Og’zaki so’rov uchun baholash mezoni
№
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1
|
Savolga qoniqarli to’liq javob bersa
|
3.0
|
2
|
Javoblarni mushoxada asosida asoslab bersa
|
1.0
|
3
|
Qo’shimcha ma’lumotlar asosida savolga javob bersa
|
1.0
|
|
Jami
|
5.0.
|
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” o‘quv amaliyoti fanidan joriy nazoratda talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash
№
|
Ko`rsatkichlar
|
Maksimal ball
|
1
|
2
|
3
|
|
Darsga qatnashganlik darajasi
|
1,0
|
|
Amaliy mashg`ulot darslariga tayyorgarligi, adabiyotlardan konspekti, so`zga chiqishi, mustaqil ish mavzulari bo`yicha ma’ruzalar qilishi.
|
1,5
|
|
Mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda berilgan qo`shimcha topshiriqlarni bajara olishi.
|
1,0
|
|
Fan bo`yicha testlar, aqliy hujum, mustaqil topshiriqlarni bajara olish tarzida bilimlar, malaka va ko’nikmalar tekshiriladi
|
1,5
|
|
Jami:
|
5
|
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” o‘quv amaliyoti fanidan oraliq va yakuniy nazoratda talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash.
Oraliq va yakuniy nazorat semester davomida bir marta o’tkaziladi. Oraliq nazorat o’quv fanining ma’lum bir bo’limi yakunlanganda, o’rganilgan asosiy tushunchalar hajmi ko’payganda mustahkamlash maqsadida olinadi. Yakuniy nazorat o’quv dasturining barcha mavzulari tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Oraliq va yakuniy nazorati yozma ish ko’rinishida olinadi. Bunda 30-ta variant bo’lib, har bir variantda 3 tadan savol bo’ladi. Yozma ishni yozish uchun o’quvchilarga 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” o‘quv amaliyoti fani Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo’yicha
” mutaxassisligida 1- semestrda o’tilib, fanidan 1 ta ON va YaN olinadi.
“Yozma ish”larni baholash mezoni.
Talabalar “
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” o‘quv amaliyoti fanidan yakuniy nazoratni “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o’zlashtirish ko’rsatkichi 5 ball bilan baholanadi. Oraliq va yakuniy nazoratni “Yozma ish” usulida topshirilganda talabalar bilimi 5 ball bilan baholanadi. Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilsa, sinov ko’p variantli usulda o’tkaziladi. Har bir variantda 3tadan savol bo’lib, har bir savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 1,65 ball oralig’ida baholanadi.
Berilgan har bir savolga to’g’ri va to’liq javob yozilsa, iqtisodiy atamalar to’g’ri va o’z o’rnida qo’llanilsa, fanga oid o’z mustaqil fikriga ega bo’lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o’zlashtirish ko’rsatkichi 1,65 ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga to’g’ri javob yozilsa, iqtisodiy atamalar to’g’ri va o’z o’rnida qo’llanilsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o’zlashtirish ko’rsatkichi 1,35 ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga to’g’ri javob yozilsa, iqtisodiy atamalar to’g’ri va o’z o’rnida qo’llanilsa, o’zlashtirish ko’rsatkichi 1,0 ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto’g’ri javob yozilsa yoki o’quv adabiyotidan so’zma-so’z ko’chirib yozilsa, o’zlashtirish ko’rsatkichi 0- 1 ball bilan baholanadi.
Yozma sinov bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo’yilgan o’zlashtirish ballari qo’shiladi va yig’indi talabaning oraliq nazorat bo’yicha o’zlashtirish bali hisoblanadi.
‘‘IPAK YO‘LI’’ TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETI HUZURIDAGI
Do'stlaringiz bilan baham: |