Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


Ixtiyordagi  real  daromadlar



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   208
Bog'liq
Statistika

Ixtiyordagi  real  daromadlar  joriy  davr  bazis  davriga  nisbatan  majburiy 
to`lovlarni hisobga olgan holda daromadlar qanday o`zgarganligini ifodalaydi va 
quyidagicha hisoblanadi: 


 
193 
туловлари
мажбурий
давр
Базис
и
даромадлар
пул
давр
Базис
индекси
бахолар
Истеъмол
туловлари
ихтиёрий
ва
мажбурий
давр
Жорий
и
даромадлар
пул
давр
Жорий
IRD










 
Aholining real va ixtiyordagi real pul daromadlari quyidagicha hisoblanadi: 
Aholi pul 
daromadlari 
(mln.AQSH doll.) 
Majburiy va 
ixtiyoriy to`lovlar 
(mln.AQSH doll.) 
Iste`mol 
baholar 
indeksi 
(%) 
Avvalgi yil 
oyiga nisbatan 
%da 
hisoblangan 
real pul 
daromadlari 
Avvalgi yil 
oyiga 
hisoblangan 
real 
ixtiyordagi 
daromadlar 
Oktyabr 
2004 y 
Oktyabr 
2005 y. 
Oktyabr 
2004 y 
Oktyabr 
2005 y. 





6=2:5/1x100% 
7=(2-4):5/1-
3x100% 
15158 
24278 
1215 
2118 
149,6 
107,1 
106,2 
 
Jadval  ma`lumotlariga  qaraganda,  bir  yilda  real  pul  daromadlari  7,1  %ga, 
real ixtiyordagi daromadlar esa 6,2%ga o`sgan. 
Real daromadlarni o`zgarishi tezligi quyidagi omillarga bog’liq: nominal 
daromadlar  o`sish  darajasi,  soliq  to`lovlari  stavkalarining  o`zgarishi  va  baho 
indeksining o`zgarishi. 
Iste`mol  baholar  indeksi  aholi  tomonidan  sotib  olinadigan  ma`lum 
belgilangan  tovar  va  xizmatlar  yig’indisi  qiymatining  o`zgarishini  xarakterlaydi. 
Masalan, iste`mol baholar indeksini hisoblash uchun O`zbekiston Davlat statistika 
qo`mitasi tomonidan aholi iste`moli tarkibini xarakterlab beradigan 300 xil tovar 
va xizmatlar tanlab olingan. Buni o`rganish uchun uy xo`jaliklarida yil davomida 
o`tkazib boriladigan statistik kuzatish ma`lumotlari asos bo`lib hisoblanadi. 
Baho  indeksi  aholining  iste`mol  tarkibi  o`zgarmagan  holda  joriy  davr 
tovar  va  xizmatlarni  sotib  olish  uchun  bazis  davriga  nisbatan  qancha  ortiq  yoki 
kam sarflashni ifodalaydi. 
Deflyator deb nomlangan baho indeksi quyidagicha hisoblanadi: 
J
p
 = 

P
1
q
p
 : 

P
0
q
p
 = 

i
p
P
0
q
p
 : 

P
0
q
p
 
bunda, 
q
p
 – tovarlarning doimiy (o`zgarmas) miqdori. 
Aholi  daromadlari  va  xarajatlari  hajmi  oilalarining  byudjetini  aks  ettirishi 
bilan birga aholining daromadlari va xarajatlari balansini tuzish va milliy hisoblar 
tizimadagi  «Uy  xo`jaligi»  sektori  hisoblamalari  ko`rsatkichlarini  ham  aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
Aholining  daromadlari  va  xarajatlari  balansi  –  aholining  daromadlari, 
xarajatlari,  jamg’armalari  hajmi  va  tarkibini  ham  ifodalaydi.  Balans  yalpi  milliy 
daromadning qanday qismi aholi ixtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi. 
Balans ijtimoiy-iqtisodiy tahlilning muhim qurollaridan biri bo`lib, u aholi 
turmush  darajasini  ifodalaydi.  Uning  yordamida  aholi  pul  daromadlari  va 
xarajatlarining umumiy hajmi, uning tarkibi aniqlanadi, aholining real va nominal 


 
194 
daromadlari,  aholining  sotib  olish  qobiliyati  aniqlanadi  va  boshqa  hisob-kitoblar 
amalga oshiriladi. 
Balansning  daromadlar  qismi  har  xil  manbalardan  tushumlarni 
ifodalaydi.  Ularni  moliyaviy  va  statistik  hisobotlardan,  tanlama  kuzatish  va 
boshqa manbalardan olish mumkin. 
Balansning xarajatlar qismi aholi tomonidan to`langan transfertlar, tovar 
va  xizmatlarni  sotib  olish  uchun  to`lovlar  va  aholining  depozit  va  qimmatli 
qog’ozlarda ortgan jamg’armalaridan tashkil topadi. 
Balansning daromadlar qismida ba`zi bir iqtisodiy ma`nosi bir xil bo`lgan 
moddalar  kiritilgan.  Masalan,  mulkdan  olingan  daromadlarga  dividendlar, 
jamg’arma va qimmatli qog’ozlardan olingan foizlar. 
Balansning  xarajatlar  qismidagi  ko`rsatkichlar  o`zining  iqtisodiy 
mohiyatiga  ko`ra  milliy  hisoblar  tizimidagi  ko`rsatkichlar  bilan  bir  xil  emas. 
Daromadlar  qismini  xarajatlar  qismiga  nisbatan  ortiq  bo`lishi  pul  formadagi 
aktivlarni o`sishini anglatadi. Agar aksincha bo`lsa, aholining iste`mol xarajatlari 
uy xo`jaliklarining yig’ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi. 
O`zbekiston  2005  yil  statistik  axborotnomasi  ma`lumotlariga  ko`ra 
aholining  nominal  pul  daromadlari  hisobot  davrida  2004  yilning  shu  davriga 
nisbatan  29,7%ga  ko`paydi  va  9989,8  mlrd.  so`mni  tashkil  qildi,  aholining  pul 
xarajatlari va jamg’armalari 28,8%ga ko`payib 9794,6 mlrd. so`mni tashkil qildi. 


 
195 
Aholining pul daromadlari, xarajatlari va jamg’armalari dinamikasi quyidagicha 
ifodalanadi: (mlrd. so`m) 
 
Aholi pul 
daromadlari 
Aholi pul xarajatlari va 
jamg’armalari 
Pul daromadlarining 
xarajatlardan farqi 
2004 y. 
7702,3 
7604,2 
98,1 
2005 y. 
9989,8 
9794,6 
195,2 
 
2005 yilda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi quyidagicha 
ifodalanadi: 
 
Mlrd. 
so`m 
Jamiga 
nisbatan foiz 
hisobida 
2004 yilga 
nisbatan foiz 
hisobida 
Jami daromadlar  
9989,8 
100 
129,7 
SHu jumladan:  
 
 
 
Mehnatga haq to`lash va 
korxonalardan olingan boshqa 
daromadlar  
2936,6 
29,4 
139,8 
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini 
sotishdan olingan daromadlar  
2595,1 
26,0 
115,5 
Ijtimoiy transfertlar  
1456,2 
14,6 
137,5 
Mol-mulk, tadbirkorlik daromadlari 
va boshqalar  
3001,7 
30,0 
130,8 
Jami xarajatlar va jamg’armalar  
9794,6 
98,0 
128,8 
SHu jumladan:  
 
 
 
Iste`mol xarajatlari  
7248,3 
72,5 
122,4 
Majburiy to`lovlar va badallar  
697,5 
7,0 
117,8 
Omonatlar, qimmatli qog’ozlarga 
joylashtirish, jumladan valyuta 
xarid qilish hisobiga 
jamg’armalarning o`sishi va boshqa 
xarajatlar  
1848,8 
18,5 
169,3 
 
Aholi  pul  daromadlarining  umumiy  hajmida  tadbirkorlik  faoliyatidan 
olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni 
qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining 
56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning 
ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi. 
Aholining  iste`mol  xarajatlari  22,4%ga  ko`paydi  va  7248,3  mlrd.  so`mni 
tashkil  qildi.  Iste`mol  xarajatlari  ulushi  pul  daromadlarining  umumiy  hajmida 
76,8%dan 72,5%ga kamaydi. 
Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi 
va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan 
7,0%ga kamaydi. 
 


 
196 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish