Ma’lumotlar bilan almashish qurilmasi
Modem. Ma’lumotlar bilan telefon aloka orqali almashish qismi. Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bo’yicha farqlanadi. Telefonda xamma ma’lumotlar tovush holatida bo’ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o’tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o’tkazadi. Bu xolat modelirovanie va demodulirovanie deb nomlanganligi uchun bu kurilmalar MODEM deb nomlangan.
4. Dasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari
Dastur(program, routine)- masalani echish uchun kompyuter buyruqlari (yo’llanmalari)ning tartibga solingan izchilligidir.
Dasturiy ta’minot(software)- ma’lumotlarni ishlab chiqish dasturlari majmuasi va ulardan foydalanish uchun zarur hujjatlar.
Masala (problem,task) – echilishi kerak bo’lgan muammodir.
Ilova (application) – masalani echishning kompyuterdagi dasturiy amalga oshirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |