Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   208
Bog'liq
Statistika

Qisqacha xulosalar. 


 
37 
1.  Statistik  ma`lumotlar  jonsiz  sonlar  ustuni  va  qatorlari  bo`lib,  ularning 
orqasida  yashirinib  yotgan  hodisalarni  bilish,  ular  o`rtasidagi  o`zaro  aloqalarni 
anglash  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  aniqlash  ma`lumotlardan  foydalanuvchi 
shaxslarning  ularni  o`qiy  olish,  sonlar  tilini  bilish  qobiliyatiga  bog’liq. 
Statistikaning  vazifasi  esa  ularga  barcha  qulay  sharoitlarni  tudirib 
ko`maklashishdan iborat. Bu jarayonda uning zimmasiga tushadigan yukni tovar 
bozorida  faoliyat  qilayotgan  savdogarning  vazifasiga  qiyoslash  mumkin. 
Bozorda  o`z  molini  xaridorgir  qilib  ko`rsatish  maqsadida  sotuvchi  uni  to`la 
ma`noda  tovar  qilib  e`tirof  etishga,  ya`ni  barcha  oliy  omonlarini  ko`rsatishga 
intilganidek,  statistik  ham  o`z  faoliyatining  mahsuli  bo`lmish  ma`lumotlarni 
yaqqol,  ko`rkam,  jozibali  qilib,  barcha  mantiqiy-mazmuniy  tomonlarini 
oydinlashtirib  taqdim  etishi  kerak.  Shu  maqsad  uchun  statistik  ma`lumotlarni 
jadvallar shaklida ifodalash va grafikda tasvirlash xizmat qiladi. 
Jadvallar statistik ma`lumotlarni ixcham shaklda, o`ziga xos xususiyat va 
bog’lanishlarni  yaqqol  qilib  taqdim  etish  imkoniyatini  bersa,  statistik  grafiklar 
ularni  ko`rkam,  jozibali,  o`ziga  tortuvchan,o`zaro  nisbatlari,  o`xshashlik  va 
farqlarini ko`zga ilinarli qilib tasvirlaydi. Natijada son tilini bilish, ularni o`qish 
va talqin etish osonlashadi. 
Jadval va grafiklarni tuzish san`atdir, ammo samarali ilmiy vosita sifatida 
ular  xizmat  qilishi  uchun  bu  san`atdan  to`g’ri  foydalana  bilish  lozim.  Sonlar 
bilan  ishlashni  bilmaydigan  shaxslarga  ular,  qanchalik  yaxshi  ishlov  berilgan 
bo`lmasin,  juda  oz  ma`no  kasb  etadi  yoki  butunlay  hech  narsani  anglatmasligi 
mumkin.  Statistik  raqamlar  bilan  birinchi  to`qnashishdayoq,  ular  sarosimaga 
tushib  qoladi.  Agarda  buning  ustiga  biror  kimsa  tezroq  uqdirish  maqsadida  bu 
sonlarni  hadeb  qayta  -qayta  eslatib  turadigan  bo`lsa,  parokandalik  vaziyati 
yanada  kuchayadi.  Bunday  holatlarda  odam  jadvalning  ma`lum  qismigagina 
e`tibor qilishga moyil bo`ladi, undan biror ma`no chiqarishga intiladi, ammo bu 
holda  urg’u  belgisini  noo`rin  qo`yish  xavf-xatari  ortadi.  Umumlashtirilmagan 
xomaki  ma`lumotlarga  duch  kelgan  odamzod  kayfiyatini  bepoyon  chakalakzor 
o`rmonda  kompassiz  adashib  qolgan  kishining  holati  bilan  qiyoslash  mumkin. 
Xo`sh,  bu  holatdan  qanday  chiqish  kerakq  Qaysi  tomon  sharqu,  qaysi  tomon 
g’arbq  Barglar  orasidan  taralayotgan  yorug’lik  nuriga  qarab  yo`l  tutsa,  u 
o`rmondan  tashqariga  olib  chiqishi  yoki  aksincha  uning  yanada  qalin 
chakalakzor zulmatiga olib borishi mumkin. 
Shuning  uchun  ma`lumotlar  mohiyatini  anglash,  bilish  jarayonini 
engillashtirish uchun ularni sodda va asl ma`nosida taqdim etish kerak. Demak, 
jadvallarni tuzayotganda ma`lumotlarning tabiatiga e`tibor berish zarur va yana 
shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim ma`lumotlar birmuncha oson yo`l bilan 
umumlashtirilsa  va  soddalashtirilsa  boshqalari  esa,  aksincha  ancha-muncha 
qiyinchilik  tudiradi.  Masalan,  korporatsiya  rahbarlari  moliyaviy  barqarorlik 
haqida darak olish bilanoq, ularda qaysi bo`lim qanday ko`rsatkich bilan faoliyat 
qilayotganini  bilish  ishtiyoqi  paydo  bo`ladi.  Shu  sababli  moliyaviy  natijalar 
haqidagi jadvalda har qaysi bo`lim bo`yicha foyda yoki zarar hajmini ko`rsatish 
va ularni mahsulot turlari bo`yicha taqsimlash etarlidir. Ammo bunday jadvalni 
ortiqcha  ma`lumotlar  bilan  to`ldirib  yuborish  mumkin  emas,  jumladan  foyda 


 
38 
keltirgan  bo`limlar  haqida  qo`shimcha  buning  sabablarini  yorituvchi 
ma`lumotlar berish noo`rindir, chunki ularga boshliqlar muhtoj emas. Qanchalik 
jadvallar  sodda  shaklda  tuzilsa,  shunchalik  ulardagi  ma`lumotlarni  talqin  etish 
oson bo`ladi. 
Ammo  bunday  soddalashtirish  me`yorda  bo`lishi kerak,  bu  esa jadval va 
grafiklar tuzish qoida-tartiblarida belgilanadi. 
4.  Statistik  ma`lumotlarni  tasvirlovchi  diagramma  va  chizmalarga  nazar 
tashlash, ular ustida fikrlashga qaraganda nafaqat oson va qulay, balki shu bilan 
birga  tafsilotlarni  yozma  yoki  ozaki  bayon  qilishga  nisbatan  ko`proq  taassurot 
qoldiradi.  Kuzatuvchi  o`zining  ko`rib  sezish  qobiliyatidan  foydalanib 
shakllardagi,  tashqi  qiyofadagi  va  jismoniy  kattaliklardagi  o`xshashlik  va 
farqlarni  tezroq  ilab  oladi,  ikir-chikirlaridan  esa  chetlanadi.  Ammo  diagramma 
va 
tasvirlar 
yordamida 
statistik 
ma`lumotlarni 
soddalashtirish 
va 
yuzakilashtirishning  ma`lum  chegarasi  (optimal  me`yori)  mavjud.  Bu  me`yor 
grafiklarda  ifodalangan  tasviriy  mutanosibliklar  haqiqatda  ma`lumotlarda 
kuzatiladigan  nisbatlar  va  xususiyatlarga  qanchalik  mos  kelishi  bilan 
belgilanadi.  Undan  oshirib  yuborish  muayyan  tasviriy  vositalarini  suiiste`mol 
qilish  ya`ni  ulardan  yomon  niyatda  foydalanish  hisoblanadi.  Nazar  tashlash, 
ko`rish odamzod idrokini chalitishi, noto`g’ri fikrga olib kelishi mumkin. 
 
 
 
 
 
 
11-chizma.   
12-chizma.   
 
 
13-chizma. 
 
11-chizmada  XYZ  chizig’ida  qaysi kesim  XY  yoki  YZ uzun ko`rinishda 
XY  kesimi  uzunroqqa  o`xshaydi,  aslida  esa  ikkala  kesim  tengdir.  
12-chizmada  AE  chizig’i  EB  chizig’iga qaraganda uzunroqqa o`xshaydi,  aslida 
ular  teng.  13-chizmada  CD  tik  chiziq  yotiq  AB  chizig’idan  uzunroq  ko`rinadi, 
haqiqatda esa ular teng. Hurmatli o`quvchilarimiz chizich bilan o`lchab tekshirib 
ko`radilar  degan  umiddamiz.  Bevosita  birgina  diagramma  va  tasvirlarning  o`zi 
ko`zning  aldanishiga,  chalishiga  sabab  bo`libgina  qolmasdan,  ularga  yuzaki 
nazar  tashlash,  sinchiklab  qaramaslik  ham  bunday  soxta  tassurotga  sabab 
bo`ladi.  Aniq  ma`lumotlarga  ega  bo`lmasdan  puch  hayollarga  berilib,  xomaki 
fikrlarning  tasdiqini  diagramma  va  tasvirlar  orqali  yuzaga  chiqarish  uchun 
intilish  aslo  noto`g’ri  harakatdir.  Bunday  ojizlik  odamzod  tabiatida  uchrab 
turadigan  nuqsonlardan  biri  bo`lib,  diagramma  va  tasvirlar  tuzish  qoidalari  esa 
ularning oldini olish uchun samarali chora hisoblanadi. 
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish