Mavjud korxonalarni kengaytirish deganda, mavjud korxonalar
hududida yangi tsexlar, ob`ektlarni qurish yoki ularga yaqin maydonlarda yangi
yoki qo`shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini qurish tushuniladi.
Mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish deganda, ishlab chiqarish
quvvatlarini ko`paytirish, mahsulot sifatini va nomenklaturasini yaxshilash
maqsadida korxonalardagi tsexlar va ob`ektlardagi ishlab chiqarishni
takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini yuqori darajaga ko`tarish
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |