Byudjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlari
Guruh- lar
№
|
Kichik guruh- lar
№
|
Asosiy vositalarning nomi
|
Eskirishning yillik normasi, foizlarda
|
I
|
|
Binolar, imoratlar va inshootlar
|
|
|
1
|
Binolar, imoratlar
|
5
|
|
2
|
Neft va gaz quduqlari
|
|
3
|
Neft-gaz omborlari
|
|
4
|
Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari
|
|
5
|
Ko‘priklar
|
|
6
|
Dambalar, to‘g‘onlar
|
|
7
|
Daryo va dengiz prichal inshootlari
|
|
8
|
Korxonalarning temir yo‘llari
|
|
9
|
Qirg‘oqni mustahkamlovchi, qirg‘oqni himoyalovchi inshootlar
|
|
10
|
Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig‘imlar
|
|
11
|
Ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo sug‘orish tarmog‘i
|
|
12
|
Yopiq kollektor-drenaj tarmog‘i
|
|
13
|
Havo kemalarining uchish-qo‘nish yo‘llari, yo‘laklari, to‘xtash joylari
|
|
14
|
Bog‘larning va hayvonot bog‘larining inshootlari
|
Guruh- lar
№
|
Kichik guruh- lar
№
|
Asosiy vositalarning nomi
|
Eskirishning yillik normasi, foizlarda
|
|
15
|
Sport-sog‘lomlashtirish inshootlari
|
|
|
16
|
Issiqxonalar va parniklar
|
|
17
|
Boshqa inshootlar
|
II
|
|
Uzatish qurilmalari
|
|
|
1
|
Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari
|
8
|
|
2
|
Ichki gaz quvurlari va quvurlar
|
|
3
|
Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqliktarmoqlari
|
|
4
|
Magistral quvurlar
|
|
5
|
Boshqalar
|
III
|
|
Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar
|
|
|
1
|
Issiqlik texnika uskunalari
|
8
|
|
2
|
Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari
|
|
3
|
Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar
|
|
4
|
Kompleks qurilmalar
|
|
5
|
Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va
uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
|
IV
|
|
Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
|
|
|
1
|
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va uskunalar
|
15
|
|
2
|
Qishloq xo‘jaligi traktorlari, mashinalari va uskunalari
|
|
3
|
Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni uzatish
raqamli elektron uskunalari, raqamli tizimlar uzatish uskunalari, raqamli aloqa o‘lchov
texnikasi
|
|
4
|
Yo‘ldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa uskunalari
|
Guruh- lar
№
|
Kichik guruh- lar
№
|
Asosiy vositalarning nomi
|
Eskirishning yillik normasi, foizlarda
|
|
5
|
Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining o‘xshash uskunalari
|
|
|
6
|
Kinostudiyalarning maxsus uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati uskunalari
|
|
7
|
Kompressor mashinalari va uskunalari
|
|
8
|
Nasoslar
|
|
9
|
Yuk ko‘tarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karer hamda
yo‘l-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar
|
|
10
|
Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari
|
|
11
|
Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sig‘imlar
|
|
12
|
Neft qazib chiqarish va burg‘ulash uskunalari
|
|
13
|
Boshqa mashinalar va uskunalar
|
V
|
|
Harakatlanuvchan transport
|
|
|
1
|
Temir yo‘lning harakatdagi tarkibi
|
8
|
|
2
|
Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari
|
|
3
|
Havo transporti
|
|
4
|
Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti
|
20
|
|
5
|
Engil avtomobillar
|
|
6
|
Sanoat traktorlari
|
|
7
|
Kommuna transport
|
10
|
|
8
|
Maxsus vaxta vagonlari
|
|
9
|
Boshqa transport vositalari
|
20
|
VI
|
|
Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
|
|
|
1
|
Kompyuterlar
|
20
|
|
2
|
Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
|
Guruh- lar
№
|
Kichik guruh- lar
№
|
Asosiy vositalarning nomi
|
Eskirishning yillik normasi, foizlarda
|
|
3
|
Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi
|
|
|
4
|
Boshqalar
|
VII
|
|
Boshqa guruhlarga kiritilmagan qat’iy belgilangan aktivlar
|
|
|
1
|
Ko‘p yillik dov-daraxtlar
|
10
|
|
2
|
Idora mebeli va uskunalari (shu jumladan telefon apparatlari, hisoblash qurilmalari va boshqalar)
|
15
|
|
3
|
Boshqalar
|
10
|
Yuqoridagi Nizomga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, zarur hollarda, o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari va/yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda mazkur Nizom bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda o‘rnatilgan tartibda belgilashlari mumkin.
Bunda shu narsaga e’tiborni qaratish lozimki mazkur vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini yuqoridagi usulda aniqlashda mazkur Nizom bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda belgilashlari lozim.
Byudjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalarga ularning texnik shartlari va/yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda eskirish me’yori va summasini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin, ya’ni:
Asosiy vosita ob’ektlarida amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu ob’ektning amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob- uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu ob’ektning samarali foydalanish muddatini qayta ko‘rib chiqadilar.
Shartli misol. Byudjet tashkiloti dastlabki qiymati 10 000.0 ming so‘m va hisoblangan eskirish summasi 6 000.0 ming so‘m bo‘lgan asosiy vositasini modernizatsiya qildi. Xarajat summasi 2 000.0 ming so‘mni tashkil qildi. Mazkur asosiy vositani modernizatsiya qilishdan oldin uning samarali foydalanish muddati 10 yil (tegishlicha yillik eskirish me’yori 10 %) edi.
Buxgalteriya hisobi nazariyasidan
Asosiy vositalarga amortizatsiya (eskirish) hisoblashning quyidagi usullari mavjud:
amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash.
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi.
bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli).
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalar ob’ektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan.
ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko‘ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Byudjet tashkiloti tomonidan mazkur asosiy vositani modernizatsiya qilinishi natijasida uning samarali muddati yana 2 yilga uzaytirilganligi belgilandi.
Asosiy vosita modernizatsiya qilinishigacha 6 yil foydalanishda bo‘lgan. Demak, uning yangi samarali foydalanish muddati yana 6 yilning tashkil qiladi (10 yil - 6 yil + 2 yil).
Asosiy vositani modernizatsiyadan keyingi qiymati esa, 12 000, ming so‘mni (10 000.0+2 000.0) tashkil qiladi.
Endi mazkur asosiy vositaga uning yangi qiymati (12 000.0 ming so‘m) bo‘yicha har yili 10 %dan (1 200.0 ming so‘m), har oylik eskirish summasi esa, 100.0 ming so‘mni (1 200.0/12) tashkil qiladi va tegishlicha hisobda aks ettiriladi.
Beg‘araz olingan asosiy vositalar ob’ektlarining samarali foydalanish muddati quyidagicha aniqlanadi:
a) byudjet tashkilotlaridan olinganlar uchun – amalda foydalanilgan muddatlarini va avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda;
b) boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun – tashkilotlarda doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan ob’ektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda.
Shartli misol. Byudjet tashkiloti ikkinchi bir byudjet tashkilotidan dastalbki qiymati 15.0 mln.so‘m va mazkur davrga qadar hisoblangan eskirish summasi 7.0 mln.so‘m bo‘lgan asosiy vositani beg‘araz oldi. Ushbu asosiy vosita bo‘yicha yuqoidagi Nizomga muvofiq yillik eskirish hisoblash me’yori 10 %.
Demak, mazkur asosiy vositani beg‘araz olgan byudjet tashkiloti tomonidan ushbu asosiy vositaga har yili 1.5 mln.so‘mdan (15.0 mln.so‘m*10%), har oyda esa, 125.0 ming so‘mdan (1.5 mln.so‘m/12) eskirish hisoblab borilishi lozim.
Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o‘quv ishlari va
ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jixozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar, mahsuldor qora mollar, qo‘toslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog‘i va shunga o‘xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetmagan ko‘p yillik ko‘chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo‘yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
Asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha eskirish hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Shartli misol. Byudjet tashkiloti tomonidan 2011 yilning 11 avgustida 15.0 mln so‘mga asosiy vosita sotib olindi. Uning yillik eskirish me’yori 10 % ni tashkil qiladi. Demak, mazkur asosiy vositaga byudjet tashkiloti avgust oyidan keyingi oyning 1-sanasidan, ya’ni 1- sentyabrdan boshlab har oyda 125.0 ming so‘mdan (15.0 mln.so‘m * 10 % / 12) eskirish hisoblashi kerak.
Hisobot yili mobaynida asosiy vosita ob’ektlari bo‘yicha eskirish har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi.
Asosiy vosita ob’ektlari bo‘yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to‘liq qoplangan yoxud bu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatiladi.
Shartli misol. Byudjet tashkiloti tomonidan dastlabki qiymati 5.0 mln.so‘m, hisoblangan eskirish summasi 3.0 mln.so‘m bo‘lgan asosiy vosita 2011 yilning 6 iyulidan hisobdan chiqarildi. Demak, ushbu asosiy vosita bo‘yicha eskirish hisoblash iyul oyidan keyingi oyning 1- sanasidan, ya’ni 1-sentyabrdan boshlab to‘xtatilishi kerak.
Asosiy vositalar ob’ektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi to‘xtatilmaydi, ob’ektlarda amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli to‘liq to‘xtatilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy vosita ob’ektlari bo‘yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.
Eskirish hisoblash asosiy vositalar ob’ektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas.
Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularni hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi o‘zgarishi mumkin.
Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)da asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek ob’ektlarni eskirishining yillik me’yori belgilangan tartibda o‘zgartirilayotgan bo‘lsa, asosiy vosita ob’ektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to‘liq eskirish summasi alohida inventar ob’ektlari bo‘yicha aniqlanadi.
Avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymati va o‘rnatilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa tashkilotlardan beg‘araz olingan va avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar-inventar ob’ektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirgan holda 262 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyoti krediti hamda beruvchi tashkilotlarning hujjatlariga muvofiq mazkur ob’ekt eskirish summasiga 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlari krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda bo‘lgan ob’ektlar bo‘yicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi.
Kelgusida foydalanishga yaroqli bo‘lgan alohida ob’ektlar qiymatining 100 foiz miqdorida eskirish hisoblanishi, ularning to‘liq eskirish hisoblanganligi sababli hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.
Tashkilotlar asosiy vositalariga eskirish hisoblash me’yorlari qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
“Asosiy vositalarning eskirishi” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda aks ettiriladi:
020 “Turar-joy imoratlarning eskirishi”; 021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”; 022 “Inshootlarning eskirishi”;
023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”; 025 “Transport vositalarining eskirishi”; 029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi, debet tomonida esa, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga asosiy vositaning kirim qilish manbasidan hamda operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debeti bo‘yicha va 02-schyotning tegishli subschyotlari krediti bo‘yicha alohida memorial order (274-shakl) tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |