10-Mavzu. KORXONANING TIJORAT SIRI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGI
Reja:
10.1. Korxona xavfsizligini ta`minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
10.2. Korxona xavfsizligini ta`minlashni tashkil qilish va boshqarish
10.3. Korxonaning xavfsizlik xizmati, uning tuzilishi va vazifalari
10.4. Korxonaning tijorat sirlari.
Tayanch iboralar: Xavfsizlik tamoyillari, Korxonaning tijorat sirlari, axborot
xavfsizligi, xavfsizlik xizmati.
10.1. Korxona xavfsizligini ta`minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.
Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko`pincha ishlab
chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi va ko`rib
chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat
xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni uchratsakda, korxona xavfsizligiga hali duch
kelganimiz yo`q.
Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya
rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat
uchun ma`lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi
bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar
iqtisodiyotining muhim bo`limlaridan biri hisoblanadi.
Korxona xavfsizligini ta`minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
korxona va uning barcha bo`linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy
hamkorlar va raqiblar bilan o`zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini himoya qilish;
*
korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish;
*
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
ichki
va
tashqi
bozordagi
raqobatbardoshligini oshirish;
*
tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar yetkazib
beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo`lishga yo`l qo`ymaslik;
*
barcha tuzilmaviy
bo`g’inlardagi
xodimlar orasida
mehnat
intizomini
mustahkamlash;
*
mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma`naviy manfaatdorligini
ta`minlash;
*
ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot bazasini
rivojlantirish;
*
korxona obro`sini oshirish.
Ko`rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini ta`minlash
vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib-qoidalari va ish tartibida hamda maxsus ishlab
83
chiqilgan chora-tadbirlarda o`z aksini topishi mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv tuzilmasidagi
qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni aniqlash;
2. Korxonaning barqaror ishlashiga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan xavf-xatar hamda bozor
kon`yunkturasidagi noqulay o`zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni qo`llash;
3. Bo`lajak hamkorlarni o`rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va baholash;
4. Iqtisodiy ayg’oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash;
5. Korxona sirlaridan xabardor bo`lgan malakali xodimlarni boshqa korxonalarga jalb
qilishning oldini olish;
6. Nosog’lom raqobatchilikni engish;
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish;
8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish;
9. Mehnat jamoasi a`zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash;
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari.
Ma`lumki, ko`rsatilgan maqsad va vazifalar o`z-o`zidan avtomatik ravishda hal
qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o`z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va yuqori malakaga
ega bo`lgan hamda o`zlari ishlayotgan korxona uchun “jon kuydiruvchi”kadrlar zarur. Ularsiz
muvaffaqiyatga deyarli erishib bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |