Inson huquqlari bo'yicha institutlari: Turli mamlakatlarda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning nomlanishi, huquqiy tizimlarda faoliyat yuritishi xilma-xilligini hisobga olib, mazkur institutlarning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin: •inson huquqlari boyicha komissiya (Gretsiya, Hindiston, Indoneziya, Qozog'iston, Koreya Respublikasi, Meksika, Mongoliya Tailand, Kamerun, Nigeriya, Uganda, JAR va boshqalar); •inson huquqlari boyicha maslahat komissiyasi (kengoshi) (Fransiya, Marokash, Rossiya, Lyuksemburg va boshqalar); • kamsitishlarga qarshi kurash komissiyasi (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada); •inson huquqlari boyicha institut (markaz) (Germaniya, Daniya, Norvegiya, Iordaniya, O’zbekiston); • ombudsman, inson huquqlari boyicha vakil, xalq himoyachisi, mediator, parlament kamissari, parlament advakati singari nomlar (Avstriya, Argentina, Ozarbayjon, Belgiya, Gruziya, Ispaniya, Polsha, Moldova, Peru, Sloveniya, Ukraina, O’zbekiston, Shvetsiya va boshqalar) bilan ham yuritiladi1 . Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari Milliy Markazi va O`zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti shular jumlasidandir. Ularni barchasining vazifasi inson huquq va erkinliklarini himoyalashga qaratilgan. Bu institutlarning tashkil topishida Prеzidеnt I.A.Karimovning xizmatlari kattadir. O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar inson huquqlari boyicha xalqaro andozalar va ilg’or horijiy tajriba asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar faoliyatining eng muhim tomonlaridan yana biri, institut eshiklarining murojaat qilayotgan har bir shaxs uchun doimo ochiq bo`lishidir. Bunday institutlar xalqqa davlat idoralaridan ham yaqinroq bo`lishi, odamlarning imkoniyatlari, arizalarini sinchiklab o`rganishi va eng muhimi ularga yordam bеrishi lozim. Avvalo, O`zbеkiston Rеspublikasidagi barcha inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson huquqlari bo`yicha rivojlantirish va takomillashtirish, uni umuminsoniy hamda xalqaro mе'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir. I.A.Karimovning birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralda bo’lgan birinchi majlisida qilgan ma'ruzasida, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi (hozirgi kunda amaliy faoliyat olib borayotgan) institut tashkil etishning zarurligi va ahamiyatini xalq deputatlari e'tiboriga havola qilgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |