Buxoro tarixi


-mavzu: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar



Download 342,68 Kb.
bet10/66
Sana15.01.2022
Hajmi342,68 Kb.
#368529
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Bog'liq
trf5 ты

7-mavzu: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar

Reja:

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.

  2. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish.

  3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

  4. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. XX asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida “Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi” degan nom bilan katta hududni egallagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi. Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa, qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.

Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi.

YUqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi. 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million kishini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 1,7 % ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni jami aholining 50,6 % ini, qishloq aholisi 49,4 % ni tashkil qiladi. Aholisi soni 3 million kishidan oshgan hududlar soni 4 ta bo‘lib, ular Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari hisoblanadi. O‘zbekistonda O‘rta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan ko‘prog‘i yashaydi.

Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari – sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham etishmaganini ko‘rsatadi.

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borishi hisoblanadi.

Ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi.

Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borildi. Ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining etakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda, muhimi, mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.

1992–2017-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning, oliy o‘quv yurtlari talabalarining, aspirantlarining, doktorantlarining stipendiyalari miqdori bir necha bor oshirildi. Pensionerlarning ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelar edi.

1994-yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar bo‘lib qoldi. 1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

1996-yil dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishni kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida “Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” yana bir muhim farmon qabul qilindi. Unda 1997-yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, tug‘ma nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarni murakkab jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlari amalga oshirildi.

1997-yildan boshlab har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.

Keksalarni himoya qilish. Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qismini, shu jumladan, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2005-yil – “Sihat-salomatlik yili”da 2 mingga yaqin yolg‘iz nuroniyning uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, kam ta’minlangan oilalar va keksa fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yildagi “2007–2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Nuroniy” jamg‘armasi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, faxriylarning davolanish maskanlariga, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga dori-darmon vositalari etkazib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda nuroniylar to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tkazildi. Toshkent shahrida faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o‘rinli “Nuroniy” shifoxonasi xizmat qilmoqda. Viloyat shifoxonalari qoshidagi kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat bo‘limlari hamda mahalliy hokimliklarning amaliy yordami tufayli tashkil etilgan yolg‘iz keksalar va nogironlarni bepul davolovchi “Nuroniylar xonalari” faoliyat ko‘rsatmoqda.

Respublikamizdagi barcha “Saxovat” va “Muruvvat”, “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan har yili moddiy yordam berib boriladi. 2015-yilda ham keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida 2015-yil – “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, ular sanatoriy va kurortlarda davolanmoqda, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda.

Har yili 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan urush qatnashchilari mukofotlanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari 2 mln. so‘mdan mukofotlandilar. Urush qatnashchilarining ayrimlariga to‘la jihozlangan uylar, Haj ziyoratiga bepul borish va navbatsiz avtomobil sotib olish imtiyozlari berildi.

Mamlakatimizda 2007-yilning “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘ldi. SHu ma’noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rioya etishi lozim bo‘lgan asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi.

Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi. Respublikada onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va bola skriningi” Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yilda “2009–2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi.

2015-yilga kelib Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom. «Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or etakchi o‘nta mamlakat qatoriga kirdi.

Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.

2016-yil O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. 2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi.

O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.

Uy-joylar qurilishi. Istiqlol arafasida, hali mustabid tuzum hukmronlik qilib turgan bir paytda, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak jasorati bilan aholini uy-joyli qilish masalasining echimi topildi. Natijada 1989–1990-yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha er ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa erlari berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan boshlangan qishloq infratuzilmasini yangilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bugun qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitektura asosida tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, 2009–2016-yillarda qishloq joylarda 70 mingga yaqin shinam namunaviy uy-joy bunyod etildi. Pirovardida 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017–2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha imtiyozli uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, qishloq qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Ayni paytda qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi shartlari joriy etildi. SHuningdek, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda aholining barcha qatlamlari uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qildi. Qarorga ko‘ra, qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qo‘shimcha ravishda ikki, uch qavatli (2, 3 xonali) uy-joylar qurildi. SHuningdek, aholi zich joylashgan tumanlarda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan bir qavatli 2 va 3 xonali, maydoni 0,04 gektar bo‘lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uylarning yangi namunalari joriy etildi. Bundan tashqari, 2017-yildan boshlab mamlakat poytaxti va viloyatlarda uy-joyga ega bo‘lmaganlar, harbiy xizmatchilar, yosh olimlar va ichki ishlar xodimlari uchun imtiyozli uy-joylar qurilib, egalariga topshirilmoqda.

8-mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot (1-qism)


Reja:

  1. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.


  3. Download 342,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish