176
mavjud. Ularning ba`zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so`ngra,
keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo`lib hisoblanadi.
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo`yicha» balanslashtiriladi. Buning
mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish
qismi orasidagi farq aniqlanadi. SHunday hisoblamalardan biri «tovar va
xizmatlar» hisoblamasidir. U tovarlar va xizmatlarni har xil maqsadlarda
foydalanishni aks ettiradi: iste`mol, jamg’arish va boshqalar. Bu hisoblamada
balanslashtiruvchi modda bo`lmaydi. Ammo agar moddalar to`g’ri aniqlansa,
hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar balanslashmay qolsa, u holda
hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo`l qo`yilgan bo`ladi.
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo`ladi:
resurslar va resurslardan foydalanish (bunda «buxgalteriya hisobidagi debet va
kredit emas). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar
yig’indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig’indisiga teng bo`lishi shart.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar
guruhini bir-biridan ajratish lozim:
iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig’ma hisoblamalar).
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o`z navbatida quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
joriy hisoblamalar;
jamg’arish hisoblamalar;
aktivlar va passivlar balanslari.
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
ishlab chiqarish hisoblamasi;
daromadlarni hosil bo`lishi;
daromadlarni birlamchi taqsimlash;
daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;
moliyaviy hisoblama;
aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
a) aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
Aktiv va passivlar balanslari o`z ichiga quyidagilarni oladi:
davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
Endi har bir joriy hisoblamalarni ko`rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: