Buxoro Tibbiyot Kolleji 3-11 guruh Farmakognoziya va Botanika O’qituvchi : Xalilova. R. S Mavzu: - Oshlovchi moddalar saqlovchi dorivor o’simliklar va mahsulotlar.
REJA: - Oshlovchi moddalar haqida tushuncha
- Chernika o’simligi
- Olxa o’simligi
- Ilonsimon toron
Oshlovchi moddalar: - Oshlovchi moddalar — teri va moʻynani oshlashda ishlatiladigan moddalar. Oshlovchi moddalar mineral va organik turlarga boʻlinadi. Xrom, alyuminiy, sirkoniy, titan, kremniy, temir birikmalari mineral Oshlovchi moddalarga kiradi. Bu birikmalarning koʻpchiligi sulfat kislota tuzlari boʻlib, suvli eritmalar holida ishlatiladi. Xrom birik-malari teri va moʻynalarning barcha turini oshlashda keng qoʻllanadi. Sirkoniy birikmalari terini chidamli va sirtini silliq qiladi.
Organik. Oshlovchi moddalar hayvon, sunʼiy va sintetik turlarga boʻlinadi. Turli baliqlar va dengiz hayvonlarining yuqori toʻyinmagan yogʻlari hayvon Oshlovchi moddalariga mansubdir. Ular zamshani oshlashda qoʻllanadi. Oʻsimlik Oshlovchi moddalariga kiradigan tannidlar oʻsimlik organlarida boʻladi. Turli oʻsimliklardan olingan tannidlarning tarkibi turlicha, ular gidrolizlanadigan, kondensirla-nadigan va aralash xillarga boʻlinadi. Tannidlar eritmasini har qanday turdagi terini oshlashda ishlatish mumkin
Sunʼiy Oshlovchi moddalar yuqori molekulali moddalar boʻlib, organik xom ashyolarni qayta ishlovchi sanoat chiqindilaridan iborat. Sunʼiy Oshlovchi moddalar ishlatish oson boʻlishi uchun konsentrlanadi, baʼzida esa tozalanadi. Sellyulozani qayta ishlashda hosil boʻlgan sulfit-sellyuloza ekstrakti sunʼiy Oshlovchi moddalarning yaqkrl vakilidir. Bu xil Oshlovchi moddalar teri yarim fabrikatiga tannidlarga Karaganda tez singadi.
Sintetik Oshlovchi moddalar yoki sintanlar turli organik birikmalardan olinadigan Oshlovchi moddalardir. Fenol va uning xreilalari, aromatik uglevodorodlar, naftollar, sulfonlar, lignosulfon kislotalar, formalin, mochevina va boshqa sintanlarning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Sintanlarning oʻsimlik Oshlovchi moddalar bilan birga ishlatiladigan xili ham bor. Yukrri sifatli sintetik Oshlovchi moddalar olini-shi natijasida qimmatbaho eman da-raxti ekstrakti ishlab chiqarish keskin ravishda kamaydi. Oshlovchi moddalarning turi koʻpaydi, xos-salari va sifati yaxshilandi va teri ishlab chiqarish jarayoni tezlashdi.
Chernika - Chernika (Vaccinium) — erikadoshlarga mansub buta yoki yarim butalar turkumi. 200 dan ortiq turi bor. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning oʻrta va sovuq iklim sharoitlarida, Kavkaz, Gʻarbiy va Sharqiy Sibir hamda Uzoq Sharqsa tarqalgan. Oddiy Ch. (V. myrtillus) turi AQSH va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ekiladi. Boʻyi 15—40 sm. Ildizi uzun, tarqoq. Gullari ochyashil, gulbandlarida yakkayakka joylashgan.
May—iyunda gullaydi. Chetdan changlanadi. Mevasi iyulavg .da yetiladi, tarkibida 12% oshlovchi modda, 44 mg% S vitamini, qand, limon va olma kislotasi, boʻyoq moddalari, siydik va qonda qand miqdorini kamaytiruvchi neomirtillin glikozidi bor. Yangi mevasidan kisel, vino, likyor va boshqa tayyorlanadi. Tibbiyotda Ch.ning quritilgan mevalaridan ich ketishini qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Oq qaragʻay, qaragʻay, eman, qayin, kashtan oʻrmonzorlarida, tundra, oʻrmon tundra, toglarda usadi. Tabiiy holda ildizpoyasidan koʻpayadi.
Olxa o’simligi (kandag’och) Ilonsimon toron - O’simlikning nomi: Ilonsimon toron (еr qo’noq) - Polygonum bistorta L; Oilasi. Tarondoshlar - Polygonaceae. Ilonsimon toron o’simligi ko’p yillik bo’lib ildizpoyasi ilonsimon buralgan. Poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan, bo’yi 100 sm. Ildizoldi barglari tеkis qirrali, kеng lantsеtsimon, uzun va qanotli bandi bor. Poyada barglari tеkis qirrali, kеtma-kеt o’rnashgan. Qo’shimcha barglari naychasimon bo’lib, poyaning bo’g’imini o’rab turadigan qin xosil qiladi.
Gullar boshoqsimon to’p gulni xosil qiladi. Guli to’g’ri, mayda, pushti rangda. Gulqo’rg’oni oddiy, asos qismiga qadar 5 bo’lakka qirqilgan gultojidan iborat, mеvasi uch qirrali yong’oqcha. May oyida gullaydi, iyul oyida еtiladi. Gеografik tarqalishi. MDX ning Еvropa, G’arbiy Sibir, Ukraina, Bеlorussiyada kеng tarqalgan. Mahsulot tayyorlash. Kuzda kavlab olinadi, ildizlaridan ajratib yuviladi va pеchlarda quritiladi
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Mahsulot 2 marotaba ilonsimon burilgan bo’lib uzunasiga 3-5 sm (10 sm), yo’g’onligi 1,5-2 sm bo’ladi. Tashqi tomoni to’q qizil-qo’ng’ir, ichi esa pushti rangli. Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Po’kak bilan qoplangan, uning ostida aylanma bo’ylab bir qator joylashgan o’tkazuvchi to’qima bog’lamlari joylashgan. Ana shu bog’lamlar ochiq (kambiyali), kollatеral tipda tuzilgan bo’lib, floema qismini yuqori qismida stеridlar to’pi joylashgan. O’zak parеnximasida yirik druzlar va mayda kraxmal donachalari bor.
Kimyoviy tarkibi. 15-25% pirogallol tipidagi oshlovchi moddalar, 0,44% galla va elag kislotalari, katеxin, antroxinon, vitamin S, kraxmal (25%) va boshqalar bor. Ishlatilishi. Dorilari burishtiruvchi va antisеptik sifatida, mе'da-ichak, og’iz bo’shlig’i kasalliklarida qo’llaniladi. Dori turlari. Suyuq ekstrakt - Extractum Bistortae fluidum, qaynatma, choylar tarkibiga kiradi.
E’tiboringiz uchun RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |