Sof kreditlash (sof qarz olish) – moliyaviy resurslar hajmini ifodalovchi
balanslashtiruvchi modda bo`lib, u iqtisodiyotning bir sektorini ikki sektoriga
bergan va o`rni qoplanadigan (yoki olgan) kapital xarajatlarni moliyalashtirishni
ifodalaydi.
17.3. Milliy hisoblar tizimidan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash
maqsadida foydalanish
185
MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo`nalishlaridan biri
iqtisodiy o`sish darajasi va iqtisodiy kon`yunkturaning tebranishi hisoblanadi.
YAIM hajmini o`zgarmas baholarda hisoblab uning dinamikasini o`rganish
muhim yo`nalishlardan biri bo`lib, u ko`p jihatdan mamlakat iqtisodiy
salohiyatini investitsiyalar hisobiga oshirish bilan bog’liq bo`ladi. Iqtisodiy
kon`yunkturaning tebranishi ko`p jihatdan mavjud asosiy fondlardan foydalanish
darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy o`sish darajasi ko`rsatkichlaridan mamlakatning u yoki bu
davrdagi o`sish tendentsiyalarini o`rganish, olib borilayotgan iqtisodiy
siyosatning samaradorligini o`rganish uchun foydalaniladi.
Masalan, MDH mamlakatlarida YAIM (o`zgarmas baholarda, 1991-yilga
nisbatan foiz hisobida) dinamikasi
1
2000
2001
2002
2003
2004
2005
O`zbekiston
98,6
102,7
107,0
111,4
120,0
127,7
Ozarbayjon
53,3
59,3
65,1
72,0
80,1
88,3
Armaniston
76,8
84,2
95,0
108,2
119,1
124,6
Belorussiya
89,7
94,0
98,7
105,4
107,0
109,3
Gurjiston
47,6
49,8
52,5
57,1
63,3
65,6
Qozog’iston
76,0
88,5
97,2
106,1
116,2
126,6
Qirg’iziston
72,2
76,1
76,1
81,2
87,0
91,4
Moldova
42,0
45,0
48,5
51,6
54,7
57,0
Rossiya
70,8
74,3
77,8
83,3
89,5
95,9
Tojikiston
41,0
45,0
49,3
54,3
59,7
63,4
Ukraina
47,4
51,7
54,2
58,8
66,6
72,6
Ma`lumotlar asosida MDH mamlakatlarini YAIM hajmini o`sish sur`atlari
bo`yicha ikki guruhga ajratish mumkin: 1) 1991 yil darajasiga etib, o`tib ketgan
mamlakatlar: O`zbekiston, Qozog’iston, Armaniston va Belorussiya; 2) 1991 yil
darajasiga etmagan mamlakatlar: Ozarbayjon, Gurjiston, Qirg’iziston, Moldova,
Rossiya, Tojikiston va Ukraina.
MDH davlatlari ichida YAIM ko`rsatkichi bo`yicha eng yuqori darajaga
erishgan mamlakat O`zbekiston bo`lib, uning YAIM (o`zgarmas baholarda) 1991
yilga nisbatan 127,7%ni tashkil etdi. Moldova esa YAIM endi 57,0%ni tashkil
etdi, xolos.
O`zbekiston YAIMning mintaqaviy tuzilishida eng katta ulush Toshkent
shahrida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga tegishli bo`lib, respublika YAIM
umumiy hajmiga nisbatan 17,0 foizni (2000 yilda – 11,6 foiz) tashkil qildi, uning
ko`payishi qurilish va sanoat tarmoqlarining yuqori o`sish sur`atlari (tegishli
ravishda 7,3 foiz va 7,0 foiz) bilan izohlanadi. Respublika YAIMni yaratishda
ikkinchi o`rinni Toshkent viloyati egallab, uning respublika YAIM umumiy
hajmidagi ulushi 10,4 foizni tashkil etadi.
Tahlilning keyingi yo`nalishi YAIMdan foydalanish tarkibini o`zgarishini
o`rganishdan iborat: oxirgi iste`mol, yalpi jamg’arish, sof eksport. Ushbu tahlil
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида
186
asosida yana uy xo`jaliklari iste`moli tarkibini o`rganish mumkin (masalan, oziq-
ovqat mahsulotlari sotib olish ulushi), YAIMning mudofaaga, boshqarishga,
sog’liqni saqlashga, ta`lim va ilmiy tadqiqot ishlariga sarflangan qismi.
O`zbekistonning 2001-2005-yillardagi YAIMdan
foydalanish tarkibi
1
2001 2002 2003 2004 2005
Jami
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
shu jumladan:
1. YAkuniy iste`mol uchun xarajatlar
jami
80,0
76,5
72,3
68,8
65,9
a) xususiy
60,6
57,6
53,8
51,7
49,6
b) davlat
19,4
18,9
18,5
17,1
16,3
2. YAlpi jamg’arish
21,1
22,9
20,8
23,9
23,7
a) asosiy kapitalga
27,9
21,9
22,1
22,1
22,4
b) moddiy aylanma mablag’lar
-6,8
+1,0
-1,3
1,8
1,3
3. Sof eksport
-1,1
+0,6
+5,9
7,3
9,4
YAIMdan foydalanish tarkibida ham ijobiy o`zgarishlar yuz bergan:
yakuniy iste`mol uchun xarajatlar ulushi kamayib, yalpi jamg’arish va sof eksport
ulushi ortib borgan. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanib
borayotganini, uning kedalajagi yanada porloq ekanini va xalqning turmush
darajasi rivojlanib borayotganini ifodalaydi.
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида
187
Do'stlaringiz bilan baham: |