Hayvonot dunyosi - tabiat boyliklarining bir qismi bo`lib, jamiyatda, inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziqovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xom ashyo hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma'lum. Shunday ekan uni huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarurdir. Bu ishda mamlakatimiz qonunlari, O`zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga sohibkorona va insoniy munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni muhofaza qilish hamda samarali va oqilona foydalanishga yordam bermog`i lozim. Chunki, hayvonlarning O`zbekiston faunasiga xos bo`lgan talaygina turlari yo`qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, turon yo`lbarsi, olabula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo`qolib ketdi. Shu boisdan ham noyob va yo`qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy ekologik asosda muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosi yer yuzining hamma joyida mavjud. Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93 foizini, suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida yashovchi hayvonlar turi xatto o`simliklar turiga qaraganda 4 baravar ko`p bo`lib, taxminan 2 milliondan ortiqroqdir.
Hayvonot Olami
Mazkur "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 3moddasida "Hayvonot dunyosiga nisbatan mulkdorlik" masalasi ko`rsatilgan. Jumladan unga asosan: Hayvonot dunyosi davlat mulki - umummilliy boylik bo`lib, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Shunday ekan, hayvonot dunyosi obyektlariga nimalar kirishini bilib olish zarur. Ushbu qonunning 4-moddasida quyidagicha ta'riflangan. Hayvonot dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat: kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo`lgan organizmlar sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari; yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday tudalari; yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan turlari; yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari. Ta'kidlash o`rinliki, amaliyotda har doim ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishga, undan oqilona estetik maqsadda foydalanishga e'tibor berilmaydi. Shuning uchun ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishning quyidagi tadbirlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu holat qonunning 30-moddasida quyidagicha ko`rsatilgan. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish: hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takror yetishtirish qoidalari va normalarini belgilash; hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash; hayvonot dunyosidan o`zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish; hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko`chib yurish yo`llari muhofaza qilinishini tashkil etish; xo`jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo`lishining oldini olish; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish; kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish;
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning qonuniy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari, unga amal qilishlari, hayvonot dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik sifatida undan oqilona foydalanishlari va davlat tomonidan muhofaza qilish ishlariga bo`ladigan munosabati tushuniladi. Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar bo`lib yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanishi mumkin. Foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish borasida o`zlariga tegishli huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda amalga oshirishlari lozim. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda bepul amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonunda ko`rsatilgan huquq va majburiyatlarini talab darajasida amalga oshirishlari shart. Ana shunday holatlar "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan qonunning 16moddasida aniq ko`rsatilgan. Jumladan, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar: hayvonot dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq foydalanish; tutib olingan hayvonot dunyosi obyektlariga va ulardan olingan mahsulotga nisbatan mulkdorlik huquqiga egadirlar. Ov qilish yoki baliq ovlash xo`jaligini yurituvchi yuridik shaxslar: yuridik shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan belgilangan normalar doirasida foydalanish uchun ruxsatnomalar berishga; yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan ov qilish maqsadida belgilangan normalar doirasida foydalanishi uchun ular bilan shartnomalar tuzishga; ov va baliq mahsulotini qayta ishlash hamda hayvonot dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarishga; hayvonot dunyosi obyektlaridan ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlardan foydalanish hamda ularni sotishga;