Buxoro psixologiya va xorijiy tilla r instituti


Nizolarni xal kilishga bog`liq; bulgan tizimiy usullarga



Download 0,96 Mb.
bet18/50
Sana03.09.2022
Hajmi0,96 Mb.
#848088
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA MAJMUA

Nizolarni xal kilishga bog`liq; bulgan tizimiy usullarga u quyidagilarni kiritadi:
1) ishga nisbatan qullaniladigan talablarni tushuntirish, masalan, ishchi yoki hodim o`z xizmat vazifasini to`lakonli ado etolmaganligi sababli u bilan rahbar o`rtasida nizo kelib chiqqan bulsa, nizoni barataraf etishga ahd qilgan kimsa shu xizmat lavozimiga kuyiladigan talablar, xodimning mehnat huquqlari bilan qatorda uning burch va mas’uliyatini ham yana bir marotaba uqtirib quyadi;
2) muvofiqlashtiruvchi va birlashtirish usullari. Odatda bir xodimning ish samarasi boshqa bir xodimga yoki xodimlarga, qolaversa, boshqa tuzilmalarning aniq va yaxshi ishlashiga boglik buladi. Shuning uchun bir xodim yoki xodimlar guruxida nizoli vaziyatning paydo bulishiga boshka bir tuzilma ishidagi nomu- vofikliklar sabab bulishi mumkin. Bunday sharoitda raxbar nizoni barataraf etish uchun o`sha boshka aybdor tuzilmaning faoliyatini aniq yo`lga kuyishi, yoki xodimlar urtasida murosa bulishi uchun boshka bir qushimcha muvofiklashtiruvchi bir buginni ishlab chikarishda joriy etishi mumkin. Masalan, ishlab chikarish nizosining sababi - xom-ashyoning vaqtida yetkazib berilmayotganligi bulsa, rahbar ta’minotchilar ishini muvofik- lashtiradi, ular faoliyati bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida birlik va hamjixatlik bulishiga erishish yo`lida aniq yo`nalishlarni belgilaydi;
3) barcha ishlab chiqarish sub’ektlari faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtirish xam ishlab chiqarish jarayonlarida nizolarning sodir etilmasligini kafolatlaydi. Bunday sharoitda raxbarlar va gurux liderlarining roli katta buladi;
4) ragbatlantirish tizimini joriy etish samarali ish usullaridan xisoblanadi. Bunday sharoitda odamlarning xulk- atvoriga ta’sir etish, paydo bulishi mumkin bulgan nizoli vaziyatlarga barham berish yoki sodir bulgan bulsa, uni bartaraf etish uchun tashakkur bildirish, mukofotlash, xizmat lavozimini ko`tarish kabilarni qo`llash ijobiy samara berishi mumkin.
Nizolarni bartaraf etishning shaxslararo munosabatlarga aloqador usullariga kuyidagilar kiradi:
1) bosh tortshi - nizoga nisbatan shunday reaksiyaki, bunda nizoga guvox bulganlar aslida uning mavjudligini tan olmaydilar, unga aralashishdan bosh tortadilar. Odatda bunday sharoitda rahbar yo ayni paytda vaqli yuqligini, imkoniyat yuqligini, nizoning sababi arzimas xolat ekanligini vaj qilib, uni hal qilishga aralashishdan bosh tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi bilan paydo bulgan nizo vaqt utishi bilan uz uzidan yechimini topadi, odamlar insofga kelib qolishiga umid qiladi;
2) tekislash - bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud xolatga “ko`ndirish”, moslashtirish va shu yul bilan o`zining ham muayyan manfaatlarini himoya qilishdir. “Mayli men yutqazsam ham, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, guyoki “uzni qurbon qilib” bulsa xam tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha imkoniyatni yaratadi;
3) kompromiss - bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-atvori va fikrlarini muhokama qilish yuli bilan ikkala tomon uchun xam ma’dul bulgan yechimni qidirishdir. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs ikkala tomonning xam aybini, ular tomonidan yul quyilgan xatolarni ochiq, holis o`rtaga tashlaydi va eng ma’quli - har bir shaxs uz burch va mas’uliyatlarini taroziga solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala tomonda xosil bulgan tanglik ma’lum ma’noda yumshaydi va oqilona karorlar qabul dilish imkoniyati tugiladi. Nizokashlar janjal bulgandan ko`ra yomon bulsa xam bir qarorga kelinganligidan xursand bulib, uz fikrlaridan ma’lum ma’noda qaytadilar, vaqt utgach esa vaziyat umuman yumshab, tomonlar yarashib ketishi mumkin. Odatda oilaviy nizolarda kompromiss yulini tutgan oilaning katta a’zosi yoki erkak kishi nizoning oldini olishga erishadi, bunda biror tomonning “bir gapdan qolishi” katta rol o`ynaydi;
A)raqobat - odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga boshdasining batamom yengilishini nazarda tutadi. Ya’ni, bunda “Men yutishim uchun sen mutloq yengilishing shart” degan tamoyil ustuvor buladi. Bunday usul albatta, psixologik nuqtai nazardan samarasiz va notugri bulsa xam, ayrim xolatlarda masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning iqtidori yoki irodasining kuchayishiga sabab bulishi mumkin. Masalan, oilaviy majoroda kelii agar nohaq bulib, yoshligi tufayli arazlab, barchaning dilini xira qilishi va ushbu vaziyatda baribir qaynonaning sabr bilan ustun kelishi, baribir aytganini qildirishi yosh kelinchakning kelgusini shu kabi xatti-xarakatii boshka kaytarmasligi uchun saboq bulishi mumkin;
5) hamkorlik - bu nizoni xal kilishning shunday usuliki, bunda ikkala tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqarkan muammodan ustun quyiladi. Bunday xolatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga olinmasligi, ikkinchi tomonning boshqa manfaatini yerga urishini tushungani uchun xam murosa yuli tugri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga teng kirishish lozimligi fikriga kelib to`xtaydilar.
Shunday kilib, real hayotda nizoning kelib chikishi, uning qanday kechishi va yechimi uni keltirib chikargan vaziyatdan ham ko`ra, ushbu vaziyatda ishtirok etayotgan insonlarning unga nisbatan sub’ektiv munosabatlariga boglik buladi. Shuning uchun xam xar kanday nizoli, ziddiyatli xolatlarda unga alokador bulib kolgan insonlar kuyidagi koidalarni yodda tutishlari lozim:
1. Nizoli vaziyatda akl emas, balki xissiyotlar ustun bulishini unutmang, xissiyotlar esa odamning jaxli chikib, akli ketib kolishiga turtki buladi va u uz xatti-xarakatlari va gapirayotgan suzlarini nazorat chilish kobiliyatidan maxrum buladi. Vaqt o`tishi bilan shu qilgan ishingiz uchun uzingiz qattiq aziyat chekib, hijolat bulib qolishingiz mumkin. Shu bois xam ishdami, oiladaki yoki jamoatchilik joylaridani odamlar bilan muloqot qilganda, ularning insoniy nafsoniyatiga tegadigan, sha’ni va oriyatiga tegib ketadigan mulohazalardan uzingizni saqlang, uzingizni uzgalardan ustun quyishdan extiyot buling, kamtarlik shioringiz bulsin.
2. O`zgalar bilan muomalada ularning hurmatini joyiga ko`yib, suzlashishning yumshoq maromini tanlang. Masalan, “Kechirasiz..”, “Sizdan minnatdor bulardim, agar...”, “Sizga malol kelmaydimi?” kabi iboralarni ishlatish odatiga Sizga mima sababdandir yomon munosabatda bulayotgan insonni xam yumshatadi, undagi salbiy xislarning junbushga kelishiga yul kuymaydi.
3. Ish faoliyat bilan bog`lik munozaralarda agar suxbat taranglashib borayotgan bulsa, ikkala tomonning manfaati tugri- sida emas, asl masalaning, muammoning moxiyati xususida kechishiga e’tibor berib, holis faktlarga kuproq urgu bering. Imkon boricha suxbatdoshni tinglashga intiling, zero, tinglay olish mahorati sizning yaxshi suxbatdosh ekanligingizning muxim kursatgichidir. Bu urinda Deyl Karnegi31 kabi mulokot ustala rining tajribasini eslang.
4. Xar kanday masala xususida uning yechimi yagona bulmas-ligini unutmang, chunki barcha xolatlarda kiyin vaziyatdan chiqishning bir kator usullari, yullari bulishi tabiiy. Shuning uchun Sizning fikringizga zidrok kelayotgan fikrni suxbatdoshdan eshitganingizda, “Balki men xato kilayotgandirman” deb, uning fikrlash tarzidagi tugri muloxazalarni taxlil qiling, suxbatdosh fikridagi ijobiy va salbiy jixatlarni ajrating, ularning real oqibatlariga baxo berib kuring. Bunday xolatlarda xech bulmaganda “Men Sizning fikringizga tulik kushilmasamda, bergan taklifingizni albatta o`ylab kuraman, menga biroz imkon bering” desangiz olam guliston!
5. Nizoli vaziyatning xal bulishining uzingiz uchun manfaatli tomonlarini anglang va uzingizga shunday savol bering: “Agar yechim topilmasa, nima buladi?”. Bunday munosabat nizoni shaxslararo munosabatlardan muammoning yechimiga kuchirilishiga turtki buladi.
6. Agar suxbatdosh ikkalangiz xam achchiklanib turgan bulsangiz va ish urushib qolishgacha borib yetayotganligini anglasangiz, uzingizdagi ichki tanglikni, “zarda”ni chikarib yuborishga xarakat qiling. Chunki agar achchigingizni tashkariga chikarsangiz, bu u tomonning xam qaynab ketishiga sabab bulib, vaziyatni nazorat qilib bulmay qoladi. Eng yaxshisi, uzingizni tiyib, gapirishdan tuxtang, mayli suxbatdoshingiz ichidagi tukib solaversin, undagi jaxl va salbiy hissiyotlarni betiga aytishdan uzingizni tiying, kelgusida uning shunday vajoxatga tushishi mumkinligini unutmang.
7. Siz bilan urushib kolgan odamning xam qandaydir fazilatlari, yaxshi sifatlari borligini unutmang va diqqatingizni ana shu jixatlarga karating. Masalan, er va xotin urushib qolgan paytda ayol qanchalik baland ovozda uz dardini tukib solayotganligiga qaramay, uning farzandlarning onasi, medribon ekanligini uylab, farzandlarga bunday qiliqlar qilmasligini er yoddan chidarmasa, biroz sabr kilsa, yuragidagini oxirigacha tukib solishini bardosh bilan kuta olsa, turmush Urtogi birozdan sung insofga keladi, “kungli yumshaydi”.
8. Sudbatdoshingizga sizning urningizga turib, masalani hal qilish yulini uylashga chorlang, masalan, unga taxminan shunday murojaat diling: “Meni urnimda bulgaiingizda Siz, nima qilgan bular edingiz?” Bunday murojaat suxbatdosh hissiyotlardan real vaziyatni holis badolash maqomiga utishiga asos buladi va unda tanqidiy ruhni biroz bulsa-da, yumshatadi.
9. Sudbatdosh oldidagi afzalliklaringiz, xizmatlariigizni minnat qilib, xaspushlamang. Sodir bulgan nizoli vaziyat va voqeaning sababchisi faqat sudbatdoshingiz ekanligi fikridan qayting.
10. Paydo bulgan ziddiyat qanday hal bulishidan qatiy nazar, shu inson bilan batamom munosabatlarni uzil-kesil uzib tashlamang. Masalan, agar bu er va xotin urtasidagi ixtilof bulib, u ajrim bilan tugagan taqdirda ham urtada farzand borligini, baribir hayot suqmoqlarida bir kun bulmasa bir kun uchrashib, qandaydir yangi bir muammoni birgalikda hal qilishga tugri kelishini sira unutmang.
Shu kabi vaziyatlar turli faoliyat jabhalarida uchrashi mumkin, yudoridagi qoidalarni unutmaslik insonning uziga, salomatligiga, odamlar orasidagi o`brusiga bevosita alodador ekanligini, yashash ba’zan ziddiyat va nizolar bilan yanada yaxshi bulishini hech kim unutmasligi kerak.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish