Qisqacha xulosalar
Milliy iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos holda faoliyat olib
borishi uchun muntazam ravishda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab
chiqarishga joriy etish lozim. Burning uchun yangi texnologiyalarni joriy etish,
yangi uskunalarni, xomashyo va materiallarni sotib olish, xodimlar malakasini
oshirish lozim bo`ladi. Bunday holatni muntazam ravishda saqlab turish uchun
xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ma`lum miqdordagi kapitalga ega bo`lishlari kerak.
Ammo amalda doim ham shunday bo`lavermaydi. SHuning uchun rahbarlar va
170
menedjerlar oldida strategik rejalarni amalga oshirish uchun investitsion
mablag’lar manbalarini qidirib topish masalasi ko`ndalang turadi.
Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda etakchi o`rinni egallaydi,
chunki investitsiya orqali kapital jamg’armalari jamg’arishiga va uning natijasida
mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o`sishga
erishiladi.
Investitsiyalar birinchi navbatda yalpi ichki mahsulot bir qismining
harakati bo`lib, ular milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish parametrlarini
aniqlab beradi, iste`mol va iqtisodiy o`sish qat`iyligini, ijtimoiy rivojlanishning
kelajagini real aks ettiradi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati bo`yicha qarash va
nuqtai nazarlarni tahlili shuni ko`rsatdiki, turli iqtisodiy fanlar va amaliy
faoliyatlarda ular turlicha talqin qilinadi. Umumiy iqtisodiy fanlarda
investitsiyalar – kapitalni jamg’arish jarayoni deb qaraladi. Investitsiyalarning
mohiyati rejali, bozor va o`tish davri iqtisodiyoti sharoitlarida bir-biridan
investitsion faoliyat qatnashchilari, moliyalashtirish manbalari, investitsiya riski,
investitsion tsikl axborot bazasi, loyihani amalga oshirish sharoiti va h.k.lar
bo`yicha farq qiladi.
Investitsion faoliyat ikki makro va mikro darajada amalga oshiriladi.
Birinchi darajada davlat va rahbar strukturalar amalga oshirsa, ikkinchisida esa
xo`jalik yurituvchi sub`ektlar – korxonalar, firmalar, kompaniyalar va boshqalar
amalga oshiradilar. Ikkala holatda ham gap investitsiyalash strategiyasi, uning
o`lchamlari va olingan natijalari haqida boradi.
Amaliyotda uch xil investitsiya turlari mavjud: moliyaviy, moddiy va
nomoddiy investitsiyalar.
Moliyaviy investitsiyalar – kapitalni har xil moliyaviy aktivlarga
qo`yilishini anglatadi. Moddiy investitsiyalar – material ob`ektlar yaratilishini
taqozo qiladi. Nomoddiy investitsiyalar – investor kapitalini kengaytirish va qayta
takror ishlab chiqarish uchun qo`yilgan nomaterial qo`yilmalar bo`lib, ular mulkiy
mablag’lar balansida o`z aksini topmaydilar. Investitsiya ko`rsatkichlari joriy va
solishtirma baholarda hisoblanadi va ifodalanadi. Bunda solishtirma narxlardagi
hisob-kitoblar faqat so`mda emas, balki AQSH dollarida ham amalga oshiriladi,
bu esa birinchidan, hisoblanayotgan ko`rsatkichlarga bahoning (inflyatsiyaning)
ta`sirini bartaraf qilishga, ikkinchidan. so`mning xalqaro kursidagi o`zgarishlarni
ta`sirini ham bartaraf qilishga olib keladi va shu bilan birga O`zbekistonning
investitsiya faoliyati ko`rsatkichlarini boshqa mamlakatlardagi xuddi shunday
ko`rsatkichlar bilan bevosita taqqoslash imkoniyatini yaratadi.
Investitsiyalar samaradorligi darajasini o`rganishda statistika, iqtisodiyot
nazariyasi uslublarini qo`llaydi. Uning samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash
uslubiyati maxsus hujjat «Investitsion loyihalar samaradorligini baholash
bo`yicha uslubiy tavsiyanomalar»da keltirilgan. Bundan ko`zlangan maqsad
ob`ektlarni loyihalash jarayonida eng samaradorligini tanlab olishdan iborat
bo`lsa, statistikaning vazifasi boshqacha – u investitsion ob`ektlardan foydalanish
jarayonidagi samaradorlikni aniqlashdan iborat. SHuning uchun samaradorlikni
171
statistik baholash investitsion ob`ektlarni ham loyihalash, ham ulardan
foydalanish jarayonlarini o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |