O‘quvchilarning siyosiy ongi, ma'naviy saviyasini oshirishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
ularda Vatanga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sadoqat hislatlarini, vatanparvarlik his- tuyg‘ularini parvarish qilish;
qonun ustuvorligi, davlat va xalq manfaati uchun kurashga tayyorlash, yetuk bilim egallash, jismoniy chiniqish, mustahkam iroda, ruhiy kamolotga erishish kabi omillarni shakllantirish;
- O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, Soliq Kodeksi, Prezident qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, tizimga tegishli me'yoriy hujjatlarni, Davlat soliq qo‘mitasi Hay'ati, hududiy davlat soliq boshqarmalari kengashlari qarorlari, qo‘mita Raisining va soliq xizmati organlari boshliqlarining buyruqlarini, soliqqa doir barcha yangiliklarni bilish, mukammal o‘zlashtirish va amaliy faoliyatda ularni qo‘llay bilish;
o‘z mamalakati va uning tashqarisidagi asosiy iqtisodiy hodisalarni umumiy turda tahlil qila olish, iqtisodning kundalik jarayonlarida yo‘nalish olish uchun kerak bo‘ladigan ma'lumotlarni topa olish va ulardan foydalana olish;
O‘zbekiston huquqiy tizimi va qonunchiligi, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashkiliy asoslarini, kasbiy faoliyat sohasidagi huquqiy va ma'naviy-axloqiy me'yorlarni bilish;
jismoniy madaniyatning inson taraqqiyoti va mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni muhimligini tushunish tuyg‘ularini parvarish qilish;
Davlat soliq idoralari tuzilmalarining xizmat vazifalarini mukammal o‘rganishi, ularni amalga oshirishda bevosita ishtirok etishning уо'1-yo‘riqlarini egallab, xizmatda faollik ko‘rsatish;
soliq organlari tizimi maqomini bilish, ish yuritishni, hujjatlar bilan ishlashning o‘zigaxos tomonlarini o‘zlashtirish;
soliq idorlarining muhim faoliyat yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish va bu ishlarda omilkorlikka erishish;
- soliq texnikumida olgan nazariy bilimlarini ish jarayoniga to‘g‘ri tadbiq etish;
murabbiylikning pedagogik, ruhiy, tarbiyaviy omillarini mohirona qo‘llash, o‘quvchilar bilan barcha munosabatlarni «Ustoz-shogird» an'anaviy milliy tamoyillari asosida ko‘rish;
o‘quvchilarni Davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan o‘tkaziladigan seminarlar, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdagi o‘quv hamda amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish;
2.2.O‘quvchilarni davlat timizning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadigan, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatadigan, qonunchilik asosida me'yor va qoidalarni buzmaslikka, hamda ulardan chetga chiqmaslikka intiladigan, o‘z kasbini sevadigan va qadrlaydigan, xalq manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yadigan, o‘zida milliy g‘urur,vatanparvarlik, or, nomus, poklik, haqgo‘ylik, xushmuomalalik va yuksakmadaniyatlilik fazilatlarini shakllantirgan, soliq xizmatining obro‘si va nufuzini ko‘z qorachig‘idek asraydigan insonlar timsolida tarbiyalash;
2.3.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq idoralari faoliyatini tahlil qilish, bo‘limlar, yetakchi xodimlar, mutaxassislarning namunali ish tajribasi, qo‘yilgan masalaga jiddiy yondoshishi, bilimi, ish vaqtini maqsadga muvofiq ravishda safarbar qilib ish tashkil qilish, ruhiy holatlari, qonunbuzarlikni topa bilish mahorati, bunda iroda va qat'iyatlilik, vazminlik bilan ish ko‘rish tajribalarini o‘rgatish, boshqarishning avtomatlashgan tizimi sharoitida Davlat soliq inspeksiyasi ishini tashkil qilishni o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |