Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan
javoblar asosida kuzatish varaqalari to`ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat
talab qilinmaydi. 1998 yilgi aholi ro`yxatini o`tkazishda hisobchilar har bir
oilaga kirib ro`yxat varaqasini yashovchilardan so`rab to`ldiradi. Bunday
kuzatishlar savol-javob usulidagi kuzatish deb yuritiladi.
Savol javob usuli o`z navbatida uchga bo`linadi:
og’zaki usuli;
o`z-o`zini qayd qilish usuli;
korrespondentsiya usuli.
Og’zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (hisobchilar) kuzatilayotgan
shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarini varaqaga
yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |