"BUXORO
PAXTA
URUG'CHILIK" MCHJ
rahbariga
(STIR:205944138)
Hurmatli Soliq tо‘lovchi!
О‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 14-moddasiga muvofiq, agar
bitimning yoki iqtisodiy munosabatlarning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi ularning
haqiqatdagi iqtisodiy mazmuniga muvofiq bо‘lmasa, soliq organlari soliq solish
maqsadida bitimning yuridik tavsiflanishini, soliq tо‘lovchining maqomini va (yoki)
uning iqtisodiy faoliyati xususiyatini о‘zgartirishga haqli.
Qalbaki (kо‘zbо‘yamachilik uchun tuzilgan) bitimlar soliq solish maqsadida
hisobga olinmaydi. Agar bunday bitimlar boshqa bitimlarni niqoblasa, soliqlarni
hisoblash uchun haqiqiy bitimlarning iqtisodiy mazmuni va natijalari hisobga olinadi.
Soliq kodeksining 15-moddasiga binoan soliq munosabatlarida soliq
tо‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq tо‘lovchilar
sifatida hisobga qо‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obrо‘sini, ishlab chiqarish
bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bо‘yicha majburiyatlarni
bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.
Mazkur Kodeksning 266-moddasi о‘n ikkinchi qismiga asosan, agar hisobga
olish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish bо‘yicha qalbaki yoki kо‘zbо‘yamachilik
uchun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud bо‘lsa, soliq
organlari hisobga olishni bekor qilishni yoki unga tuzatishni amalga oshirishga haqli.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5 kun muddatda ilovada rо‘yxati keltirilgan
subyektlardan xarid qilingan tovar (xizmatlar) bо‘yicha hisobga olingan soliq
summasiga tuzatish kiritish bо‘yicha qayta hisobot taqdim etishingiz yoki hisobga olish
huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-varaq faktura, tovar yetkazib berish
yuk xati, tо‘lov topshiriqnomasi va xarid qilingan tovar, xizmatlarning nima maqsadda
sarflanishi yoki saqlanayotgan ombor) taqdim etish talab etiladi.
Qayd etilganlarga asosan, ushbu qalbaki, kо‘zbо‘yamachilik uchun tuzilgan
bitimlar doirasida rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar bо‘yicha QQS
2022 yil “15” aprel
19/9-27578 - son
hisobotining 4-ilovasida hisobga olingan 45450000 sо‘m QQS summasi bekor qilinishi
va budjetga tо‘lanadigan soliq summasiga tuzatish kiritilishi tо‘g‘risida ma’lum qilamiz.
Boshqarma
boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari
S.Fayziyev
Ijrochi: M.Qahramonov
ID: 28558492
Sana: 15.04.2022
Do'stlaringiz bilan baham: |