Buxoro soliq texnikumi


AMALIYOTNI TASHKIL QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI



Download 163,5 Kb.
bet3/6
Sana27.04.2022
Hajmi163,5 Kb.
#585173
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplom oldi dasturi chiqarishga

3. AMALIYOTNI TASHKIL QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI.
Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshliqlarining O’z xavfsizligi va komplayens-nazorat bo’limi xodimlari, Davlat soliq inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarlari hamda amaliyot rahbarlari o‘quvchilarga amaliyot o‘tish uchun sharoitlar yaratib beradilar, ulaming ish o‘rganishini dastur asosida tashkil etilganligi, davomati va tartibini nazorat qilib boradilar.
Diplom oldi amaliyoti texnikum Nizomiga, O‘zbekiston Respublikasi DSQ va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi rahbari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq tuman, shahar Davlat soliq inspeksiyalarida to‘liq o‘qish kursi davomida amalga oshiriladi. Amaliyotni tashkil etish va boshqarish texnikum direktorining ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha o‘rinbosari tomonidan olib boriladi va nazorat qilinadi.
O‘quvchilar amaliyotni yashash joylaridagi tuman va shahar Davlat soliq inspeksiyalarida o‘taydilar. O‘quv rejasiga muvofiq fanlardan yakuniy reyting nazorat sinovlarini topshirgan, o‘quv rejasini to‘la bajargan o‘quvchilar Diplom oldi amaliyotiga qo‘yiladilar va ularni amaliyotga yo‘llash to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Diplom oldi amaliyoti o‘tash uchun har bir o‘quvchiga texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan amaliyotni o‘tash dasturi va kundalik daftar beriladi.
O‘quvchi tomonidan kundalik daftarga Davlat soliq inspeksiyalarining tegishli bo‘limlarida amalga oshirilgan ishlar har kuni yozib boriladi va bo‘lim rahbari tomonidan imzolaniladi.
Tuman, shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan amaliyot o‘tagani kelgan o‘quvchilarga tajribali va bilimli xodimlar tarkibidan amaliyot rahbari tayinlanadi. DSI rahbariyati:

  • amaliyotga qabul qilish to‘g‘risida buyruqni amaliyotning boshlanish kunida ta'lim oluvchilar va inspeksiya xodimlarining birgalikdagi yig‘ilishida e'lon qiladi;

  • ta'lim oluvchilarning amaliyotga qatnashishlarini nazorat qilish maqsadida DSI kadrlar bo‘limi tomonidan maxsus kitob tashkil qilinishi va unda ta'lim oluvchilarning amaliyotga qatnashishlarini qayd qilib borilishini ta'minlaydi;

  • amaliyot dasturiga muvofiq, ta'lim oluvchilar uchun amaliyot samaradorligini ta'minlovchi ish joylari bilan ta'minlaydi;

  • ta'lim oluvchilarga mavjud adabiyotlar, hisobotlar, me'yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlardan foydalanish (mumkin bo‘lgan hollarda nusha olish) imkoniyatlarini yaratadi;

-mehnat faoliyati xavfsizligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beradi;
-amaliyot boshlanishidan oldin ta'lim oluvchilar bilan amaliyot intizomi va ish rejimi to‘g‘risida profilaktik suhbat o‘tkazadi va bu to‘g‘risida tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi;
- amaliyot dasturiga muvofiq amaliyot rahbari va ta'lim oluvchi tomonidan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda tuzilgan amaliyot o‘tash rejasini tasdiqlaydi;

  • amaliyot uchun ma'sul etib tayinlangan mansabdor shaxslar, tarkibiy bo‘linma rahbarlari va amaliyot o‘tayotgan ta'lim oluvchilarga ma'sul rahbar etib tayinlangan xodimlarning faoliyatini nazorat qiladi, ular tomonidan amaliyotning borishi haqida berilgan axborot va hisobotlarni tahlil qiladi;

  • DSIda amaliyot o‘tayotgan ta'lim oluvchilarga nisbatan ustoz-shogird munosabatlarini, xushmuomalalik, mehr-muruvvat va ishchan talabchanlik muhitini ta'minlaydi;

  • amaliyot o‘tovchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitini yaratadi va ulardan olinadigan mutaxassislik bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek zararli mehnat sharoitlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi;

  • ta'lim oluvchilarni binolari, trening kabinetlari, zarur materiallar, asbob-uskunalar, texnik hujjatlar bilan o‘z vaqtida ta'minlaydi va o‘quvchi laming yangi diplom oldi texnologiyalarini, yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi;

  • amaliyot o‘tash vaqtida ta'lim oluvchilarni holis va guvoh sifatida ishtirok etishga, shuningdek soliq to‘lovchilardan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarini qabul qilib olishiga yo‘l qo‘ymaydi;

  • zarur hollarda ta'lim oluvchilarni amaliyoti o‘tadigan joyga yetkazishni va u yerdan olib kelishni ta'minlaydi;

  • amaliyot yakuni bo‘yicha har bir ta'lim oluvchiga tavsimoma tuzilishini ta'minlaydi va uni amaliyot rahbari bilan birga imzolaydi;

  • ta'lim oluvchi tayyorlagan hisobotga DSIning tegishli bo‘lim boshlig‘i tomonidan taqriz yozilishini ta'minlaydi va uni tasdiqlaydi;

  • amaliyot jarayonida yuz bergan noxush holatlar, tartibbuzarliklar va boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar to‘g‘risida DSBni va texnikum rahbariyatini xabardor qiladi, zarur hollarda ta'lim oluvchining ota-onalari bilan bog‘langan holda vaziyatga oydinlik kiritadi;

  • amaliyot natijalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, amaliyotga jalb qilingan mansabdor shaxslar, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va ma'sul rahbar xodimlarning hisobotlarini muhokama qiladi;

  • amaliyot tugaganidan so‘ng uning natijalari bo‘yicha DSBga ma'lumot taqdim etadi;

Shahar, tuman Davlat soliq inspeksiyasida mas'ul rahbar etib tayinlangan xodim vazifalari:

  • o‘ziga biriktirilgan amaliyot o‘tovchilarning shaxsi va ular haqidagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqish, ulaming yashash manzillari va ota-onasi haqidagi ma'lumotlarni olish;

  • amaliyot dasturi asosida ta'lim .oluvchi bilan birgalikda amaliyotni o‘tash rejasini tuzish va uni DSI rahbariga tasdiq uchun kiritish;

  • ta'lim oluvchining amaliyotdagi faoliyatini tasdiqlangan amaliyot dasturi hamda amaliyotni o‘tash rejasiga binoan tashkil qilinishini doim nazorat ostiga olish;

  • ta'lim oluvchilar tomonidan amaliyot kundaligini muntazam yuritilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

-amaliyotni o‘tayotgan ta'lim oluvchilarga zarur uslubiy yordamko‘rsatish;
-zarur hollarda ta'lim oluvchilar nomidan DSI rahbariyatiga, tarkibiy bo‘linma rahbarlariga va boshqa xodimlarga murojaat qilish;
-amaliyot o‘tayotgan ta'lim oluvchining huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rish;

  • ta'lim oluvchining amaliyotdagi davomatini doimiy nazorat ostiga olish va bu haqda DSI Kadrlar bo‘limiga kundalik ma'lumotlarni taqdim etish;

  • ta'lim oluvchilarni amaliyot dasturi va amaliyotni o‘tash rejasida ko‘zda tutilmagan ishlarga jalb qilinishiga yo‘l quymaslik choralarini ko‘rish;

  • ta'lim oluvchilarga mavjud adabiyotlar, hisobotlar, me'yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlardan foydalanish (mumkin bo‘lgan hollarda nusha olish) imkoniyatlarini yaratish choralarini ko‘rish;

-ta'lim oluvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra amaliyot ob'ektiga kelmaganda yoki u tomonidan ichki tartib-qoidalar buzilgan taqdirda, DSI rahbariyatiga tezkor ma'lumot kiritish, shuningdek ta'lim muassasasidagi amaliyot uchun mas'ul o‘qituvchi va ta'lim oluvchining ota-onasi bilan bog‘lanib, uning kelmaganligi sabablarini aniqlash choralarini ko‘rish;
-amaliyot yakuni bo‘yicha har bir ta'lim oluvchiga tavsifnoma yozish va uni DSI rahbariga imzo uchun kiritish; amaliyot natijalari bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan talabalar faoliyati va ular tomonidan amaliyotni o‘tash jarayonlari, shuningdek amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilgan tahliliy hisobot tayyorlash va DSI rahbariyatiga taqdim etish.
Texnikumdan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari:

  • o‘ziga biriktirilgan ta'lim oluvchilarni amaliyot o‘tash bilan bog‘liq o‘quv-uslubiy hujjatlar (amaliyot dasturlari, amaliyot kundaligi, ta'lim oluvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar) bilan ta'minlash;

  • ta'lim oluvchilar uchun amaliyot oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazilishini tashkil etish va ularni amaliyot ob'ektida o‘zini tutish tartib-qoidalari, xavfsizlik talablari, amaliyot o‘tash bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish;

  • amaliyotga jo‘natilayotgan ta'lim oluvchilar haqidagi zarur (ota-onasi, doimiy turar joyi manzillari, telefon raqamlari va boshqa) ma'lumotlar bazasini shakllantirish, mavjud ma'lumotlarni qayta nazoratlardan o‘tkazish va zarur o‘zgartirishlar kiritish;

-biriktirilgan har bir ta'lim oluvchi bilan suhbat qilish va uning amaliyot (maqsadi, ta'lim oluvchining vazifalari va amaliyotga doir hujjatlarni yuritish) haqidagi savollariga javob berish;
- biriktirilgan amaliyot ob'ekti (DSI)da ta'lim oluvchilarni amaliyotga qabul qilish) ularga rahbarlar tayinlash, tarkibiy bo‘linmalarga biriktirish haqidagi buyruq bilan tanishtirish va uning nushasini ta'lim muassasasi rahbariyatiga yetkazish;

  • ta'lim oluvchilarning amaliyot ob'ektidagi davomatini haftada kamida ikki marta joyida (agar amaliyot ob'ekti boshqa viloyatda yoki uzoq masofada joylashgan bo‘lsa aloqa vositalari orqali) nazorat qilib borish;

  • ta'lim oluvchilarning amaliyot ob'ektidagi faoliyati va amaliyot joyida tayinlangan rahbarning ular haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganadi, zarur hollarda tegishli takliflar bilan ta'lim muassasasi rahbariyatiga va u orqali DSI rahbariyatiga takliflar bilan chiqish;

  • amaliyotdan qaytib kelgan ta'lim oluvchilar tomonidan amaliyot hisobotlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va uni himoya qilishda metodik yordam ko‘rsatish;

  • o‘ziga biriktirilgan ta'lim oluvchilar tomonidan amaliyot hisoboti himoya qilinayotgan yig‘ilishda qatnashish va o‘z fikr-mulohazalarini bay on etish;

  • biriktirilgan talabalari boshqa viloyatlardagi ob'ektlarda amaliyot o‘tayotgan bo‘lsa har oyda kamida bir marta amaliyot joyiga borgan holda davomatni va amaliyotning borishini nazorat qilish, ta'lim oluvchilar va ularga DSIdan biriktirilgan mas'ul xodimning amaliyotning borishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish, ma'lumotlarni umumlashtirish va hisobotni shakllantirish bo‘yicha maslahat darslarini uyushtirish;

  • amaliyot jarayonida yuz bergan noxush holatlar, tartibbuzarliklar va boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar to‘g‘risida ta'lim muassasasi rahbariyatiga tezkor ma'lumotlar kiritish, ta'lim oluvchining ota-onalari bilan bog‘langan holda vaziyatga oydinlik kiritish, ta'lim oluvchining keyingi faoliyati yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;

  • ta'lim oluvchilarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish, ularning ishi haqida taqriz berish;

  • amaliyot natijalari bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan talabalar faoliyati va ular tomonidan amaliyotni o‘tash jarayonlari, shuningdek amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilgan tahliliy hisobot tayyorlash va texnikum direktorining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosariga taqdim etish.

Amaliyotni o‘tash davrida ta'lim oluvchining quyidagi huquqlari kafolatlanadi:

  • amaliyot o‘tayotgan DSI xodimlari uchun yaratilgan mehnat sharoitlaridan foydalanish;

amaliyot dasturiga hamda amaliyotni o‘tash rejasiga muvofiq DSI va uning bo‘linmalari faoliyatiga tegishli materiallar bilan tanishish, hisobotni tayyorlash uchun ulardan tegishli ko‘chirma nushalar olish;

  • amaliyot samaradorligini ta'minlashga qaratilgan takliflar bilan mas'ul rahbar orqali DSI rahbarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va boshqa xodimlarga murojaat qilish;

  • DSI ijtimoiy hayotida va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashish.

Amaliyotni o‘tovchi o‘quvchining majburiyatlari:

  • amaliyot dasturi va amaliyotni o‘tash rejasida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish;

  • amaliyot ob'ekti (DSI)ning ichki mehnat tartib-qoidalariga so‘zsiz itoat qilish;

  • mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sanitariya va gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etish;

  • bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu inspeksiya xodimlari qatori javobgar bo‘lish;

  • amaliyot bo‘yicha kundalik daftarni yuritish, jadvallar to‘ldirish, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarish;

  • DSIdan tayinlangan amaliyot rahbariga amaliyot dasturi va rejasida ko‘zda tutilgan barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berish;

  • amaliyot bo‘yicha belgilangan tartibda tahliliy hisobot tayyorlash va uni himoyaga taqdim etish;

  • bitiruv malakaviy ish mavzusi bo‘yicha ma'lumotlarni va boshqa materiallarni yig‘ib borish hamda ilmiy rahbariga taqdim etish.




Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish