Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet86/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani (tashkilot nomi) bo‘yicha sobiq (Ashurov A.I) va yangi tayinlangan (Qobulov I.O) bosh hisobchilar
o‘rtasida o‘zaro tuzilgan buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma
Toshkent shahar 2012 yil 3 mart

Men Ashurov A.I Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ning (tashkilot nomi) 2012 yil 3 martga qadar bosh hisobchisi (2012 yil 3 martdagi 61-son buyruq asosida) mazkur tashkilotning 2012 yil 3 martdan boshlab bosh hisobchisi (2012 yil 3 martdagi 62-son buyruq asosida) Qobulov I.O.ga quyidagi buxgalteriya hujjatlari va moliyaviy hisobotlarni topshirdim:

  1. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati uchun buxgalteriya registrlari:

  • 292, 294, M-44, 296, 285, 326 shakl kitoblari to‘liq va qoniqarli darajada;

  • Bosh-jurnal kitobi – to‘liq va qoniqarli darajada;

  1. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati uchun statistika hisobotlari to‘liq va qoniqarli darajada;

  2. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati uchun soliq hisobotlari to‘liq va qoniqarli darajada;

  3. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati uchun moliyaviy hisobotlar:

  • choraklik hisobotlar - to‘liq va qoniqarli darajada;

  • yillik hisobotlar - to‘liq va qoniqarli darajada;

  1. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati bo‘yicha barcha hisobot davrlari uchun kassir hisobotlari - to‘liq va qoniqarli darajada;

  2. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati bo‘yicha barcha oylar uchun ish haqini hisoblab yozishga asos bo‘luvchi birlamchi hujjatlar - to‘liq va qoniqarli darajada;

  3. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati uchun Kassa kitobi - to‘liq va qoniqarli darajad;

  4. 2010 yil va 2012 yilning 3 mart holati uchun barcha bank hujjatlari - to‘liq va qoniqarli darajada;

va h.k.lar.


Topshirdim: Qabul qildim:
Aushrov A.I (imzo) Qobulov I.O (imzo)


Tasdiqlaymiz:
Komissiya raisi-tashkilot rahbari: Aminov O.K.
Komissiya a’zolari: Raimov B.R.
Shodov V.A. Zoirov T.L.
M.O‘.


Byudjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


buxgalteriya hisobini yuqoridagi Yo‘riqnomaga va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash.

Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish