ko`rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo`yicha taqsimoti, daromadlar
va iste`molni yig’uvchi va kelishtiruvchi ko`rsatkichlar va h.k.).
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimiga bevosita iste`mol
ko`rsatkichlari bilan birga iste`mol imkoniyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham
kiradi. Ularga, masalan, iste`mol fondi yoki daromad darajasi ko`rsatkichlarini
kiritish mumkin.
«Turmush darajasini» ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimi ko`p bo`lganligi
sababli hozirgi vaqtda qator jamlovchi ko`rsatkichlar ham qo`llaniladi va ulardan
biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish
indeksi)dir. Bu ko`rsatkich insonlarning moddiy va ma`naviy istaklarini qondirish
imkoniyatlarini o`lchash uchun, shuningdek, ayrim mamlakatlar va umuman,
insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun xizmat
qiladi.
Inson rivojlanish indeksi (J
i.r.
) uchta omilning ta`sirini hisobga oladi:
1) umr uzunligi;
2) ta`lim olish darajasi;
3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIM hajmi.
190
Bu ko`rsatkich (J
i.r.
) turmush tarzini ifodalovchi uch ko`rsatkich asosida
o`rtacha arifmetik usulda aniqlanadi:
J
i.r.
= 1/3 x (
J
xi
);
bunda,
J
xi
– turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan:
J
x1
– kutilayotgan umr uzunligi;
J
x2
– aholining ta`lim olish darajasi (yig’ma ko`rsatkich: yoshi katta
aholining savodxonlik darajasi va boshlang’ich, o`rta va oliy
ma`lumot olayotgan yoshlar salmog’i);
J
x3
– jon boshiga to`g’ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib
olish qobiliyatini e`tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH
dollarida).
Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va maksimal
qiymati belgilangan andozasidan foydalaniladi va u bilan mamlakatdagi amaldagi
ko`rsatkich solishtiriladi:
хажми
минимал
x
хажми
максимал
x
хажми
минимал
x
хажми
амалдаги
x
J
i
i
i
i
x
Bo`lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida
85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta`lim olish indeksi
hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YAIM
hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSH dollari olinadi.
Jon boshiga real YAIM hajmi ko`rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan
va iste`mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko`rish uzunligi ko`rsatkichi
millatning sog’lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o`sish
darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, meditsina xizmati darajasiga,
ekologiyaga va boshqa omillarga bog’liq. Aholining ta`lim olish darajasi
jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi.
BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi
tendentsiyasi» nomli ma`ruzasida ta`kidlaganidek, oxirgi 30 yil mobaynida
insoniyat o`z rivojida sezilarli o`sishga erishgan. Hozirgi vaqtda umr uzunligi
1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o`limi esa yarmiga qisqargan.
1960 yildan 1995 yilgacha bo`lgan davrda butun dunyo bo`yicha
hisoblangan inson rivojlanish koeffitsienti 247 foiz punktga o`sgan. Jumladan,
aholi jon boshiga real YAIM ishlab chiqarish (solishtirma baholarda) 1,8 marta
ortgan, o`rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64 yoshgacha ko`tarilgan, aholi
savodxonlik darajasi esa 50%gacha ortgan.
Barcha mamlakatlar bo`yicha turmush darajasi solishtirilganda ular
o`rtasida juda katta farq borligi aniqlangan. 1995 yilda BMT rivojlanish
dasturining mutaxassislari tomonidan o`rganilgan 174 mamlakat quyidagicha
taqsimlangan: 63tasi insonning rivojlanish darajasi yuqori, 64tasi o`rta va 47tasi
past darajada (indeksi 0,500dan kichik). Lekin asta-sekin bunday farqlar yo`qolib,
inson rivojlanish darajasi tenglashib bormoqda.
1992 yilda esa er yuzi aholisining rivojlanish darajasi 30% rivojlangan,
39% o`rta va 31% esa past darajada bo`lgan edi. 30 yil mobaynida indeks
variatsiyasi taxminan 2 marta kamaygan. Inson salohiyati rivojlanish darajasi
191
bo`yicha eng yuqori o`rinni 1998 yilda Kanada, AQSH va Avstraliya egallagan.
Inson rivojlanish indeksini hisoblash metodologiyasi doim mukammallashib
bormoqda. Bunda hisobga olinadigan ko`rsatkichlarni tanlash, shuningdek,
foydalaniladigan vazn koeffitsientlaridan foydalanish munozarali masalalar bo`lib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |