Buxoro shahar 39-son idum ona tili va adabiyot fani metodbirlashmasi o’qituvchilarining 2020-2021 o’quv yilida fan oyligi doirasida qilgan ishlari yuzasidan hisoboti



Download 1,55 Mb.
Sana28.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#514275
Bog'liq
FAN OYLIGI HISOBOTI 2021


Buxoro shahar 39-son IDUM ona tili va adabiyot fani metodbirlashmasi o’qituvchilarining 2020-2021 o’quv yilida fan oyligi doirasida qilgan ishlari yuzasidan
HISOBOTI

Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to’ldi. Shu munosabat bilan yurtimizda muborak sana ko’tarinki ruhda nishonlanmoqda. Ushbu bayram barcha ta’lim muassasalarida o’tkazilmoqda.An`anaviy tarzda oktabr oyi-ona tili va adabiyot fan oyligi deb e`lon qilinar ekan, ushbu fan oyligi o`zining tarovati, ommaviyligi, badiiy chiqishlar-u inson ma`naviyatini oshiruvchi yorqin lahzalarga boyligi bilan ajralib turadi.


Buxoro shahridagi 39-son IDUM da ham ushbu fan oyligi o`zgacha shukuhda o`tdi deb ayta olamiz. Fan oyligi boshlanish arafasida sho`ba yig`ilishi o`tkazildi va har bir ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi fan oyligi doirasida amalga oshiradigan ishlari rejasini taqdim etdi. Ochiq darslar, she`rxonlik musobaqalari,kitob ko`rgazmalari, insholar tanlovi, husnixat tanlovlari shular jumlasidandir. Maktab ona tili va adabiyot faniga aloqador bo`lgan devoriy gazetalar, mashhur shoir-u yozuvchilarimizning suratlari bilan bezatildi. Fan oyligi burchagi tashkil qilinib, unda o`tkaziladigan tanlovlar, tarbiyaviy maqollar va ijodkor o`quvchilarimiz tomonidan yozilgan she`r va hikoyalar o`rin oldi.


Yurtimiz uzra katta bayram shukuhi kezib yuribdi. Bu- o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sanasidir. Shu munosabat bilan Buxoro shahridagi 39-son IDUM da ham “Ona tilim-hurligim ifodasi” nomli katta tadbir o`tkazildi. Tadbirni maktab direktori – Ochilov Y.I.ochib berdi. Tadbirda o’quvchilar o’z mahoratlarini namoyish etishdi. ”Moziyga qaytib ish ko`rish xayrli” deganlaridek, o`tmish zarvaraqlariga va bugunning bayramiga o`chmas iz qoldirgan siymolarimiz ash`orlari yuraklarga kirib bordi.
Tadbirda 5-sinf o`quvchilarimiz o`lmas asarlar: “Shum bola”, “Sariq devni minib|”,”Mardlik afsonasi”balladasidan sahna korinishlari namoyish etdilar. Bu badiiy chiqishlar orqali yig`ilganlarga ma`naviy ozuqa va o`tmish yodgorliklaridan faxrlanish hissi singdirildi.
Tilimiz – iftixorimiz, faxrimiz, g`ururimiz ekanligi turli shoirlarning she`ru-qo`shiqlarida ham aytilgan. Maktab o`quvchilari she`rlarni to`liq va ravon aytib o`tirganlarni yana bir bor xursand etdilar.





Jumladan, maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Halimova Nafisa Omandullayevna 5-“A” sinfida”Aka-uka Grimmlar ertagi”,5-“B”sinfida o’zbek tili fanidan “Ustozga rahmat” mavzusi bo’yicha mustahkamlash darsi o`tkazdi. Ushbu ochiq darslarda sinf o`quvchilari o`zlarining faolligi, fanga nisbatan qiziqishlarini yana bir bor ko`rsatdilar.

Maktabning o`zbek tili fani o`qituvchisi Karimova Barchinoy Furqatova 8-sinflar bilan “Hosil bayrami” mavzusida noan`anaviy ochiq dars tashkil qildi. Ochiq darsda o`quvchilar faol ishtirok etib, sahna ko`rinishlari namoyish qilishdi, o`zbek xalq maqollaridan yod aytishdi.


Maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Bozorova Fazila Sa`dullayevna 9-sinfda adabiyot fanidan “Xojaning hayoti va ijodi” mavzusi yuzasidan ochiq darslarni tashkillashtirdi. Dars davomida o`quvchilar ijodiy yondashgan holda asarlardan sahna ko`rinishlari ham namoyish qildilar.
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Bozorova Oydin Sobirovna ham fan oyligi doirasida ochiq darslar va she`rxonlik musobaqalari o’tkazdi. Jumladan, 6-“A”sinfida “Fe’l so’z turkumi” mavzusida noan`anaviy darslar va 8-“A” sinfida “Zakovat” bilimlar bellashuvini Bozorova Fazila bilan birga tashkillashtirishdi, o`quvchilarga nazariy bilimlar yangi pedagogik texnologiyalar asosida berildi.
Buxoro shahar xalq ta’limi metodisti Saidova R.M. tomonidan tashkil etilgan qator tanlovlar fan oyligi jarayonida ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari faolligini oshirishda turtki bo’ldi. Turli xil tanlovlar e’lon qilindi.O’quvchilar o’z qobiliyatlarini namoyish qildilar. Shahar bosqichida tashkil etilgan tanlovlarning g’olibi bo’ldilar.

Sinflararo she`rxonlik musobaqalari ham tashkil qilindi va bu musobaqalar orqali kitobxon, she`rxon o`quvchilar aniqlandi.





Maktabda “Ona tilim -iftixorim” mavzusida insholar tanlovi o`tkazildi. O`quvchilar insholarda tilimizga nisbatan hurmatlarini, burch va vazifalarini badiiy bo`yoqlarda yoritishga harakat qilishgan. Faxrli o`rinlarni olgan ishlar tanlovning shahar bosqichiga yuborildi. Shahar bosqichida 3 nafar o’quvchimiz faxrli 1,2,3 o’rinlarni egallashdi. Bundan tashqari tadbir doirasida katta kitoblar ko`rgazmasi ham tashkil qilindi va unda faol ishtirok etgan o`quvchilar, she`rxon o`quvchilar, ijodkor sinflar kitoblar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, fan oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar kelgusida ham uzluksiz davom etadi.

Ko`rilgan masalalar yuzasidan yig`ilish


QAROR QILADI:
1.Fan oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar yaxshi deb belgilansin.
2.Fan oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar kelgusida ham uzluksiz davom etishi qayd qilinsin.
3.O`tkazilgan tadbirlarning o`quvchilar ma`naviy olamini kengaytirishdagi ahamiyati alohida qayd qilinsin.
Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish