlari havas qilishadi.
Bir kuni Durdonaga, onasi, chiroyli soch toʻgʻnogʻich olib berdi.Toʻgʻnogʻich juda chiroyli edi. Durdona toʻgʻnogʻichni Malikaga koʻrsatib rosa maqtandi. Malikaning toʻgʻnogʻichga havasi kelib rosa maqtandi. Malikaning toʻgʻnogʻichga havasi keldi. Onasiga aytib, xuddi oʻshanaqa to'gʻnogʻichdan oldirishni koʻngliga tugib qoʻydi. Oradan kunlar oʻtdi. Bir kuni Durdona toʻgʻnogʻichini yoʻqotib qoʻydi. Hamma yoqni qidirdi topolmadi. Bu orada Malikaga ham onasi xuddi Durdonanikiga oʻxshagan toʻgʻnogʻichdan olib kelgan edi. Malika xursand boʻlib uni maktabga taqib keldi. Buni koʻrib Durdona oʻzining toʻgʻnogʻichini Malika olgan deb oʻylab, unga tuhmat qildi. Oʻz yaqin dugonasidan bunday muomalani koʻrib Malika rosa xafa boʻldi. Oʻzini oqlashga harchand urinmasin, Durdona uning soʻzlariga baribir ishonmadi. Toʻgʻnogʻichni maniki deb turib oldi. Tortishuv chogʻida sinfga sinf rahbari kirib keldi.Durdonadan nima gapligini soʻradi. Bu vaqtda Malika yigʻlab oʻtirgandi. Ustoz masalaga oydinlik kiritish uchun, Malikadan ham bor gapni soʻrab bilib oldi. Soʻng Durdonaga: ,,sen yoʻgʻnogʻichni Malika olganligini oʻz koʻzing bilan koʻrdingmi? yoki guvohing bormi? "deb soʻradi. Durdona yoʻq deb boshini egib oʻtirdi. Shunda ustoz: ,,unda nimaga Malikaga tuhmat qilyapsan" deb soʻradi. Shundan keyin birgalashib, Durdonaning sumkasi va kitob daftarlarini orasini yaxshilab qidirishdi. Toʻgʻnogʻich Durdonaning sumkasini yon choʻntagidan chiqdi. Ustoz Durdonaga aybni bir kishiga toʻnkashdan oldin, buning oqibati haqida yaxshilab oʻylab koʻrishni, oʻz koʻzi bilan koʻrmagan narsa uchun birovga tuhmat qilmaslikni, shoshilib xulosa chiqarmaslikni maslahat berdi. Durdona qilgan ishidan pushaymon boʻldi.
Romitan tuman 2-sinf oʻquvchisi Iskandarov Daler
Do'stlaringiz bilan baham: |