8.5. Mahsulotni sertifikatlash
Mahsulotni sertifikatlash, uni sotib olish paytida standart talablariga javob berishini yoki
to`g’ri kelishini tekshirish imkonini beradi. Sertifikatlash mahsulot ob`yektiv sinalganligi va
tekshirilganligini ko`rsatadi.
«Mahsulotni sertifikatlash» tushunchasi standartlash bo`yicha Xalqaro tashkilot (ISO)ning
mahsulotlarni sertifikatlash bo`yicha maxsul komiteti tomonidan ishlab chiqqan.
Sertifikatlash sinovlar o`tkazish va sertifikatlanuvchi mahsulotni ishlab chiqarish sharoitida
baholashga bu ishlarni bajarishni va mahsulot sifatining nazoratini xolis organ tomonidan
bajarilishiga asoslangan. Bu hamma operatsiyalarni birga qo`shilishi normativ-texnik hujjatlarda
aniqlashga va mahsulotning iste`mol uchun muhim bo`lgan har qanday ma`lumotni nazorat
qilishga imkon beradi. Shuning uchun sertifikatlash – nafaqat qo`yilgan talablarga qa`tiy javob
berishiga ishonchli garantiya va shunday mos kelishiga asosli axborot manbai, balki mahsulot
sifatini oshirishga samarali vosita va rag’bat hamdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda va xalqaro iqtisodiy hamkorlikda anchadan beri
sertifikatlashdan foydalanib kelinmoqda, u davlat va nodavlat tashkilotlari nazorati ostida olib
boriladi.
Sertifikatlash bo`yincha ishlarni tashkil etish va o`tkazish tartibi uni etarli ob`yektivligini,
sinovlar xulosalarining aniqligi va qayta ishlab chiquvchanligi, mahsulot ishlab chiquvchiga ham
va ham iste`molchiga iqtisodiy to`g’ri kelishiga asoslangan.
Sertifikatlash bo`yincha ishlar qo`yidagi printsiplar holatlarga asoslangan:
- mahsulot iste`molchi manfaatiga, importlovchi davlat qonunlari talablariga, tayyorlovchi
imkoniyatlariga javob berishini ifodalovchi mezonlarni tanlash;
- sertifikatlashni o`tkazadigan xodimlar odilligi (betarafligi)ga, salohiyatiga va jihozlarining
ishonchligiga bog’liq sertifikatlovchi organ mavqeiga qarab, sertifikatlash tizimini tanlash;
-mahsulot ishlab chiqishdagi texnologik jarayonning stabilligi, mahsulot sifatini boshqarish
tizimidan foydalanishligi va uning harakatini baholash hamda nazorat qilinishi;
-sertifikatlash bo`yincha ishlar olib borish va sinovlar xulosalarining mustaqilligi.
Tayyorlovchining mahsuloti standart talablariga javob beradi deb, ishontirishi hamma vaqt qabul
qilinmaydi, shuning uchun iste`molchi o`z tekshiruvini o`tkazadi, bu esa moddiy va mehnat
sarfini talab qiladi. Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan aynan
sertifikatlash faoliyati xulosalarining mustaqilligi muhim ahamiyatga ega.
75
Mahsulotni sertifikatlovchi sinovlar xulosalari ijobiy bo`lganda, uni tasdiqlovchi dalil –
maxsus belgi, tamg’a (kleymo), etiketka, uzatib boruvchi hujjat, sertifikati bo`lishi kerak.
Sertifikatlash majburiy va fakul’tativ bo`lishi mumkin:
-
majburiy
– atrof muhitni asrash, mahsulotdan foydalanishning xavfsizligini
reglamentlashtiruvchi mahsulot sifati parametrlari uchun;
-fakul’tativ – mahsulotni yetkazib beruvchi va iste`molchi oralarida ishonch iqlimini
yaxshilayoladigan, uning raqobat bardoshligini oshiraoladigan parametrlar uchun.
Sertifikat mahsulot tayyorlovchining bevosita o`zi yoki uchinchi tomon – chet,
o`tkazilayotgan tadbirlarning to`g’riligini tasdiqlovchi tashkilot tomonidan berilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda sertifikatlashning bir necha sxemalari ishlatiladi.
Jadvaldan ko`rinib turibtiki, sertifikat sxemalari har xil ko`rinishdagi sinovlari ko`zda
tutadi, masalan 1-5 sxemalar mahsulot namunalarini tipli sinashini o`z ichiga oladi va mahsulot
sifatini nazorati bo`yicha tadbirlar hajmining o`sishi bilan ajralib turadi.
Sertifikatlash sxemasi
Korxonalarni attestatsiyalash
Korxonalarda nazoratli sinovlarni tashkil etilganini baholash
Sinov sexida mahsulot namunalarini tipli sinash
Mahsulot sifatining izchil nazorati
Savdodan olingan nomunalarni sinash
Ishlab chiqarishdagi namunalarni sinash
Korxonalarda sifat boshqaruvi tizimini nazorat qilish
Ta`qidlash joizni, rivojlangan mamlakatlarda sifat boshqaruvi, iste`molchi huquqini
muhofaza qilish masalalari qonunchilik bilan reglamentlantiriladi. O`zbekistonda ham bu
yo`nalishda birinchi qadamlar qilindi va qator qonunlar qabul qilindi:
- standartlash to`g’risida;
- iste`molchi huquqini muhofaza qilish to`g’risida;
- mahsulot va xizmatni sertifikatlash to`g’risida;
- o`lchovlar birligini ta`minlash to`g’risida va hokazo.
Iste`molchi huquqini muhofaza qiladigan respublika, viloyat, tuman boshqarma va
punktlari tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |