Buxoro tumanida tarқalgan tuproқlarning fizik va mexanik xossalari



Download 114,36 Kb.
bet2/11
Sana09.06.2022
Hajmi114,36 Kb.
#649101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“ buxoro tumanida tarqalgan tuproqlarning fizik va mexanik xossalari.”

I.A.Karimov
KIRISh
O’zbekiston Respublikasi yuqori rivojlangan agrar davlatlar qatoriga kirib, iqtisodni ko’tarish, qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish ilg’or texnologiyalarni qo’llash, suv va yer zahiralaridan maqsadli, tejamli va unumli foydalanish, yerdan olinadigan hosil va mahsulotlar, jumladan ekinladigan ekinlarga, ayniqsa texnik o’simliklarga katta e’tibor berilmoqda.
Davomiy mo’tadil va issiq harorat, yetarli namlik, ekin maydonlarining geografik joylashuvi, mineral o’g’itlar bilan ta’minlash imkoniyatlari mavjudligi va qishloq xo’jalik ekinlaridan ikki marta hosil olish imkoniyatini beradi. Buning uchun olingan hosil evaziga tuproq unumdorligini qaytadan tiklash va oshirish, ularni strukturasini yaxshilash, tezpishar va hosildor navlardan foydalanish, zamonaviy agrotexnikani qo’llash, o’simlik urug’lari, navlari, biologik xususiyatlari va agrotexnika tadbirlarini yanada takomillashtirishga katta e’tibor berish lozim.
Tuproqning unumdorligi uning fizik-kimyoviy xossalariga, gumus qatlami, tarkibida mavjud bo’lgan organik va mineral moddalarga, shuningdek tuproq tarkibidagi mikroorganizlar miqdoriga va biologik faoliyatiga bevosita bog’liq. Mamlakatimiz ekin maydonlari holati, sifati, tuproqlar tarkibi, strukturasini yaxshilash, unumdorligini tuproqlarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash oshirish eng asosiy va dolzarb vazifalardan biridir.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olishda intensiv texnologiyalar, ya’ni mineral o’g’itlar azot, fosfor, kaliy hamda organik moddalar go’ng, chirigan o’simliklar qoldiqlaridan foydalanib kelinmoqda. So’nggi yillarda yaratilgan biologik o’g’itlar biogumus, azot to’plovchi va chirituvchi baktyeriyalar, foydali mikroorganizmlar bilan bir qatorda faol loy, cho’kindi, balchiqni qo’llash tuproq unumdorligini yaxshilashda yuqori samara byeradi. Ushbu o’g’itlarni kullash nafakat ekinlardan yuqori yuqori hosil olish va mikroflorasini boyitish, balkim tuproq mikrostruk-turasini, fizik-ximik xususiyatlarini yaxshilashga olib keladi. Shuningdek o’simliklarning turli kasalliklariga gommoz, fuzarioz, ildiz chirishga chidamliligini oshirishga va hosil sifatini, tuproq unumdorligini yaxshilashga olib keladi.
Tuproq fizik xossalarining salbiy tomonga (yomonlashishi) o’zgarishi, birinchi navbatda strukturasining va qatlamlarining buzilishi natijasida suv, havo va ozika elementlar rejimining yomonlashishi tuproqning fizik degradatsiyasi deb tushuniladi. Tuproq holatining fizik degradatsiyasi nisbatan keng tarqalgan. Tuproqning fizik degradatsiyasi organik gumus akqumulyastiya qatlamining kamayishi ekin boshqa tuproq qatlamlarining ekin to’lik profilining yo’qolishi (mexanik degradatsiya), ya’ni tuproq profili mexanik buzilishi aniq fizik xossalarining o’zgarishi bo’yicha qayd qilinadi. Ko’pgina tuproqlar uchun bir qator bir-biriga bog’liq bo’lmagan fizik holati va fizik degradatsiya holatini yetarli tavsiflanishini aniqlashda quyilgan mexanizmlardan foydalanish mumkin:
- g’ovaklikning tuzilishi ekin agregatlarning g’ovakligi ekin quruq xolatdagi bo’lakchalari (fragmentlari), o’lchamlari 3-5 mm;
- teksturali bo’kish, metodli-cho’kish teksturali koeffistienti;
- uzluksiz strukturali g’ovaklik, metodli-agregatlararo g’ovaklik.
Bu ko’rsatkichlar bir-biriga bog’liq bo’lishi mustakil aspektlarning fizik xolatini tavsiflaydi, ular qabul qilingan xalqaro tizimdagi birliklarda ifodalanadi va nisbatan bir-biriga bog’liq bo’lmagan usullar bilan oson o’lchanadi. Ular tuproqlarning mexanik va mineralogik tarkibi, organik moddalar miqdori, almashinuvchi kationlar tarkibi, struktura hosil qiluvchi (yelimlashuvchi) tsementli-kolloidlarning xossasi va to’g’ridan-to’g’ri tuproq strukturasining xususiyati hisoblanadi. Tuproq holatining fizik degradatsiyasida muhim omil uning qumoq va loyli mexanik tarkibli bo’lishi, organik moddalar miqdorining kamayishi va uning sifat tarkibi o’zgarishi, jumladan qishloq xo’jalik texnikalarni tuproq qatlamlarini zichlashishga ta’siri hisoblanadi. Tuproq qatlamlarining qishloq xo’jalik texnikalari ta’sirida uta zichlanishi tuproq holatining fizik degradatsiyasida muhim omil bo’lib, u tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi. Tuproqlarning noqulay fizik xossalarga ega bo’lishini slitizastiya deb atash qabul qilingan. Bu keskin bo’kish, nam holatdagi qatlamlarning yaxlit bo’lishi, strukturalarning bo’lakchalar shaklida va quruq holatda yirik yoriqlarning bo’lishi bilan ajralib turadi. Qoida bo’yicha muhitning xossalari ichida og’ir mexanik tarkibli, suv rejimi maxsus bo’lgan, organik moddalar miqdori yuqori bo’lmagan, parchalanmaydigan qoldiqlar miqdori ko’p bo’lgan, smektitli mineral tarkibli tuproqlar slitizastiyasiga moyil bo’ladi. Tuproq fizik xossalari degradatsiyasini kamaytirish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish energetik sarf-xarajatlar bilan bog’liq bo’ladi. Bu energetik sarf-xarajatlar miqdori tuproqlar genezisi ko’rsatkichlari va degradatsiya darajasining turlari hamda tuproqlarning texnologik ta’siriga chidamligiga bog’liq. Degradatsiya jarayonining boshlang’ich (kuchsiz darajadagi) davrida tuproq xossalarini yomonlashtiruvchi omillarni kamaytirish yetarli hisoblanadi.
Buning uchun tuproqdagi gumus miqdori balansini saqlash maqsadida muntazam yangi organik moddalarni kullash bilan birgalikda qishloq xo’jalik texnikalari ta’sirida tuproqlarning zichlanishini maqbul darajagacha kamaytirish va yerga tizimli ishlov berishni yo’lga qo’yish zarurdir. Tuproqlar xaydalma qatlamlarining o’ta zichlanishi va strukturalarining buzilishi natijasida o’rta va kuchli darajada degradatsiyaga uchragan maydonlarda olib boriladigan agrotexnik tadbirlar-tuproq strukturasi va gumus miqdorini ma’lum darajagacha ko’paytirishga va sifatini oshirish yo’li bilan tiklashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Gumus balansini saqlash almashlab ekinshni hisobga olgan holda yerlarga har xil me’yorda organik o’g’itlar solish bilan amalga oshirladi. Qishloq xo’jalik texnikalari ta’sirida tuproqlarni zichlanishini kamaytirishni ta’minlovchi texnik vositalar va texnologiyalarni qo’llashda tuproqqa ishlov berishni minimallashtirilgan holda amalga oshirish lozim. Buning uchun yerlarga chuqur ishlov berish o’rniga mayda va yuza qismiga ishlov berish texnologiyasi bilan almashtirish, traktorlarning dalaga kirishini kamaytirish maqsadida keng qanotli (bir necha qatorga ishlov beradigan) texnikalardan foydalanish, traktorlarning bir qatnovida bir nechta operatsiyalarni bajaradigan kompleks ish qurollari va agregatlar bilan sozlash va mashina-traktorli agregatlar marshrutini kiritish lozim.
Mavzuning dolzarbligi
Buxoro tumanida tarqalgan tuproqlarning fizik va mexanik xossalarini tahlil qilib, tuproq unumdorligini oshirish tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog’liq bo’lgan fizikaviy xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o’simliklarning o’sib rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega. Tuproqning fizikaviy xossalariga, uning strukturasi, suv, havo, issiqlik, umumiy fizik-mexanikaviy xossalarini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish bilan ekinlardan yuqori hosil olish kiradi.
Tuproqning fizikaviy xossalari ko’plab omillarga, jumladan, tuproqning qattiq, suyuq, gazsimon qismi va tirik fazalari tarkibi, ular nisbati va o’zaro ta’siri hamda dinamikasi singarilar bilan bevosita bog’liqdir.
Mavzuning maqsadi va vazifalari
Tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishqoqligi, ko’pchishi va cho’kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi singari xossalarni o’rganish kiradi. Buxoro tumani tuproqlarining fizik-mexanik xossalari tuproqning texnologik xususiyatlarini baxolashda, ya’ni yerlarni ishlashning turli sharoitlarini aniqlashda, ekish va yigib-terib olish agregatlari-mashinalarning ishlash xolatlarini o’rganishda muxim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu xossasi urug’larning unib chiqishi, o’simlik ildizlarining tuproqda tarqalish holatini va o’simliklarning o’sib rivojlanish sharoitlarini aniqlashda katta rol o’ynaydi.

Adabiyotlar tahlili
Tuproqshunoslik fanining tarkibiy qismi hisoblangan tuproq fizikasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan tadqiqotchilar ishlari bilan bu bobda tanishib chiqiladi. Tuproqshunoslik shu jumladan tuproq fizikasi fanining rivojlanishi ulug’ rus olimi M.V.Lomonosov faoliyati bilan bog’liqdir. U o’zining «О слоях земных» (1741-1763 y) asarida birinchi bo’lib rus qora tuproqlari evolyutsiyasini, tuproqlarning ximiyaviy va fizik xossalarini ilmiy asosida talqin qildi. M.V.Lomonosov ta’biri bilan aytganda, qora tuproqlar «tasodif» kuchlar ta’sirida vujudga kelgan emas, ular uzoq vaqt mobaynida o’simlik va hayvonot qoldiqlarining chirishidan hosil bo’lgan maxsuldir. Shu bilan birga, u sho’r tuproqlar hamda torflarning kelib chiqish ta’limotini ham olg’a surdi.
M.V.Lomonosov rahbarligi ostida 1755 yildan boshlab Moskva univyersitetida qishloq xo’jaligi fanlari bilan uzviy bog’liqlikda tuproqshunoslikni ham o’qitila boshlandi.
Tuproq, uning xossa va xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarni keng o’quvchilar ommasiga yetkazishda hamda tuproq to’grisidagi bilimlarni propaganda qilishda Moskva universitetining professori M.I.Afonining xizmati juda katta. 1770 yilda zoologiya va botanika kafedrasi qoshida birinchi bo’lib, Afonin o’qidi. Bu tuproqshunoslik fanining ilmiy yacheykasi vujudga kelgan sana hisoblanadi.
Tuproqshunoslik fani M.I.Afoninni faqatgina qishloq xo’jalik bilimlari sohasidagi birinchi izchil agitator deb bilmasdan, balki rus kora tuproqlarining ilk ilmiy tasnifini bergan muallif sifatida tan oladi, tuproq fizik rejimlarini yaxshilash sohasida ko’pdan-ko’p ish olib borgan tekshiruvchi olim deb biladi.
18 asrning oxirida I.M.Konov, M.I.Afonin ishlarini izchil davom ettiradi. U o’zining «O земледелие» (1789 y) degan mashhur asarida tuproqshunoslik va dehqonchilik masalalarini ilmiy asoslab berdi. I.M.Konov uz asarida o’simliklarni bir me’yorda usishda tuproqning issiqlik, yorug’lik, suv rejimlari muhim ahamiyatga ega ekanligini, tuproqning mexanik va agrofizik tarkibini, havo, suv va issiqlik rejimlarini keng yoritdi.
I.M.Konov sifatli ishlov berish tuproqning fizik rejimini yaxshilash eng muhim agrotexnik tadbir ekanligini isbotladi. Uning yozishicha «yer sifatli haydovdan keyin g’ovak, yumshoq, shirali bo’ladi, yerning pastki qismi quyosh energiyasi bilan o’g’itlanadi». Konovning bunday progressiv fikri xozirda ham dehqonchilik fanida o’z kuchini yo’qotmagan. Dehqonchilik madaniyatini yanada rivojlantirish uchun I.M.Konov qishloq xo’jalik fanini boshqa tabiiy fanlar, ayniqsa fizika fani bilan chambarchas bog’lab borish lozimligini ham ko’rsatadi. Shuni qayd qilish kerakki, 18-asrning oxiri va 19-asrning birinchi choragida qishloq xo’jalik fanlarining rivojlanishi markazi Germaniya va Angliya hisoblanar edi. Bu davrning eng yirik vakili nemis olimi Alfred Teyer o’zining «Рациональные основи сельского хозяйства» (1806) asarida tuproq strukturasining paydo bo’lishida chirindi moddasining muhim rol o’ynashini ko’rsatib berdi. U o’z faoliyati davrida o’simliklar hayotida chirindi moddasi rolini oshirib, «o’simliklar faqatgina chirindi moddasidan oziqlanadi» degan g’oyani ilgari surdi.
Rossiyada A.Teyer nazariyasi namoyondalaridan biri M.G.Pavlov edi. Lekin keyinchalik u Teyer nazariyasidan qaytib «o’simliklar ayrim vaqtda chirindisiz substratlarda ham vujudga kelishlari mumkin, buning uchun tuproqda havo, issiqlik va namlik bo’lishi lozim», degan xulosaga keldi. Pavlov tuproq unumdorligini oshirish uchun ularga yaxshi ishlov berishni dehqonchilikda almashlab ekinshni, sidyeratlardan foydalanishni taklif etdi. U yerni haydash maqsadida birinchi bo’lib maxsus plug konstrukstiyasini taklif etadi.
M.G.Pavlovning ijodiy faoliyati davrida tuproq unumdorligini belgilashda uning agrofizik xususiyatlari muhim o’rin tutishi dehqonchilik fanida tan olingan edi. Angliyada-Devi, Gyermaniyada-Shyublyer o’z asarlarida Pavlov ideyalarini olg’a surib, tuproqning fizik rejimlarini o’rganish borasida ko’p ishlar qildilar. Ayniqsa, Shyublyer o’z asarlarida tuproqlarning fizik-mexanik xossalarini keng o’rganadi va bu sohada bir necha asbob ixtiro qildi. Masalan, yopishqoqlikni aniqlaydigan maxsus tarozi hozirgi kunda ham laboratoriyalarda qo’llanilmoqda.
Shyublyer asarlari 19-asrning birinchi choragida tuproq agrofizikasini eng rivojlanish davriga yakun yasadi. Shu davrdan boshlab tuproq xususiyatlarini tekshirish ishlariga qiziqish birmuncha pasaydi, chunki bu davrda ximiya va o’simliklar fiziologiyasi sohasida buyuk kashfiyotlar qilindi (A.L.Lavuaze, J.B.Bussengo, N.T.Sossyura, Yu.Libix). Dehqonchi-likda birinchi marta mineral o’g’itlar ishlatildi. Darhaqiqat, mineral o’g’itlar solish hosildorlikni beqiyos oshishiga olib keldi. Ba’zi bir muta-xassislarning fikricha, ximiya fani tuproq unumdorligini ta’minlovchi yagona fan bo’lib qoldi. Biroq bu «g’alaba» uzoqqa bormadi. Mineral o’g’itlarni surunkasiga, tuproq sharoitini hisobga olmagan holda solish hosildorlikni ko’tarish u yoqda tursin, balki tuproq tarkibining keskin o’zgarishiga olib keldi. Mineral o’g’itlarni ishlatishda tuproq fizik rejimini o’rganish va uni hisobga olish zararligini birinchi bo’lib M.G.Pavlovning shog’irdi professor Ya.A.Linovskiy (1818-1846) ko’rsatib berdi. Linovskiy ta’biricha ximiya fani qanchalik rivojlanmasin, u baribir tuproq unumdorligi sirlarini ochishga ojizlik qiladi. Unumdorlik muammosi faqatgina tuproqni sifatli haydash, uni zarur miqdordagi havo, suv, issiqlik, yorug’lik bilan ta’minlash, unga organik va mineral o’g’itlar solish asosida hal etilishi lozim.
Agrofizikaning rivojlanishida nemis olimlari V.Shumaxyer (1864) va E.Volnining (1878-1898) ijodiy faoliyati muhim o’rin tutadi. Shumayxer o’zining «Физикa почви» kitobida (1864) tuproqlarining jami fizik xossalariga tafsilot beradi.
V.V.Dokuchaev, A.A.Izmailskiy, P.A.Kostichev, G.N.Visotskiy, P.V.Ototskiy, N.M.Sibirtsev, A.G.Doyarenko, A.F.Lebedev, N.A.Kachinskiy va boshqalar tuproqning agrofizik xossalarini o’rganish sohasida mukammal programma tuzdilar. Bu programma asosida tuproqning tabiiy jins ekanligi e’tiborga olinib, butun agrofizik xususiyatlar genetik qatlamlarida ularning tabiiy holati buzilmagan holda o’rganilishi lozimligi ko’rsatildi. O’rta Osiyoda ayniqsa, O’zbekistonda tuproq fizik xossalarini o’rganish sug’oriladigan dehqonchilikda ekinlar hosildorligini oshirishdagi muammolarni yechishda muhim o’rinni egalladi. O’zbekistonda tuproqshunoslik fani o’ziga xos tarixga ega. «Avesto» da «Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir», deyilgan. Tuproq haqida ko’plab qimmatli fikrlar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino asarlarida uchraydi. Ibn Sino «Donishnoma» asarida jahon olimlaridan birinchi bo’lib tuproqni ilmiy jixatdan ta’riflab, «Tuproq butun tirik mavjudodning hayot-mamot negizidir» deb yozadi.
1927-1933 yillarda Tuproqshunoslik va geobotanika institutining xodimlari (S.N.Pustovoyt, A.N.Rozanov, K.M.Klavdiyenko, G.P.Popov, A.P.Livanov, M.A.Pankov, M.A.Orlov, N.V.Kimberg, A.Z.Zaychikov, M.N.Voskressenskiy, V.N.Bogdanovich, N.Otamuhammedov, S.P.Such-kov, I.N.Felitsiant va boshqalar). Farg’ona vodiysi, Zarafshonning chap qirg’og’idagi Narpay va Shohrud Buxoro vohasiga Qizilqum, Jilvon cho’li, Toshkent viloyatidagi Chirchik-Oxangaron, Surxondare, Kashkadaryo va Amudare chap kirgogi vohalaridagi tuproqlar tarkibini xar tomonlama urganganlar va xar xil masshtabda tuproq va tuproq-meliorativ xaritalari tuzganlar.
1934 yildan boshlab S.N.Rijov raxbarligida qadimdan sug’oriladigan va sug’orishga moyil tuproqlarning fizik xususiyatlari va rejimlari urganila boshlandi. Dastavval buz tuproqlarning, keyinchalik saxro tuproqlalarining mexanik va mikroagregat tarkiblari, solishtirma va xajm massasi, g’ovakligi, tuproqdagi suv shakllari va rejimlari tuproq havosi, uning tyermik xossalari va boshqa bir qancha fizik ko’rsatkichlari hamda ularni sug’orish natijasida o’zgarishi mukammal tekshirildi. Bu sohada S.N.Rijov, V.B.Gussak, A.F.Ustinovich, S.P.Matuseevich, P.N.Besedin, M.U.Umarov, I.N.Felistiant va boshqalarning xizmati kattadir.
O’rta Osiyo ayniksa O’zbekistonning barcha sug’oriladigan tuproqlari suvga chidamli strukturali bulakchalarni uzida kam saklagani uchun yomgir va sug’orish suvlaridan sung qatqaloq hosil qilishga moyildir. Qatqaloqning hosil bo’lishi, uning salbiy ta’sirini kamaytirish hamda unga karshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishda G.I.Pavlov, G.M.Meyeroson, P.P.Yazikov, S.N.Rijov, A.I.Kaspirov, G.I.Vaylyert, N.K.Balyabo, S.P.Suchkov, V.V.Valiev, M.U.Umarov va boshqalarning xizmati katta.
Cho’l va sahro tuproqlarining unumdorligini oshirishda ularning suv xossalari va rejimlarini boshqarish tadbirlari B.V.Gorbunov, A.A.Rode, A.F.Bolshakov, S.N.Rijov, M.U.Umarov, X.Abduvoxidov, L.Tursunov, I.Turopov, S.Mamaniyozov va boshqalarning ishlarida o’z aksini topgan.
Mexanik tarkibi jihatidan murakkab tuzilishiga ega bo’lgan allyuvial tuproqlardan suvning va unda yerigan mineral tuzlarning harakati o’ziga xos qonuniyatiga mansub bo’lganligi tufayli bunday tuproqlar maxsus gidromodul gruppalarga ajratiladi. S.N.Rijov, N.F.Bespalov, L.Tursunov va boshqalar. O’rta Osiyo jumladan O’zbekiston dehkonchiligi qadimiy tarixga ega. Shuning uchun ham ko’pchilik vohalarda (Buxoro, Qorako’l, Xorazm va boshqalar) tuproqlarning morfologik tuzilishlari, ularning agroximik, agrofizik meliorativ xossa va xususiyatlari kurik, ekin bilan band bulmagan maydon tuproqlaridan batamom farklanadi. Bu sohada M.Orlov S.N.Rijov, N.R, Minashina, N.V.Kimbyerg, M.A.Pan-kov va boshqalar olib borgan ishlar katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Asrimizning 50-60 yillaridan boshlab O’rta Osiyo ayniqsa O’zbekistonda asosiy tuproq tiplarining morfologiyasini, minyeralogik tarkibini o’rganish sohasida katta kadam quyildi. N.N.Aslonov, M.P.Aranbaev, L.Tursunov, X.Tursunov, M.Toshkuziev, D.Ismatov va boshqalar asosiy tuproq tiplarida va ularning ilk zarrachalari (soz)larida keng tarqalgan ikkilamchi minerallarni o’rganish sohasida ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Natijada uta quruq iqlim sharoitida tuproq bo’lishining o’ziga xos tomonlarini yoritish imkoniyatiga ega bo’lindi. V.B.Gussak, P.N.Besedin, K.P.Pagonyas, K.Mirzajonov, X.Maqsudov, X.Hamdamov va ko’pchilik olimlar tuproq strukturasi, tuproqlarni suv va shamol yeroziyasidan saklash, yeroziyani bartaraf qilishga qaratilgan ilmiy tadbirlar tuproq unumdorligini oshirishda muxim amaliy ahamiyatga ega buldi.
2001-2005 yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish institutida Mirzacho’l va Zarafshon –vohasi tuproqlarining hozirgi holatini o’rganish va uning unumdorligini oshirish muammolari bo’yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borildi. Keyingi yillarda tuproqlar genezisi, geologiyasi, biologiyasi, fizikasi, kimyosi, meliorastiyasi va ekologiyasi sohasida ilmiy-nazariy va amaliy ishlar bilan bir qatorda, ayniqsa sug’oriladigan rayonlarda yer kadastrini yuritish, ularning ball-bonitetlarini aniqlash, tuproq yeroziyasi, sho’rlanishini oldini olish, tuproqlarning unumdorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish muammolari bo’yicha ilmiy izlanishlar davom etdi. Xullas, O’zbekistonda tuproqlar-ning fizik xossa va xususiyatlarini o’rganish sohasida ulkan ishlar qilindi. Olingan ma’lumotlar qadimdan sug’oriladigan, sug’orishga moyil tuproqlarning unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda bevosita qo’llaniladi. Yerlarni meliorastiyalashning uzoq muddatli tadbirlarini amalga oshirishda tuproqning fizik ko’rsatkichlari birinchi o’rinda inobatga olinadi. Asosiy talab madaniylashgan, ekinbop, optimal suv, oziq-ovqat, havo, issiqlik rejimiga ega bo’lgan tuproq muhitini vujudga keltirish lozim. Bu yuksak vazifani amalga oshirishda tuproq fizikasi predmetining roli nihoyatda katta.
I BOB. BUXORO TUMANIDA TARQALGAN TUPROQLARNING O’RGANILGANLIK HOLATI.
Ma’lumki, yerlarning sho’rlanishi hosildorlikning pasayishiga, yerning unumdorligi yo’qolishiga, oqibatda qishloq xo’jaligi iqtisodiy jihatdan zarar ko’rishiga olib keladi. Shuning uchun bugun yerlarni qayta kultivatstiya qilish texnologiyalari, har qarich, har gektar «boquvchi yerimiz»ni ekologik jihatdan sog’lomlashtirish bo’yicha yangicha usullarni qidirish, nafaqat O’zbekiston ekin Markaziy Osiyo, balki butun dunyoda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayrim xisob-kitoblarga ko’ra, Markaziy Osiyo Respublikalarida 1970 yillar oxiridan 1980 yillar oxirigacha o’g’it solish ko’paytirilganiga qaramay, sho’rlanish tufayli paxta hosildorligi 1 km kv ga 280 tonnadan 230 tonnagacha kamaydi. Shuningdek, sho’rlanishning qo’shimcha noxush oqibatlari bor–tuproqning yuqori qatlamiga o’tgan tuzni shamol boshqa dalalarga uchirib o’tishi mumkin. Misol uchun, 1990 yilgacha Amudaryo havzasida sho’rlangan yerlar maydoni 57% ga, Sirdaryo havzasida esa 79% ga kengaydi. Ayni vaqtda unumdorlikning bosh ko’rsatkichi-yerning chirindi tarkibi O’zbekistonda oxirgi 30 yilda 40-50% ga kamaydi. Respublikamizning sug’oriluvchi yerlarida tuz to’planishi va ikkilamchi sho’rlanish xavfi kun tartibidagi eng jiddiy masalalardan bo’lib qolmoqda. Zaharli tuzlar qoldig’i o’tirib qolganligidan tuproqning unumdorligi darhol yo’qoladi, sug’oriluvchi yerlar qishloq oborotidan tez chiqib ketadi, negaki, sho’rlanishga qarshi kurash yetarlicha bo’lmaydi.
Sug’oriladigan yerlar sho’rlanish darajasiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi; sho’rlanmagan yerlar, kam sho’rlangan yerlar, o’rtacha sho’rlangan yerlar, kuchli va o’ta kuchli sho’rlangan yerlar.
Respublikamiz umumiy yer fondida 2010 yil holatiga ko’ra sho’rlanmagan yerlar-22,2%, kam sho’rlangan yerlar-10,4%, o’rtacha sho’rlangan yerlar-15,5%, kuchli sho’rlangan yerlar-14%, sho’rlangan tuproqlar-6,4 % va boshqa turdagi yerlar 31,5% ni tashkil etgan. Davlat tabiat qo’mitasi, 2013 yil) 2011 yilga kelib, sug’oriluvchi yerlar meliorativ xolatini yaxshilash bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida sho’rlangan yer maydonlari qisqardi va jami sug’oriluvchi yerlarning 49% ni tashkil etdi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida sho’rlangan yerlar jami yer maydonining taxminan 52% ni tashkil etadi, shundan 18% o’rtacha va kuchli sho’rlangan yerlar sirasiga kiradi. Eng ko’p sho’rlangan maydonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Fargona viloyatlaridir, bu yerlarda solishtirma sho’rlanganlik darajasi amalda o’zgarmasdan qolmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi (90-95%), Buxoro (96%) va Xorazm (95-100%) viloyatlari tuprog’i eng yuqori darajada sho’rlangan. Sho’rlangan yerlar maydoni kengayishi mintaqada sug’orish tizimlarining foydali ish koeffistientlari pastligi bilan bog’liq. Asosiy daryolarning quyi oqimlarida bir gektar yerga suv bilan har yili 18-20 tonna tuz oqib keladi. (Cho’llanishga qarshi kurash bo’yicha Milliy dastur ma’lumoti). Qo’pincha, bu tuzlar drenaj suvlari bilan ortga qaytadi, lekin talay qismi baribir tuproqda o’tirib qoladi.
Tuproqning sho’rlanishi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga katta zarar keltiradi. U yangi yerlarni o’zlashtirish va ekinlar ekishga to’sqinlik qiladi, ularning hosildorligini pasaytiradi, sifatini yomonlashtiradi va vegetatsiya davrining cho’zilib ketishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda tuproqning sho’rlanishi bilan kurashishning birdan–bir samarali metodi irrigatsiya va meliorastiya tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida sho’r yerlar ekin ekish uchun yaroqli holga keladi. Yerlarni o’zlashtirish va ularning meliorativ holatini yaxshilash uchun huqumatimiz har yili juda katta mablag’ ajratadi va juda katta maydonlarda meliorativ tadbirlar o’tkaziladi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda tuproqshunos melioratorlarning hissasi juda kattadir. Shuni alohida qayd qilib aytish kerakki, agromeliorativ tadbirlar amalga oshirilgandan keyin ham sho’rlanishga moyil bo’lgan tuproqlarda tuzlarning ta’siri saqlanib qoladi va qayta sho’rlanish tufayli bu yerdagi o’simliklarning mahsuldorligi tuprog’i sho’rlanmagan yerlardagi mahsuldorlik darajasiga etib bormaydi.

II BOB. TUPROQ HOSIL QIILUVCHI OMILLAR.
Unumdor tuproq – bu inson xayoti uchun yaratilgan tabiiy resurs, toza havo, toza suvdan ahamiyati jihatidlan kam bo’lmagan buyuk ne’mat.
Fransuz zoolog-ekolog olimi Jan-Dorst ta’biri bilan aytganda, tuproq bizning eng qimmatbaxo boyligimiz. Hayot va yerni ustki biotsenozlari uchun qulaylik, tabiiy va sun’iy yerning eng ustki yupqa qatlami bilan bog’liq insonlar hayoti uchun zarur bo’lgan barcha mahsulotlar tuproqdan olinadi. Shuning uchun biz tuproqni, ona zaminni asrab-avaylashimiz zarur.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992 yil Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan «Atrof-muhit va rivojlanish» mavzusidagi xalqaro konfyerentsiyasining qarorida tuproq muhofazasi va undan oqilona foydalanish davlat siyosatining markaziy buguni bo’lishi kerakligi, tuproqning holati insonlarning taqdirini belgilashi va atrof-muhitga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishi ta’kidlangan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda dunyo bo’yicha eroziyaga, defolyatsiyaga uchragan va xavfli defolyatsiyaga moyil qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan maydonlar 50 foizdan ko’pchilikni tashkil qilmoqda va bu jarayon davom etmoqda.
«Tuproq degradatsiyasi–bu inson faoliyati ta’siridagi jarayonlar yig’indisi va tuproqning insonlar hayotini qo’llab-quvvatlaydigan qobiliyatini kamaytirishdir».
«Tuproq degradatsiyasi va yer tabiiy va antropogen jarayonlar yig’indisini ko’rsatadigan tuproqlar fizik funktsiyasining o’zgarishiga va ularning miqdor, sifatini hamda xossalarining yomonlashishi, yerlarning tabiiy ishlab chiqarish ahamiyatining pasayishiga olib keladi».
«Tuproq degradatsiyasi deganda, barcha tuproq xossalari, funkstiyalari yigindisi, tabiiy rejimlari hamda ekologik tizimlar elementi sifatidagi tuproq vazifalarining o’zgarishi-ning jarayonlari va natijalari tushuniladi».
Yuqorida keltirilgan aniqliklarni tuproq elementlar arsalidagi barcha kompleks degradatsiyaga oid o’zgarishlarga qo’llash mumkin va shu bilan birga aniq bir degradatsiya turiga ham tadbik kilsa bo’ladi. Bu endoshishlar tuproq strukturalari koplami kulamida tarkalishi mumkin.
Tuproq fizikasi tuproqning fizik, suv-fizik va fizik-mexanik xususiyatlarini hamda undagi fizik jarayonlar va rejimlar majmuasini urganadi. Bu jarayonlar qishloq va o’rmon xo’jaligi, uy-joy, sanitariya hamda kurort muassasalari kurilishi maksadlariga tadbik etishning asosiy tadbirlarini kursatib byeradi va ishlab chikadi.
Tuproq fizikasi quyidagi 4 ta katta bulimdan iborat.
Birinchi bulim-tuproq qattiq qismi fizikasini urganadi. U tuproqning mexanik va mikroagregat tarkiblari (mexanik elementlarning kelib chiqishi, ularning petrografik, mineralogik tarkiblari va ximiyaviy xossalarini, mexanik elementlarining katta kichikligiga karab tasnifini, mexanik va mikroagregat tarkibini o’rganish uslublari tuproqlarining mexanik tarkibiga kura tasnifi mexanik tarkibiga kura bonitirovka qilishni, mexanik tarkibini o’rganishning ahamiyatini va olingan ma’lumotlarni rasmiylashtirishni: ularning strukturali va dispyerslik koeffistientlarini): tuproqning solishtirma yuzasi va yerkin yuza enyergiyasini; tuproqning solishtirma va xajm massalarini, g’ovakligi hamda ularni o’rganish uslublarini, tuproq strukturasini, tuproq qattiq fazasining fizik-mexanik xossalarini: plastikligi, yopishqoqligi, bo’kishi, cho’kishi, ishlov asboblariga qarshiligi, ularni o’rganish metodlarini o’z ichiga oladi.
Ikkinchi bo’lim-tuproq suyuq qismi fizikasi, bunda tuproq tarkibida mustahkam bog’langan (gigroskopik, minimal gigroskopik, o’simlikning so’lish namligi), bo’sh bog’langan (maksimal molekulyar suv) va erkin (dala nam sig’imi, kapillyar va to’la nam sig’imi) kapillyar, gidroskopik suvlarning fizik xossalari, tuproqning suv rejimi tiplari, tipchalari, suv o’tkazuvchanlik, kapillyarlik xossalari, sizot suvlari, ularning kelib chiqishi va suv xossalariga ta’siri, qurg’oqchilik va unga qarshi kurashish metodlari, tuproq suvining fizik xossalarini urganadi.
Uchinchi bo’lim-tuproq havosining fizikasi tuproq tarkibini, uning o’zgarishini, undagi havo va gazlar almashinuvini, tuproq havo rejim iva unda boshqarishni, tuproq havosi tarkibini o’rganish uslublarini uz ichiga oladi.
Turtinchi bulim-tuproqning qattiq, suyuk qismi va havosining tyermik (tuproq tempyeraturasi, albedo, tempyeratura va issiqlik utkazuvchanlik, issiqlik rejim iva uni o’rganish metodlari) va elektr utkazuvchanlik xossalarini uz ichiga oladi.
Tuproq fizik xossalari va rejimlari V.V.Dokuchaev taklif etgan geografik hamda morfologik metodlari yordamida aniklanadi. Bunga dala kuzatishlari, maxsus laboratoriya metodlari, zaruriyat extiyoji bilan tuproq sharoitlarini modullashtirish metodlari ham kiradi.
Tuproqdagi g’ovaklar sistemasini hamda mexanik elementlar va agregatlarini joylashish tartibini o’rganish hamda solishtirma yuzani xisoblash maqsadida mikroskopiyadan, tuproqlarning mineralogik tarkibini rentgenografiya va elektromikroskopiya metodlari yordamida o’rganiladi.
2.1. Buxoro viloyati iqlim sharoiti
Viloyat iqlimi albatta bir necha omillarning o’zaro hamkorligi ta’sirida vujudga keladi.
Lekin, o’lka hududining geografik o’rni bu borada yetakchi ahamiyatga molikdir. Agar O’rta Osiyo o’lkasini Yevro Osiyo materigini ichki qismida joylashganligini ko’z oldimizga keltirsak, Buxoro viloyati hududi esa O’rta Osiyo cho’llarining salkam o’rtasidan o’rin olgan bo’lib, janubiy (subtropik) cho’llariga xos iqlimiy xususiyatlarga egadir. Xulosa qilib aytganda, Viloyat hududi uchun subtropik belgilarga xos bo’lgan keskin kontenental cho’l iqlimi xarakterlidir. Kecha bilan kunduz, qish bilan yoz xaroratlari o’rtasidagi keskinlik, nisbatan sernam, injiqli baxor, uzoq (III-V oylar), quruq, jazirama issiq, o’ta yorug’ yoz, qisqa (IX-XII oylar) va turg’unsiz kuz; iliq ba’zida esa ayozli muqim bo’lmagan qish, iqlimning asosiy belgilaridir. Viloyat serquyosh o’lkalaridan biri hisoblanadi. Yil davomida quyoshli damlar 2800-3000 soatga yetadi. (Toshkentda 2852, Termizda 3053 soat). Quyoshdan keladigan radiatsiyaning yalpi miqdori 150-160 kkalga teng. Foydali haroratning ya’ni o’rtacha kunlik musbat 10 darajadan ortiq bo’lgan xaroratning yillik yig’indisi 4800-5100 darajagacha boradi. Bu hol o’ta issiqsevar madaniy o’simliklar yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Viloyatimizda eng sovuq muddat yanvar, eng issiq esa iyul oylaridir.
Viloyat landshaftlarining ekologik xususiyatlarini belgilovchi, yetakchi omillardan biri iqlimiy sharoitdir. Bu maskan uchun O’rta Osiyoning janubiy cho’llariga xos iqlim, ya’ni subtropik belgilarga ega bo’lgan keskin kontinental cho’l iqlimiga mosdir. Kecha bilan kunduz, yoz bilan qish o’rtasidagi havo harorati o’ta keskin. Bahor nisbatan sernam. Ba’zida ofatli (qora sovuqlar, sel, do’l yog’ishi, kuchli shamollar) yoz uzoq (5-9 oylar) quruq, jazirama va o’rta yorug’likda.
Kuz esa (10-11) va turg’unsiz, qish iliq, ba’zan ayozli, muqim emas. Issiqlik manbai hisoblangan quyosh radiatsiyasining miqdori 150-160 kkal.
Faol haroratning (10) yillik yig’indisi 4550-5000 atrofida. Eng sovuq oy yanvar bo’lib, o’rtacha harorat 0 va 0,6, iyulda esa 28-31,5. Eng past harorat -25 (1969, 1984), eng yuqori harorat 45-46 gacha kuzatiladi.
Viloyat hududida tabiiy namlanish juda kam. Yillik yog’inlar 90-150 mm atrofida, mumkin bo’lgan yillik bug’lanish esa 2000 mm, Bu borada viloyat hududi o’ta qurg’oqchil zonaga mansubdir.
Cho’l zonasidagi geoekologik holatni shamollarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Issiq va qurg’oqchil iqlim va yoz mavsumidagi yarim yalang’och, qaragan yuzalar shamol eroziyasi cho’llanish jarayoni uchun qulay imkoniyatdir. «Qum bosish» davrining (1850-1941 yilar) bo’lganligi ushbu makon tarixidagi mudhish haqiqatdir. Shamollar aksariyat shimol tomonidan esadi. «Faol shamollar» (4 m.s) yoz oylarida kuchayadi. Tezligi 15 m.s va undan ortiq bo’lgan shamollar bir yilda takrorlanadi. Shamollar quruq va issiq garmselning salbiy ta’sir kuchini oshiradi va madaniy ekinlar hosiliga ofat keltiradi. Hududda ko’chma qumlarning katta maydonlari bo’lishi ham bevosita shamollar faoliyati oqibatidir.
2.2. Geologik va geomorfologik tuzilishi.
Yer (yer kadastri) sharoitini to’g’ri baholashda shu joylarning geologik va geomorfologik tuzilishini bilish katta ahamiyatga egadir. Xalq xo’jaligi tomonidan qo’yiladigan assosiy talablarini ta’minlash uchun, topografik xaritalarda yer yuzasining tuzilishini va rel’ef hosil qiluvchi jarayonlar yo’nalishini mukammal ko’rsatishda, qo’yidagi ta’lablarni bajarish kerakdir:

  1. rel’ef tasviri geografik nuqtai nazardan to’g’ri bo’lishi;

  2. berilgan masshtabda rel’ef o’ta aniq tasvirlanishi;

  3. Rel’ef tasviri o’ta yaqqol bo’lib, rel’ef shaklining fazoviy joylanishi to’g’ri ko’rsatilishi kerak.

Bu talablarni kartogrof tomonidan to’g’ri bajarilishi, uning geologo-geomorfologik fanlardan ilmining saviyasiga bog’liqdir. To’g’ri tuzilgan va yaxshi bezatilgan topografik xaritalar imorat va ishoatlarni loyihalashda, hamda tabiy muhitni muhofaza qilish uchun, xududlarni baholashda, tabiiy va insoniyat injenyer-xo’jalik faoliyati jarayonlarini to’g’ri aniqlashda, eng asosiy beboho ma’lumot hisoblanadi.

Download 114,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish