Buxoro psixologiya va xorijiy tilla r instituti


Shaxsning o`ziga aloqador bo`lgan ichki nizolar



Download 0,96 Mb.
bet17/50
Sana03.09.2022
Hajmi0,96 Mb.
#848088
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA MAJMUA

Shaxsning o`ziga aloqador bo`lgan ichki nizolar - odatda bevosita ijtimoiy psixologiya tomonidan o`rganilmaydi, bu kabi nizolar umumiy, pedagogik damda patopsixologiyaning predmeti bo`lib, u asosan bir inson qalbidagi turli his-kechinmalar, istak- hoxishlar va motivlarning bir biriga zid kelishi, qarama-qarshi fikrlarning paydo bo`lishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday nizo shaxsgagina ma’lum buladi, ba’zan esa odam bilib quygan ishining aynan o`zining ichki nizolari oqibati ekanligini anglamaganda unga pisxoanaliz yoki patopsixolog yordamga keladi.
Shaxs va guruhlar o`rtasida sodir buladigan nizolar odatda bir shaxs qarashlari, xatti-harakatining u mansub bulgan yoki ishi tushgan guruhning normalari, xulq-atvor maromlariga zid kelishi, shaxs kutishlarining guruh normalaridan og`ishi oqibatida kelib chidadi. Agar bu mehnat jamoasida ro`y bersa, bu guruh a’zolarining malakasizligi yoki rahbarning odamlarni boshqarishdagi uquvsizligi natijasida kelib chidishi mumkin. Demak, bunday jamoada psixologik, ma’naviy muhit nosog`lom bo`ladiki, shaxs bilan boshda shaxslar o`rtasida kelishmovchilikka olib keladi.
Guruhlararo ziddiyat yoki nizo - ikki yoki undan ortid guruhlarning bir-birlari bilan murosaga kelisholmay qolgan taqdirda ro`y beradi va bunda ularning o`z maqsadlari erishishlariga bir-birlarining xalaqit berishlari asosiy omillardan hisoblanadi. Kupincha muayyan formal, rasmiy guruh a’zolari guruhbozlikka berilib, har bir kichik guruh manfaatlar bir-biriga mos kelmay qolganda ham nizo kelib chidadi. “Guruhbozlik” deb atalmish bunday holat ham ijtimoiy- psixologik nuqtai nazaridan zarrali bulib, bu yaxlit jamoadagi ma’naviy muhitga jiddiy salbiy ta’sir kursatadi. Ba’zan bir jamoa rahbariyati va rasmiy tizimi bilan guruh ichidagi norasmiy tuzilma urtasida ham nizo kelib chidadi. Lekin bu dolatlarni soglom raqobatga asoslangan manfaatlar kelishmovchiligi, masalan, siyosiy partiyalar o`rtasidagi raqobatdan farqlash lozim.
Shaxslararo nizo - bir yoki bir necha konkret shaxslarning uzaro yoki guruh doirasidagi ziddiyatidir. Bu keng tarqalgan nizolardan biri bulib, bunday nizolar rasmiy jamoalarda ham norasmiy muloqotlar oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday nizolar odamlarning fe’l-atvoriga ham, konkret vaziyatlarga ham bog`liq tarzda kelib chiqishi va vaziyatning xarakteriga bog`liq holda turlicha kechishi mumkin. Keng tarqalgan shaxslararo nizolar biri - bu er va xotin, ota-ona va farzandlar, kaynona-kelin urtasidagi nizolar xisoblanadi. Ularning tabiati xam, davom etish muddati xam, xal bo`lish yo`llari ham turlicha bo`lib, xar qanday kurinishda xam baribir bunday nizo ikki va undan ortik shaxslar urtasidagi psixologik masofani tobora uzoqlashtiradi, samimiyatning kamayishiga olib keladi.
Shaxslararo nizolarning kelib chikishi quyidagi holatlarga bogliq buladi:
- mexnat jarayonlari va ishlab chikarish vaziyatlariga;
- jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlariga;
-turli vaziyatlarga shaxsning sub’ektiv munosabatiga;
-shaxslararo munosabatlarning turli vaziyatlardagi turlicha
namoyon bulishiga.
Shaxslararo nizo ochik yoki yashirin tarzda namoyon bulishi mumkin.
Ochiqdan ochik, yuz beradigan nizolar odatda tortishib kolgan shaxslarning tugridan-tugri, bevosita xatti-xarakatlari tarzida namoyon buladi. Bunday nizoni kuzatish, qayd etish va unga kerak bulsa, aralashish xam mumkin buladi. Yashirin nizo esa ochik namoyon bulmaydi, balki u turli xufyona usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqaridan qaragan odam bunday nizoning mavjudligini sezmaydi.
Ba’zan nizolar ob’ektiv sabablar, shart-sharoitlar bois vujudga keladi. Masalan, agar bu ishlab chikarishda bulsa - ish sharoitlarining yomonligi, xizmat vazifalarining noo`rin taqsimlanganligi, kadrlar saloxiyatiga bee’tiborlilik, mexnatni ragbatlantirishdagi adolatsizlik kabilar odamlar urtasida muayyan tangliklarni keltirib chikaradiki, bu shaxslararo uzaro munosabatlarda o`z aksini topib, ularning uzaro va xodimlarnit raxbarlar bilan urushib kolishiga, yashirin yoki ochik kelishmovchilikka olib keladi. Bu kabi nizolarni bartaraf etish uchui uni keltirib chikkan ob’ektiv shart-sharoitlarni uzgartirish yoki kamchiliklarni yukotish orkaligicha amalaga oshiriladi.Chunki jamoadagi bunday nizolar uziga xos signal funksiyasini bajaradiki, u orqali rahbarlar mehnat jamoasida noma’kul psixologik muhit paydo bulayotganligidan xabardor buladilar.
Sub’ektiv sabablar yoki omillar tufayli kelib chikarkan nizolarga aksariyat xolatlarda odamlarning o`zlari, ularning shaxsiy xususiyatlari, ulardagi extiyoj, istak va maslaklarning nomutanosibligi asos buladi. Bunda qaror qabul qiluvchining qarori boshqalarga noma’qul bulishi, ular mehnati adolatsiz baholanishi, ayrim shaxslarning esa ochik tabiatan janjalkash ekanligi sabab buladi.
Bundan tashkari, nizolar quyidagicha toifalanadi:
-gorizontal - bir-biriga buysunmaydigan, tobe bulmagan oddiy xodimlar o`rtasida;
-vertikal - uzaro bir-biridan amal pogonasi buyicha farq qiluvchilar, masalan, rahbar bilan xodim o`rtasida;
-aralash - shaxslararo munosabatlarda u va bu holat uyg`un kelganda. Odatda ishlab chikarish faoliyatida eng ko`p tarqalgan nizo turi vertikal va aralash bulib, ular jami nizolarning 70-80 foizini tashkil etadi.
4.2.2. Nizolarni bartaraf etish usullari
Nizolarning oldini olish yoki u paydo bulgan bulsa, bartaraf etish uchun uning kelib chiqish sababini, asosiy aybdorlarni yoki ob’ektiv sabablarni aniqlash lozim. Mutaxassislar nizolarni bartaraf etishning ko`plab usullari va yo`llari borasida tavsiyalar ishlab chiqqanlar. Masalan, X.Kornelius va Sh.Feyerpar uni hal qilish uchun nizo xaritasini tuzishni taklif etadi. Unga ko`ra, nizoli vaziyatni aniqlash uchun kuyidagilar inobatga olinishi lozim:
1) nizoni keltirib chiqqan muammoning umumiy kirralarini ochish, masalan, agar ishlab chiqarishdagi nizo ish hajmining to`la bajarilmaganligi sababli kelib chiqqan bulsa, avvalo ish taqsimoti diagrammasini tuzish kerak;
2) nizoning asl sababini aniklash, zero, aynan shu ish odatda eng mushkul ish hisoblanadi;
3) nizoning haqiqiy ishtirokchilarini aniqlash - alohida shaxsni, guruhni yoki uyushmani;
4) nizoga sabab bulgan shaxsiy hohish, istaklar, nizokashlarning aynan nimani istayotganligini aniqlash;
5) nizoga qadar nizokashlarning uzaro munosabatlari qanday bulganligini bilish;
6) bevosita nizoda ishtirok etmagan, lekin uning ijobiy hal etilishidan manfaatdor bulgan shaxslarning nizoga munosabati.
Bu kabi strategiya avvalo, nizoning chuqurlashib ketmasligi, o`nta yana ko`plab shaxslarning aralashib ketmasligini ta’minlaydi.
Tabiiy, mutaxassislar va olimlarni shaxslararo munosabatlar jarayonida turli vaziyatlarda paydo buladigan nizolarni bartaraf etish masalasi qiziqtiradi. Rus olim G.N.Smirnov turli nizolarni bartaraf etishga imkon beruvchi ikki guruh usullarni taklif etadi - tizimiy xamda shaxslararo.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish