ta`sir chizig’i
deyiladi. Inshoot ustida harakatlanuvchi birlik
kuchning (P = 1) vaziyatini belgilovchi abstsissani x bilan, uning biror elementidagi
zo`riqishni T bilan belgilasak, u holda:
)
(
x
f
T
(2.1)
(2.1) tenglama zo`riqish T ning
ta`sir chiziq tenglamasi
deyiladi.
Inshootning ixtiyoriy kesimidagi zo`riqish ta`sir chizig’i statik va kinematik
metodlar orqali chiziladi. Statik metod, inshoot ustida harakatlanuvchi birlik kuch (P = 1)
ning ixtiyoriy nuqtada turgan holati uchun muvozanat tenglamalarini tuzib, talab
qilinayotgan zo`riqishning analitik ifodasi (2.1) ni olishga asoslangan. Bu analitik ifoda
yordamida zo`riqish T miqdorining o`zgarish grafigi chizilib, uning ta`sir chizig’i olinadi.
Kinematik metod zo`riqishlar ta`sir chizig’ining umumiy ko`rinishini hosil kilish
uchun qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |