Qisman kuzatish o`rganilayotgan to`plamdagi birliklardan qandaydir bir
qismi haqida kerakli ma`lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Qisman kuzatish to`rtta turga bo`linadi:
tanlama kuzatish;
asosiy massivni kuzatish;
anketa orqali kuzatish;
monografik kuzatish.
Tanlama kuzatish deyilganda umumiy bosh to`plamdan bir qismini ilmiy
asoslangan, vakolatni to`la ta`minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib
19
tekshirish tushuniladi. U to`g’ri tashkil etilsa, olingan natijalar umumiy to`plam
haqida to`la-to`kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini beradi.