Darsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar dars shiori va maqsadini aytadilar.
Bizning maqsad: -A’lo o’qib albatta ,
Biz kamolga yetamiz .
O’zbekiston bayrog’in
Ko’klarga ko’taramiz.
Bizning shior : -Darslarimiz xilma –xil
Ongim o’sar yilma-yil
A’lo o’qishdir burchim
Sarf etaman bor kuchim.
O’qituvchi :
-Qani aziz bolalar ,
Kim dars nomin aytadi ?
Yurtimiz tabiatin
Menga aytib beradi ?
-Darsimiz o’qish darsi
-Yurtimda bahor fasli
- Havo iliq , Kun ochiq
Dalada ishlar qizg’in
Dehqon urug’ qadaydi
Bog’bon daraxt butaydi
Turfa gullar ochilib
Tabiatni bezaydi
Atrof yashil libosda
Har yon go’zal har chog’da
Chunki yurtim jamoli
Bezanar bahor chog’i.
O’qituvchi : -Barakalla bolalar
Gul-u g’uncha lolalar
Bugungi darsimizda
Faol bo’ling azizlar
Chunki bu dars oddiymas
Musobaqa darsidir
Guruhlarga bo’linib
Nomlang uni chiroyli
Topqir bo’ling , ham sergak
Faol darsga qatnashing
Guruh nomini oqlab
Bilimingiz ko’rsating
Guruh nomini nomlash
Bilimingizga bog’liq
Javob topib savolga
Tezda guruhni nomlang
Guruh savollari tezkor savol-javob metodidan foydalanib aytiladi
1.- chi, -kor, -dosh, -zor , -loq qo’shimchalari qanaqa qo’shimcha ? ( ot yasovchi qo’shimcha )
2. Darddosh so’zining asosini ayting .
3. Fe’l deb nimaga aytiladi ?
4. Kishilik olmoshlarini ayting
5. Men olgah hikoyalar kitobi juda qiziqarli ekan. Gapidagisifatni topong.
6. sifat yasovchi qo’shimchalarini ayting
II guruh:
Yerga eng yaqin yulduz ? (quyosh)
Yerning tabiiiy yo’ldoshi (oy)
Halqali sayyora (Saturn )
Tog’lardan oshib o’tadigan yo’l? (Dovon )
Gilli cho’llarda qotgan va yorilib ketgan joylarda turli shakllar hosil bo’ladigan yer?(taqir yerler)
Daraxtlar zich va tartibsiz o’sadigan joylar qanday ataladi ?
III guruh: -Rim raqamlari qaysi sanoq sistemasiga kiradi? (nopozitsion S S)
2. Hamma burchagi o’tkir bo’lgan uchburchak qanday nomlanadi? (o’tkir burchakli uchburchak)
3 . “Bugun havo ochiq” qanaqa uchburchak”Bu qanaqa mulohaza?(rost mulohaza)
4. 40+10+20+30 sonlarining o’rta arifmetigini ayting (25)
5. 1 sutkaning yarmi necha soat? (12 soat)
6. 2/1, 4/2 , 8/4 , 16/8, 18/9 kasrlari nimani anglatadi?(yarimni )
IV guruh savollari :
O’simliklar , gullardan foydalanib kompozitsiyalar yaratish bilan shug’ullanadigan kasb(fitodizayner)
Inglizcha so’zdan olingan bo’lib , “Shinam” , “yaxshi”,” chiroyli” ma’noni anglatadi (dizayn)
Uzunchoq ensiz qog’ozni o’rash orqali nafis tarzda ishlangan shakl qanday nomlanadi?(kvilling)
“LEGO” konstruktori qachon , qayerda yaratilgan ?
(1932-yil Daniyada)
Quyosh panosini yasashda qaysi usuldan foydalaniladi? (Izonit)
Fransuz tilida chaynalgan qog’oz ma’nosini anglatadigan so’z? (Pape-mashe)
Guruhlar nomlari ochiladi
Guruhlarda nomlari bilan bog’liq she’rlar aytadilar
Guruhlarga nom tanlanadi.
1-Guruh: Lola
2-Guruh: Binafsha
3-Guruh:Lolaqizg’aldoq
4-Guruh :Boychechak
Guruhlar taqdimoti eshitiladi . o’quvchilar guruhlari mavzusiga mos she’rlar aytiladi .
Muhammad Yusuf “Iqror” she’rini aytib sinfga kirib keladi.
-O ota makonim jonajon o’lkam
Jonim to’shay soyangga … .
Salom aziz bolajonlarim . Meni tanidingizmi ?
-Salom aziz bobojon . Albatta biz sizni tanidik. Siz bizning suyuklishoirimiz , O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufsiz . Biz sizning she’rlaringizni sevib o’qiymiz, mutolaa qilamiz.
-Bolajonlarim men mendan keyin ijodimni eslasharmikan, deb kelgandim .
- Bobojonyosh-u qari sizning she’rlaringizni sevib o’qiydi. Hattoki biz o’tgan sinfdan tashqari o’qish darsimizda “Muhammad Yusufning hayoti va ijodi” mavzusini o’tgan edik . Keling bobojon , yaxshisi bizlarning siz haqingizda olgan bilimlarimizni darsimiz davomida tomosha qiling .
- Mayli bolajonlarim , qani ko’raylikchi?
Bolalar bilan salomlashadi va kimligini o’quvchilardan so’raydi .
II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzu aniqlanadi. Sinfdan tashqari o`qish uchun Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan tanishtirilgan.
Guruhlardan ishtirokchilar chiqib M.Yusufning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berishadi .(Dilshodova F, Haydarov O, Diyor, Ruslan , Aziz , Zebuzar )
Guruhlararo Muhammad Yusuf she’rlari asosida mushoira o’tkaziladi .
Shahzod – Onamga
Jonibek – Vatanim
Anora – ona tilim
Ravshanov Sh- Tilak
Aziz – bolaligim sen ham meni sog’indingmi?
Maxmudov A – Qaldirg’och
Diyor – O’zingiz uchun
Zafar- Amir Temur
Amrillo- Bor bo’lsin
Ozod - Hayvonot bog’I
Shukrilloyev - Shukur qil
O’ktamova N- O’zbek
Ifodali aytgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Tarmoqlash metodi.
Guruh ishtirokchilari M. Yusufga tarmoqlash metodi orqali ta’rif beradilar
Ko`nglim da bibiryor
M.Yusuf
Erkakiyik
Binafsha
Bevafoko`pekan
Lolaqizg`aldoq
O`quvchilar bergan ta`rifga qarab baholanadi.
“Beshinchisi o rtiqcha”metodi.
Bunda guruh ishritokchilarining M.Yusuf qalamiga mansub she`rlarni qay darajada bilishi aniqlanadi
Besh fakt .Ta`limiy o`yini
Bunda guruh ishtirokchilari M.Yusuf hayotiga tehishli beshta muhim faktni aytib berishlari kerak.
1.1954 yil 26- aprel
2. Andijonda Marhamat tumanida
3.2001 yil 1-avgust
4. 47 yoshda
5. O’zbekiston xalq shoiri
Guruh ishtirokchilari topqirligiga qarab baholanadilar.
Keling endi bolalar Muhammad Yusufning qo’shiq bo’lgan “Ko’klamoyim” qo’shig’iga raqs tomosha qilsak .
Raqs : “Ko’klamoyim” qo’shig’i
Muhammad Yusuf :- Barakalla aziz bolajonlar , juda xursand bo’ldim. Endi xotirjamman . Demak , xalq she’rlarimni eslab aytishganidan xursandman . Endi xotirjam ketsam ham bo’laveradi.
Lolaqizg’aldoq she’ri (audio)
III. Yangi mavzu bayoni:
Doskadagi rasmlarga e’tibor qaratiladi .
-Rasmlardan qaysi mavzularni esladingiz?
- “Bolalar gurungi”, “Bir xurmacha shavla”, “ Baliq va baliqchi haqida ertak” , “Rustam”, “Jimjiloq” , “Eshikni yop” mavzularini qaysi bo’limda o’rgandik?
- Demak bugungi yangi mavzuimiz”Bo’lim yuzasidan savol va topshiriqlar.
- Qani bolajonlar “Jahon bolalr adabiyoti” bo’limida qaysi shoir , yozuvchi adiblarimizning asarlarini o’rgandik ?
-Adiblarimiz haqida nimalarni bilib oldik ?
Adiblar haqida ma’lumot beriladi .
Guruh: X.K Andersen haqida ma’lumot beradi (Aziz, Shahzod, Ismoil, Amrillo , Feruza )
Samuil Marshak –Zebuzar, Laziz, Ozod, Jonibek , Marjona , Maxmudov Amir)
Guruh – Aka-uka Grimmlar haqida – Diyor , Gavhar ,
Guruh Chingiz Aytmatov haqida – Ravshanov Sh , Sh Amir, Zafar , Ruslan , O’ktamova N
3-Guruh Pushkin haqida – Gavhar
Guruh Faxri erdinch haqida – Ravshanov Sh
“Moslashtir” o’yini o’tkaziladi
Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlashAdiblar haqida ma’lumot beriladi .
1.Bo’limdagi qaysi hikoyalarni o’qib kamtarlikning fazilat ekanini bilib oldingiz ? Inson o’z baxtiga qanday qilib erishishi mumkin?
2. Qaysi hikoyadagi bolalarning fazilati sizga ko’proq yoqdi ? Nima uchun?
3. “Kamtarga kamol , manmanga zavol”deganda nimani tushunasiz ?
4 . Jahon bolalari hayoti haqida qanday asar o’qidingiz? Rustam hikoyasi asosida
5 .Hukumatimizning bolalarga ko’rsatayotgan g’amxo’rligi haqida gapiring.
6 . Xorij yozuvchilaridan kimning kitoblarini o’qigansiz va ularning qaysi asarlariga ishlangan multfilmlarini ko’rgansiz?
Darslikdagi savollarga o`quvchilar o`qituvchi yordamida javob beradilar.
RASMLI TEST .
Bunda o`quvchilarda ekran orqali rasmli test beriladi . Guruh ishtirokchilari testni bajaradilar.
1.Chol dengizdan nima tutdi?
A. B. D.
2.Kamircholga baliqdan nima so`rashni buyurdi?
A. B. D.
O`z-o’zini baholash metodi orqali o`quvchilar bajargan testlari tekshiriladi va baholanadi.
Dam olish daqiqasi.
Bunda o`quvchila r M.Yusufning qo`shiq bo`lgan she`rlarini kuy-laydilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Oldindan tayyorlab qo`yilgan tarqatma savollar guruhlarga beriladi va ma`lum vaqt ajratiladi. O`quvchilar savollarga tayyorlanib javob beradilar.
PIRLS testi bajariladi.
“Rolli topishmoq” o’yini o’tkaziladi .
Savollar.
1. Rustamning yaxshi bola ekanini uning qaysi gap-so‘zlaridan bildingiz?
Solishtirish . Konstitutsiya moddalari
V. Darsni yakunlash.
Guruhlarning olgan ballari umumlashtiriladi, g`olib guruh aniqlandi va rag`batlantiriladi.
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash.O’quvchilarning darsda giishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to’g’ri va ravon o’qishi o’qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa : Bo`limdagi hikoyalardan birini rasminichizish.
Buxoro viloyat Kogon tuman
5- umumiy o’rta ta’lim maktab
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Karimova Mehriniso Ro’ziqulovnaning
o’qish fanidan
“ Bo’lim yuzasidan savol va topshiriqlar”
mavzusidagi dars ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |