Buxoro tuman 29- umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi



Download 30.86 Kb.
Sana20.05.2017
Hajmi30.86 Kb.
Buxoro tuman 29- umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Jamila sharopovaning adabiyot fanidan namunali dars mazmunnomasi

26 – noyabr



Sinf: 6 “A”

Mavzu: Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi.

Dars maqsadi:

a) O’quvchilarni adib hayoti va ijodi bilan tanishtirish yozuvchining so’z qo’llash mahoratini anglatish.

b) O’quvchilarda o’zgalar baxtsizligi hisobida kun ko’ruvchi manfaatparast, xudbin kimlarga nafrat, ojizlarga xayrixohlik, zulmga isyon si/ngari ma’naviy xislatlarni shakllantirish.

d) O’quvchilarning izlanish, o’z ustida ishlash va ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirish.



Dars turi: Yangi bilim berish.

Dars uslubi: Bahs-munozara, klaster.

Darsning jihozi: Abdulla Qahhor suratlari, referatlar, buklet, adibning asarlari,slaydlar, elektron doska, kompyuter.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Navbatchi axboroti, o’tilgan mavzuni so’rash.

Darsning rejasi:

  1. Abdulla Qahhor ijodi.

  2. Abdulla Qahhor hikmatlaridan namunalar.

  3. Abdulla Qahhor- tarjimon.

  4. Shoir va yozuvchilar Abdulla Qahhor haqida.

Darsning shiori:

Fan ko’kida qil parvoz

Qancha bilsang shuncha oz.

O’qituvchi:Darsimiz nima aziz o’quvchilar?

Sabrina

Go’daklikdan rom aylagan

Turli ertaklar so’ylagan

Ma’rifat eshigin ochib

Asrar har bir yomonlikdan

Adabiyot kitobimiz.

Abbos

Navoiyning navosi-yu

Bobirshohning faryodi-la

Tarixdan hikoyatlarni

Qalbga sepdi bayot ila

Adabiyot kitobimiz

Oqituvchi:

Aziz o’quvchilar bugungi adabiyot darsimizni boshlaymiz. Biz o’tgan adabiyot darsida qaysi mavzu bilan tanishgan edik.

O’quvchi:

Biz o’tgan adabiyot darsimizda Muqumiyning “Tanobchilar” hajviy asarini o’qigan edik. Uyga vazifa qilib,

Tanobchilar” hajviy asaridan parcha yodlab kelish edi.



1-o’quvchi:

Tanobchilar” hajviy asaridan parcha aytadi.



2-o’quvchi:

Tanobchilar” satirik hikoyasi kimning arz-dodi bilan boshlanadi?



Javob:Tanobchilar satirik hikoyasi amaldorlar zulmiga yo’liqqan dehqon arz- dodi bilan boshlanadi.

O’qituvchi:

Hurmatli o’quvchilar bugungi adabiyot darsimiz Abdulla Qahhorning hayotiga bag’ishlanadi. Men Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini dars seminar tarzida tashkil etishga harakat qildim “ Dars seminar” darsini tashkil etishga quyidagi reja asos bo’ladi.

Abdulla Qahhor ijodi.

XX asr o’zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan ulug ‘ adib, shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo’qonda temirchi oilasida dunyoga keldi.

Abdulla Qahhor tug ‘ilib o’sgan oila mashaqqatli hayot dahshatlarini boshidan kechirdi. Otasi Abduqahhor Jalilov temirchilik bilan kun ko’rgan. Oila tirikchilig tufayli Qo’qon atrof-qishloqlarini kezib, ko’chib yurgan. Abdullaning bola ligi Qo‘qon, atrofidagi qishloqlarda kechadi.

Abdulla o’n yoshga kirganda Buvaydodagi eski maktabga o’qishga boradi, ya’ni Oqqo’rg ‘on qishlog ‘idagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko’rdi.

Oilasi Qo’qonga ko’chib kelgach “Istiqlol” nomli maktabda o’qishni davom ettiradi, undan internat, “Kommuna”, “Namuna” maktablarida, so’ng bilim yurtida tahsil ko’radi. Abdulla Qahhor bilim yurtining “Adib” qo’lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi “Qizil O’zbekiston” gazetasi tahririyatining “Ishchi-batrak maktublari” varaqasiga muharrirlik qiladi. 1925 yilda u gazetada ishlash jarayonida O’rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi. Abdulla Qahhor yana Qo’qonga borib, dastlab o’qituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi. U ko’p vaqt o’tmay “Yangi Farg ‘ona” viloyat gazetasiga kotib va “Chig ‘iriq” hajviy bo’limiga mudir etib tayinlanadi.

Abdulla Qahhor adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. Uning “Oy kuyganda” ilk hajviy she’ri 1924 yilda “Mushtum” jurnalida “Norin shilpiq” taxallusi ostida bosildi. So’ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoyalari “Mushtum”, “Yangi yo’l” jurnallari va “Qizil O’zbekiston” gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida e’lon qilindi.

Abdulla Qahhorning ijodi she’riyat bilan boshlangan bo’lsa-da, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlari tashkil etadi. “Boshsiz odam” hikoyasi 1929 yilda chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publististika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi.

Adibning birinchi “Qishloq hukm ostida” qissasi 1932 yili chop etilgan. Keyinchalik 1933 yilda “Olam yosharadir”, “Qotilning tug ‘ilishi”, 1935 yilda “Qanotsiz chittak”, 1936 yilda “Maston” kabi hikoyalari to’plamlari nashrdan chiqdi.


Abdulla Qahhor hikmatlaridan namunalar


Odam bolasi stirkning oti emaski, qamchi qarsillaganda cho’kkalasa.

* * *


Katakda semirib yotgan tovuq uchishning foyda-ziyonini qayoqdan bilsin.

* * *


Dushmaning otgan toshdan, jigaring otgan uvada qattiq tegadi.

* * *


Umrdan boshqa hamma narsaning qisqa bo’lgani yaxshi. Umr sal uzun bo’lsa, zarari yo’q.

* * *

Abdulla Qahhor tarjimon


Abdulla Qahhor adabiyot tarixida o’z sahifasini ochgan, o’z ovozi va uslubiga ega bo’lgan yozuvchi sifatida, san’atkor sifatida qimmatlidir. Uning bir qancha asarlari millionlab kitobxonlarning e’tiborini qozondi. Yozuvchi asarlari butun dunyoga mehnatsevar, donishmand o’zbek xalqi haqida, uning ma’naviy kamoloti haqida hikoya qiladi.

Abdulla Qahhor ijodining g ‘oyaviyligi va zamonaviyligi uning haqqoniyligidadir.

Abdulla Qahhor faqat novellachi, yirik janrlarda asarlar yaratgan yozuvchi sifatidagina emas, balki yaxshi tarjimon sifatida ham mashhurdir. U avvalo rus adabiyoti, keyin chet el adabiyotidan qator asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etgan. O’zbek kitobxonlari Abdulla Qahhor orqali ushbu tarjimalarni o’qishga muyassar bo’lganlar.

Ma’lumotlarga ko’ra, Abdulla Qahhor dastlab, rus adabiyoti- dan 1931 yilda F.Gladkovning “Olovli ot” romanini, keyincha- lik A.Serafimovichning “Temir oqim” romanini (1933), A.P.Chexovning “Kashtanka” hikoyasini (1936),


Abdulla Qahhor haqida


Yillar va yillar o’taveradi. Abdulla Qahhorning kitob- lari esa yashayveradi!

Lidiya Bat

Garchi bu olijanob inson olamdan o’tgan bo’lsa ham, asar- lari abadiy tirikdir. Uning romanlari, pesalari, hikoya va povestlari hamisha yangi, ohori to’kilmagan, hamisha kitob- xonlarga ma’naviy ozuqa beradi. Abdulla Qahhorday zargarona ijod qilgan, uningday haqiqiy san’atkor, o’z ishining mohir ustasi bo’la olgan, hamisha sarbaland yurib, o’z xalqi bilan iftixor etgan mag ‘rur yozuvchigina chinakam baxtli ijodkordir.

Jalol Ikromiy

Abdulla Qahhorning shuhrati va shonli ijodi bilan o’zbek xalqi qatori men ham quvonaman va faxrlanaman.

Berdi Kerboboev

Men adabiyotimizdagi ulkan ijodkorlar orasida Abdulla Qahhordek kamtar va kamsuqum ijodkorni bilmayman.

G ‘abit Musrepov

Qahhor haqiqiy inson edi, u adabiyotda umrboqiy asarlar qoldirdi.

K.Simonov

Ustoz har bir uchrashuvga yangi, tesha tegmagan gap bilan kelar edilar, bir soatmi, ikki soatmi butun auditoriya u kishining og ‘zilariga qarab o’tirardi. Bu–noyob talant namunasi edi, bu uncha-muncha notiqning qo’lidan keladigan ish emas edi.

* * *


Abdulla Qahhor o’ta nozikta’b, madaniyatli odam edilar.

Men u kishining biror marotaba otimni aytib, baland tovush bilan chaqirganlarini eslayolmayman. Bozor-o’charga borib qolsak, nuqul: “Qanisiz, qanisiz?” deb orqamdan yurar edilar.

K.Qahhorova

U minglab, o’n minglab kishilarning qalbiga hayot chirog ‘ini yoqib ketdi. Bu chiroq uning kitoblari, o’quvchilari, shogirdlari, do’stlari...

Ustoz yoqib ketgan chiroq hech qachon o’chmaydi.

Said Ahmad

Abdulla Qahhorning XX asr o’zbek adabiyoti tarixidagi o’rni nihoyatda ulkandir.

N.Karimov

Abdulla Qahhor boy tajribali, badiiy so’z san’atini puxta egallagan yozuvchidir. Uning barcha asarlarini kitobxon- lar katta e’tibor bilan sevib o’qiydilar. Uning tili va uslubi katta masterlar darajasida. Xarakterlari aniq, bir-biridan keskin ajralib turadi.

Oybek

Yo’llar ortimizda qolar edilar,

Sahrolar qolardi cheksiz, betakror,

Nega ular cheksiz, desak dedilar.

Bu erdan o’tgandi Abdulla Qahhor.

A.Oripov

Darsni mustahkamlash:

Klaster usulidan foydalanamiz.

Yakunlash va xulosalash: O’quvchilar bilimi baholanadi.

Uyga vazifa:

Abdulla Qahhor hayoti va ijodi va uning “Bemor ”hikoyasini o’qib kelish.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa