5. AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOTLARNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI
Amaliyot bo‘yicha yoziladigan hisobot dasturda 1-ilovada belgilangan ish rejaning mazmuniga muvofiq tuziladi.
Amaliyot bo‘yicha hisobot yozish uchun qo‘shimcha tushuntirishlar. Hisobot ikki qismdan iborat bo‘ladi:
birinchi qism - asosiy;
ikkinchi qism - ilovalar.
• Asosiy qismning matni oq varaqning bir tomoniga qo‘lyozma holida sharikli ruchkada standart A-4 (297x2 10 mm), o‘lchamdagi varaqqa yoziladi va quyidagicha ochiq joy qoldirish kerak: chap tomondan - 30 mm, o‘ng tomondan - 10 mm, pastidan - 20 mm, yuqoridan - 15 mm. Har bir varaqda 27-28 qatordan oshmay, bir betda 1100 harf joylashishi kerak.
Asosiy qismning har bir bo‘limi (paragraf, savoli) yangi betdan boshlanishi kerak. Savollar mavzularning matnlariga mos ravishda yozilishi kerak. Hisobotning betlari past tomoni o‘rtasiga arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Hisobotning titul varag‘i birinchi bet hisoblanib, raqamlanmaydi. Hisobotdagi barcha ilovalar (grafiklar, rasmlar, diagrammalar va boshqalar) nomi pastki qismida ko‘rsatiladi. Hisobotdagi jadvallar raqamlangan bo‘lishi shart, raqami uning nomidan yuqori o‘ng tomonida yoziladi.
Hisobot mundarijasida barcha bo‘limlar ko‘rsatilib, ular boshlangan betlarining raqamlari qo‘yiladi.
• Hisobotning ikkinchi qismida ilovalar to‘plami bo‘lib, ular o‘z ichiga tegishli hujjatlar va materiallarning nusxalarini, raqamli va jadvalli materiallarni oladi.
Biror bo‘lim bo‘yicha yozish jarayonida nazariy savollarni, o‘qitish manbalari va ma'ruzalarni hisobotga kiritish mumkin emas.
Hisobotning tekst qismi qog‘ozning faqat bir tomonida, toza, tushunarli so‘zlarda hech qanday qisqartirishsiz yozilishi kerak. Hisobotga tikilgan barcha jadval va chizmalar alohida ro‘yxat soni bilan belgilanishi kerak.
Kundalik daftarda (2-ilova) o‘quvchi kunda tanishgan, o‘rgangan va orttirgan tajribasi, o‘z fikr va mulohazasi yoritilishi kerak.
Amaliyot tugaganidan so‘ng o‘quvchi hisobotni 1 kun ichida texnikum o‘qituvchilariga tekshirib taqriz yozish uchun taqdim etadi(4-ilova). direktorining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan guruhga biriktirilgan xodim hisobotga o‘z fikr va mulohazasini (kamchiliklar ko‘rsatilish mumkin) taqrizga yozib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun (agar kamchiliklar mavjud bo‘lsa) hisobotni o‘quvchiga qaytaradi.
Qo‘yilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan amaliyot hisoboti ijobiy taqriz bilan uch kun mobaynida keyinchalik himoya uchun o‘quvchiga topshiriladi.
Hisobot himoyasi texnikum direktorining buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan direktorining ishlab chiqarish ta’limibo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida o‘tkaziladi.
Hisobotni himoya qilolmagan o‘quvchiga uch kun vaqt beriladi va qayta hisobot himoyasi qabul qilinadi.
Hisobotni himoya qilolmagan o‘quvchi direktorning ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari bildirgisi asosida texnikum direktorining buyrug‘i bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.
“TASDIQLAYMAN”
Do'stlaringiz bilan baham: |