Asosiy rostlashlar va mashinani ishlatish. Tugma diametri o’zgarganda tepkilar 13, 15 bilan tirak 14 o’rtasidagi oraliq rostlanadi. Buning uchun vintlar 8 ni bo’shatib, tirak plastina 7 tugma tutkich 5 bo’ylab suriladi. Agar plastina tikuvchidan nariga surilsa, tepkilar bilan tirak orasidagi masofa oshadi. Tugma tutkich 5 ning materialga bosimi gilza 6 ichida joylashgan ichki prujinaning bosimini vint 30 yordamida o’zgartirib rostlanadi. Agar vint 30 burab chiqarilsa, tugma tutkich 5 ning materialga bosimi oshadi. Tepkilar 13, 15 bir-biriga parallel bo’lishi kerak, ularning holati vint 11 ni bo’shagandan keyin tepki 13 yoki 15 ni richag 10 bo’ylab surib rostlanadi.
Planka 4 ning bo’ylamasiga surilish kattaligini vint 1 ni bo’shagandan keyin, mufta 2 ni richag 35 pazi ichida sterjen 36 bo’ylab surib rostlanadi. Agar mufta 2 yuqori chekka holatga qo’yilsa, planka 4 bo’ylamasiga siljimaydi, demak, ikki teshikli tugma qadash imkoniyati hosil bo’ladi.
Agar tugma teshiklarining o’rtasidagi oraliq mashina platformasiga ko’ndalang yo’nalishda o’zgarsa, bunda vint 31 ni burab chi- qarib, qopqoq 32 olinadi, gayka 25 bo’shatilib, shatun 26 ning ustki kallagini richag 24 pazi bo’ylab suriladi. Agar shatun 26 ning ustki kallagini chapga, richag 24 ning tayanch nuqtasiga yaqinroq surilsa, ignaning platforma 3 ko’ndalangiga og`ishi kamayadi.
Igna 16 ni uning uzun ariqchasini tikuvchiga qaratib igna yuritkich 19 ga o’rnatib, vint 18 yordamida mahkamlanadi.
Mashina tanasida moy karteri bo’lib, undan moy piliklar orqali mexanizmlar detallarining tutashmalariga boradi.
Nazorat savollari.
3022-M yarim avtomati qaysi ishlarni bajarishga mo’ljallangan?
3022- M yarim avtomatini ishga tayyorlash tartibi qanday?
3022-M yarim avtomatida reykaning xom ashyoga nisbatan bosimi qanday sozlanadi?
4.558-1303/EII/2 («Dyurkopp» firmasi) yarimavtomatida xalqa ko’zining shakli va xalqa uzunligi qanday o’zgartiriladi?
«Pfaff» firmasining 3306-7/20-966/11 yarimavtomatida tugma qadash jarayoni qanday bajariladi?
LK-981-555/BR-2 («Juki» firmasi) yarimavtomati qaysi mexanizm va uzellardan tuzilgan? Ta’minlagichning vazifasi nimada?
«Dyurkopp» firmasining 541-15105 rusumli yarimavtomatida ignaga ip qaysi tarzda taqiladi?
"Pannoniya" firmasining CS1652K-303A yarimavtomatida katta va kichik puxtalamalar qanday bajariladi?
CS1652K-303A yarimavtomatida ostki ip qanday taqiladi? Ostki ip uzilishining sababi nimada?
827 rusumli yarim avtomatik mashinada tugma qaday jarayoni qanday bajariladi?
827 rusumli yarim avtogmatida tugma diametri o’zgarganida qanday sozlanishlar bajariladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |