VII. Festival g‘oliblarini taqdirlash
7.1. Festivalning har bir bosqichida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar, tashkilotchilar, mahalliy, hududiy hokimliklar va homiylar tomonidan tayyorlangan sertifikat, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirilib, “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan gala konsertlarda o‘zining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishi taʼminlanadi.
7.2. Festivalning “A”, “B”, “C” va “D” yo‘nalishlari respublika bosqichi g‘oliblarining badiiy chiqishlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hammuassisligidagi teleradiokanallarda namoyish qilib borilishi yo‘lga qo‘yiladi. “E” va “F” yo‘nalishlari g‘oliblarining eng yaxshi ishlaridan katalog tuzilib, davriy bolalar nashrlarida shuningdek, “Yoshlar ovozi”, va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari hamda “Yosh kuch”, “Yoshlik” va “Dugonalar” jurnallarida chop etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |